• Bilet 27 1.O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning ahamiyati 2.O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
  • Bilet #29 O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari




    Download 198.32 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana21.06.2023
    Hajmi198.32 Kb.
    #74731
    Bog'liq
    Mintaqaviy turizm
    FILTIRLASH DAFTARI, Huquq maruza (2), Ispaniya, 6-sinf olimpiada oldi test (20 ta), 99881, 10-mavzu. Sonlar ketma-ketligi va uning limiti., o\'qitish materiali, -2, Mustaqil ish, 6lab, Ag Biotech GMO Timeline 08042022, 11. KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI QOLDIQ MAHSULOTLARINI UTILIZASIYALASH VA IKKILAMCHI MAHSULOTLAR OLISH, Genetika muhand-WPS Office, Elektr-yuritmaning-elektr-taminoti., Документ Microsoft Office Word


    Bilet #29 
    1.O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
    3.Turistik resurslarning turlari 
    3.Mintaqaviy turizmning alohida ajralib turuvchi asosiy belgilari 
    Ekoturizm-tabiiy turizm bo`lib, tabiat muhitini hosil qilish va tushinishni o`z ichiga oladi. Uning menejmenti 
    shunday amalga oshiriladiki, natijada bu faoliyat ekologik, ijtimoiy va madaniy jihatdan barqaror bo`lib, "tabiiy 
    muhit", madaniy tarkiblarni, "ekologik barqarorlik" mahalliy aholi uchun tegishlicha daromadni va 
    foydalanilayotgan resurslarning uzoq muddatli muhofaza qilinishini o`z ichiga oladi. Ekoturizm turizmning boshqa 
    turi kabi ekologik barqaror bo`lishi, sayyohlarga zavq-shavq baxsh etishi va mahalliy aholiga daromad keltirishi 
    lozim. Bundan tashqari, tabiiy va madaniy muhitga "mos tushishi" kerak. "Mos tushishi" degan so`zning ma`nosi 
    shuki bu faoliyatning uslubi, hajmi va xili landshaftning ko`lami va xarakteriga, mahalliy aholining urf-odatlariga 
    to`g’ri kelishi zarur 
    Turistik resurslar - turizm jarayonida va maqsadlarida inson ehtiyojlarini qondira oladigan tabiiy-iqlim, 
    ijtimoiy-madaniy, tarixiy, me'moriy va arxeologik, ilmiy-ishlab chiqarish, tomosha va boshqa ob'ektlar yoki 
    hodisalar. Turistik resurslar - tabiiy, tarixiy va ijtimoiy-madaniy ob'ektlar, shu jumladan turistik ko'rgazma ob'ektlari, 
    shuningdek, turistlarning ma'naviy ehtiyojlarini qondira oladigan, jismoniy kuchini tiklash va rivojlantirishga yordam 
    beradigan boshqa ob'ektlar. 
    Mintaqaviy turizm- ma’lum hududga qaratilgan, ijtimoiy yo’naltirilgan yani inson manfaatlari uchun xizmat 
    qiladigan hamda mikro va makrodarajada daromadlar olishga mo’ljalangan faoliyatdir. 
    Bilet #27 
    1.O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning ahamiyati 
    2.O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari 
    3.Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari 
    O`zbekiston sharoitida mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda, jumladan, aholi bandligini 
    ta`minlashda turizm bozori katta ahamiyatga ega. Turizm mehnat ko`p talab qiladigan tarmoqlar safiga kiradi. Misol 
    uchun, xorij tajribasidan ko`rinib turibdiki, mehnatga layoqatli aholining 10 foizi atrofida bo`lgan qismi turizm 
    tarmog’ida band. Ularning deyarli yarmi mexmonxonalarda mehnat faoliyatini olib boradilar. O`rtacha xalqaro 
    turizm sohasida 7 ta turistga 1 ta turistik hodim xizmat ko`rsatadi. Shu sababli turizm boshqa ishlab chiqaruvchi 
    tarmoqlarga nisbatan mehnat sig’imi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Mintaqada turizmni rivojlantirishga qaratilgan 
    investitsion faollik yangi ish joylarini tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 
    O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng xo`jalikning barcha tarmoqlarida tub islohotlar 
    olib borilayotgan bir davrda turizmni rivojlantirishga ham davlat tomonidan katta ahamiyat berila boshlandi.
    Ekologik turizmni rivojlantirish uchun respublikamizda juda katta imkoniyatlar mavjud. O`zbekiston 38 mln. 
    gektardan ortiq bo`lgan ovchilik - baliqchilik er maydonlariga ega, ulardan 1,0 mln. gektarini suv fondi ko`llar, 
    daryolar, suv omborlari tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o`txo`r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 
    turdagi sudralib yuruvchilar va 83 baliq turlariga ega. Ulardan O`zbekiston Respublikasi qizil kitobiga o`txo`r 
    hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi 
    umurtqasizlar kiritilgan. 
    Turistik resurslarning asosini rekreatsiya resurslari tashkil etadi. Rekreatsiya resurslari bu - turli 
    komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan 
    vositalardir. Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy 
    va antropogen rekreatsion resurslar Turistik tibbiy resurslar - bu alohida muhofaza etiladigan tabiiy ob'ektlar va 
    hududlar bilan bog'liq bo'lgan, foydalanish va muhofaza qilishda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan aholini 
    davolash va dam olish uchun mo'ljallangan rekreatsion resurslar. 

    Download 198.32 Kb.




    Download 198.32 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilet #29 O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari

    Download 198.32 Kb.
    Pdf ko'rish