|
Iqtisodiy geografik omillar
|
bet | 7/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK
Xalqaro turizm rivojiga iqtisodiy geografik omillarning ta’siri ikki shaklida ko‘zga tashlanadi, ya’ni u yoki bu rayonga turistlar oqimining ko‘plab kelishiga ta’sir etuvchi obyekt sifatida, hamda turizm rivoji uchun asosiy vosita sifatida.
Birinchi holda biror bir mamlakat iqtisodiyoti xalq xo‘jaligi tarmoqlari yuksak darajada rivojlangan bo‘lib, aholi uchun kerakli bo‘lgan xilma-xil tovarlar ishlab chiqarish, hamda bu tovarlarga odamlarning qiziqishining yuqori bo‘lishi;
Ikkinchi holda turistik kompaniyalar tomonidan turli darajada rivojlangan texnologiyalarni turistlarga ko‘rsatish uchun olib borilsa. Masalan, Yaponiyada turistlarni radio va fototovarlar ishlab chiqaradigan
korxonalarga olib borishadi. Chexiyada turistlarni shisha ishlab chiqarish korxonalariga, Bolgariyada gullar vodiysiga olib boradilar. Chunki bunday joylarni ko‘rsatish turistlarning yanada ko‘plab kelishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aholining etnik xususiyatlari.Xalqaro turizm rivojiga aholining etnik xususiyatlarining ta’siri kattadir. Sayyoramizda yashayotgan turli xil millat va ellatlar bir-birlaridan irqi, dini, tili, madaniyati, urf-odatlari, milliy an’analari bilan farq qiladilar. Xalqlar o‘rtasidagi bunday an’analarni ko‘rishga har qanday odam qiziqadi. Bu esa o‘z navbatida xalqaro turizm rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Turli millat va elatlar orasida bo‘lish ularni bir-biriga yaqinlashtiradi, xalqlarning bir-biriga harmati ortadi, ularga hurmat va ehtirom bilan qarash imkoniyati vujudga keladi. Xalqaro turizm xalqlar milliy madaniyatining saqlanib qolishiga, ularning yanada taraqqiy etishiga yordam beradi.Madaniy-tarixiy obidalar.
Madaniy tarixiy obidalar etnik omillar bilan uzviy ravishda bog‘liq. Arxitektura-me’moriy yodgorliklari, muzeylar, rasmlar galereyasi, milliy hunarmandchilik turli tarixiy voqealarni o‘zida mujassamlashtirgan haykallar, turistlarni o‘ziga so‘zsiz jalb qiladi. Chunki chet el turistlari o‘zlari borgan joyda eng avvalo, tarixiy va me’moriy obidalarni ko‘rishga harakat qilishadi. Jumladan, Anglyaga borgan sayyohlarning 2 mlndan ortig‘i bu yerda buyuk kishilarning ko‘milgan joylarini ziyorat qilishga intilishadi. O‘zbekistonda turistik resurslarning 70 foizini arxitektura me’moriy yodgorliklari tashkil qiladi.
Xorijiy turistlarni mahalliy hamda antiqa ishlangan suvenirlar ham qiziqtiradi. Shu sababli mahalliy suvenirlarni ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil qilish turizmdan keladigan foydaning ortishiga olib keladi.
|
| |