Rekreatsiya va turizm geografiyasi




Download 0,56 Mb.
bet12/59
Sana21.01.2024
Hajmi0,56 Mb.
#142301
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
TURIZM DARSLIK

Savol va topshiriqlar


1. Jahon turizm tashkilotining boshqaruv organlari qaysi ?

  1. Turistik va rekreatsion tashkilotlarni ularni milliy va hududiy belgisi bo`yicha necha turga bo`linadi ?

  2. Milliy turistik tashkilotlarga misol keltirin .

  3. Bosh Assambleya, Ijroiya Kengashi va Bosh kotib boshchiligidagi Kotibiyat.

  4. O`zbekistonda “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasini misol keltirish mumkin.



  1. mavzu. Rekreatsiyani rivojlanishida turistik tashkilotlarning ahamiyati


Reja

    1. Rekreatsiya haqida umumiy tushuncha.

    2. Rekreatsiyani rivojlanishida turistik tashkilotlarning ahamiyati.

    3. Jahon turistik tashkilotlari.

    4. Oʻzbekistonda turistik tashkilotlarning ahamiyati.

Rekreatsiya - (lot. recreatio "tiklanish") - sog'lom, ammo charchagan odamning normal sog'lig'i va ish faoliyatini tiklash uchun amalga oshiriladigan rekreatsion tadbirlar majmui. Konsepsiya dam olishning barcha turlarini qamrab oladi - sanatoriy -kurortda davolanish, turizm , havaskorlar sporti , ko'ngilochar baliq ovlash va boshqalar Uydan tashqarida: tabiatda, turistik sayohatda va hokazolarda dam olish orqali hissiy- psixologik kuch, salomatlik va mehnat qobiliyatini tiklash. damolish uchun sanatoriylar, dispanserlar, pansionatlar va boshqalar hisoblanadi. Ushbu kontseptsiya 1960 - yillarda fiziologik, tibbiy, ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlarda ishchilarning kuchi va sog'lig'ini tiklash muammolariga bag'ishlangan.
Turizm (fransuzcha: tour – sayr, sayohat) faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma‘rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan
shug‘ullanmaganholda uzog‘i bilan 1 yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi. Turizmning tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1813-1815y). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yo‘l sayyohligini tashkil qildi. Shundan so‘ng u o‘zining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866- yilda dastlabki sayyohlik guruhlari AQSHga jo‘natildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatni boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi. Mavarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyohlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.
Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari bo‘yicha uyushtiriladi. Turizmning juda ko‘p turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, uzoqqa sayohat, yaqin joyga sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar).
Turizm va rekreatsiyani rivojlanishiga barcha mamlakatlar, davlatlar va xalqlar birdek manfaatdor. Bunday manfaatdorlik turistik va rekreatsion xizmatlarni xorijlik turistlarga ko`rsatish evaziga YaIMning
ko`payishida, valyuta tizimini ta`minlashda, ushbu faoliyat natijasida byujedga soliq tushumini oshirishda namoyon bo`ladi.
Demak, xalqaro turizm va rekreatsiyaningning rivojlanishiga moddiy va ma`naviy asoslar bor. Bu esa uni tashkil qilishga taqozo etadi. Shu jumladan, ularni tashkillashtiradigan tashkilotlarning faoliyat ko`rsatishi boshlanadi. Bu tashkilotlar jaxon miqyosida turli mazmun va shaklga ega bo`lib soni jihatdan ham, mulkiy mansubligi jihatdan ham turlichadir. Ularni to`g`ri tushunish va o`rganish uchun ilmiy asoslangan tasniflarni ko`rib chiqish maqsadga muvofiq.
Hozirgi kundagi tizimga oid adabiyotlarda turistik va rekreatsion tashkilotlarni ularni milliy va hududiy belgisi bo`yicha yirik 3 ta guruhga bo`ladilar. Bular:

  • Xalqaro;

  • Hududiy;

  • Milliy.

XTT – dunyo miqyosida faoliyat ko`rsatadi va shu doirada hisob – kitob olib boradi. Xalqaro me`yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqaradi va shunga amal qiladi.
HTT – Hududiy turistik tashkilotlar. Bu tashkilot yer kurrasining ma`lum bir hududlarida faoliyat ko`rsatadi va ularning huquqiy va faoliyat doirasida shu hududda amal qiladi. Bularga Markaziy Osiyo davlatlarini qamrab olgan hudud. Yevropa Ittifoqiga kiruvchi tashkilotlarning hududiy birlashmalari kabilarni misol keltirish mumkin. MTT – Milliy turistik tashkilotlar. Bu tashkilot – ma`lum bir davlatga mansub bo`lib, u o`z faoliyatini shu davlat, mamlakat miqyosida
olib boradi. Bularga O`zbekistonda “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasini misol keltirish mumkin.
Umumiy xarakterdagi mintaqaviy xalqaro turizm tashkilotlariga quyidagilar kiradi:

  • Yevropa turizm komissiyasi (CET);

  • Yevropa turizm guruhi (ETG);

  • Yevropa Ittifoqidagi AITga a'zo tashkilotlar byurosi (AIT-EU);

  • Yevropa turistik almashinuvlarini rivojlantirish va muvofiqlashtiris

assotsiatsiyasi (ADCETE);

  • Osiyo va Tinch okeani turizm assotsiatsiyasi (PATA);

  • Sharqiy Osiyo turizm assotsiatsiyasi (EATA);

  • ASEANga a'zo mamlakatlar turizm uyushmalari federatsiyasi (FATA);

  • Amerika Sayohat Industriyasi Assotsiatsiyasi (TIAA);

  • Lotin Amerikasi turistik tashkilotlar konfederatsiyasi (COT AL);

  • Karib dengizi turizm tashkiloti (CTO);

  • Arab turizm ittifoqi (UAT);

  • Pan Afrika turizm tashkiloti (PATO);

  • Afrika sayohat uyushmasi (ATA) va boshqalar.

Umumiy xarakterdagi mintaqaviy xalqaro turizm tashkilotlarining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: o‘z mintaqasi turizm sanoati manfaatlarini xalqaro miqyosda ifodalash va himoya qilish; turizmni rivojlantirish tendentsiyalari va yo'llarini aniqlash; kirish turizmini rivojlantirish; turizm industriyasining barcha tarmoqlari va kompaniyalari
sa’y-harakatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirishga ko‘maklashuvchi marketing faoliyati.
Turistik tashkilotlar iqtisodiy asosi, ma`muriy – boshqaruv holati bo`yicha ham turli bo`lishi mumkin. Bu jihatdan ular kimga mansubligi bo`yicha tasniflanadi.

Turistik tashkilotlar turistlarga xizmat ko`rsatish jarayonida va bir vaqtning o`zida turli faoliyat bilan ham shug`ullanadilar. Bu turistlarni qabul qilish uchun loyihalarini ishlab chiqishdan tortib, to ularni kutib olib, xizmat qilib, kuzatib qo`yishgacha va ushbu faoliyatni xisob kitobini amalga oshirishgacha bo`lgan jarayonni o`z ichiga oladi.


Shu tufayli turistik tashkilotlar quyidagilarga bo’linadi:

Download 0,56 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rekreatsiya va turizm geografiyasi

Download 0,56 Mb.