|
Kimga mansubligi bo`yicha
|
bet | 10/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIKKimga mansubligi bo`yicha:
Turistik tashkilotlar turistlarga xizmat ko`rsatish jarayonida va bir vaqtning o`zida turli faoliyat bilan ham shug`ullanadilar. Bu turistlarni qabul qilish uchun loyihalarini ishlab chiqishdan tortib, to ularni kutib olib, xizmat qilib, kuzatib qo`yishgacha va ushbu faoliyatni xisob kitobini amalga oshirishgacha bo`lgan jarayonni o`z ichiga oladi.
Shu tufayli turistik tashkilotlar faoliyat turi bo`yicha bir qancha turlarga bo`linadi va ular quyidagilar :
Tartibga soluvchi ;
Maslaxat beruvchi ;
Loyihalashtruvchi ;
Bozor agentligi ;
O`rgatuvchi ;
Nashr qiluvchi ;
Savdo qiluvchi ;
Iste`mol qiluvchi ;
Ishlab chiqaruvchi ;
Kasaba uyushmalarga birlashishi.
Tartibga soluvchi turistik tashkilotlar – turizmni rivojlantirish, uning faoliyatini ma`lum me`yorlar asosida boshqarish kabi me`yoriy – huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Loyihalashtiruvchi turistik tashkilotlar – ham turizm infratuzilmasining tarkibiy qismi bo`lib, turistik obyektlarning joylanishi va ular bo`yicha turistlarning harakatini loyihalash bilan shug`ullanadilar. Yetkazib beruvchi tashkilotlar – turistik maxsulotlarni yetkazib berish bilan shug`ullanadilar. Ular ham turizmning ajralmas bir qismidir. Bozor agentligi – har qanday bozorda bo`lgani kabi, asosan turizm bozorining juda ko`p jihatlar, xususan marketing faoliyati, bozor
konyukturasi kabi qirralarini o`rganadilar.
|
| |