|
mavzu. Rekreatsion geografiyaning rivojlanish omillari
|
bet | 6/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK mavzu. Rekreatsion geografiyaning rivojlanish omillari.
Rekreantlarni hisobga olish metodlari Reja:
Tabiiy geografik omillar.
Iqtisodiy geografik omillar.
Aholining etnik xususiyatlari.
Madaniy-tarixiy obidalar.
Turizm rivojiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat: tabiiy geografik omillar, iqtisodiy geografik omillar, etnik omillar va madaniy – tarixiy omillar. Ushbu omillarning turizm rivojiga ta’sirini ko‘rib o‘tamiz.
Tabiiy geografik omillar.
Tabiiy geografik omillar eng avvalo joyning geografik o‘rni bilan uzviy ravishda bog‘liq. Joyning geografik o‘rnining qulayligi turizm rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Hozirga qadar iqtisodiy rivojlangan Yaponiya va Yangi Zelandiya davlatlari turistlarni o‘ziga jalb qilishda, Ushbu davlatlarning boshqa davlatlardan uzoqda joylashganligi salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda Markaziy Yevropa, Vest- Indiya, (Markaziy Amerika), Singapur davlatlarining qulay geografik o‘rnida joylashganligi tufayli ularda xalqaro turizm yaxshi rivojlangan.
Har qanday turistik o‘lkaning yer usti tuzilishi turistlarni o‘ziga jalb qilishda ikki xil ta’sir ko‘rsatadi. Agar turistik o‘lkaning yer yuzasi murakkab (tog‘, adir, tekislik va h.k.) tuzilgan bo‘lsa, bu joydan
avtomobil va boshqa yo‘llar o‘tkazishda ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu bilan birga murakkab tog‘ relyefi turistlarni o‘ziga jalb qiladi. Tog‘li joylar, rekreatsiya resurslarning boyligi bilan ya’ni havosining tozaligi, ultrabinafsha nurlarining ko‘pligi, tog‘-chang‘i sportini rivojlantirish imkoniyatlarining kattaligi bilan ajralib turadi. Shu sababli Yevropadagi Alp, Osiyodagi Himolay, Afrikada Atlas, Amerikada And va Koldilyera tog‘lari turistlarni o‘ziga eng ko‘p jalb qiluvchi tog‘li o‘lkalar hisoblanadi. Turizm rivojiga joyning iqlimi juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki xorijga borib dam oluvchilar o‘zlarining ta’til vaqtlarini yaxshi o‘tkazish uchun o‘zlari uchun qulay yil faslini tanlaydilar.
Iqlim sharoitiga ko‘ra har ikala yarim sharda mo‘tadil va issiq mintaqalarga turistlarning kelishi boshqa mintaqalarga nisbatan ancha ko‘p. Shu bilan birga keyingi yillarda tabiatning betakror (ekzotik) joylarini ko‘rish maqsadida sovuq iqlimli mintaqalarga ham turistlarning kelishi ortmoqda. Keyingi yillarda Grenlandiya va Shpitsbergin, Skandinaviyaning shimoli, Olovli yer orollari va boshqa sovuq joylarga aylanmoqda (M.Yefremova, 1998 y). Yer sharining turli qismida iqlimning turlichaligi sababli shimoliy o‘lkalarda yashayotgan kishilar janubga intiladi. Angliyaning tumanli «Albedo» o‘lkasida yashayotganlar Fransiya, Ispaniya va Italiyaning serquyosh joylariga intiladilar.
Dengiz va okeanlarning qirg‘oq yoqalari turizmni rivojlantirish uchun juda qulay hisoblanadi. Bunday joylar sayohat uyushtirish uchun qulay, ya’ni bunday joylarda dengiz bo‘yida quyoshga toblanishning qulayligi, dengiz suvi, cho‘llanish uchun qulay plyajlarning ko‘pligi turistlarni o‘ziga jalb qiladi. Shu sababli Fransiya va Italiyaning dengiz bo‘yidagi rivyeralari, Balgariyaning Qora dengiz bo‘yi qirg‘oq yoqalari,
Baom va Bermud orollar va boshqa o‘lkalar aholining dam olish va turistlarning kelishi uchun juda qulay hisoblanadi.
Dengiz qirg‘oq yoqalarida aholi dam olish joylarining torlik qilishi ko‘pgina mamlakatlarda dengiz qirg‘oq bo‘ylaridagi dam olish joylarini kengaytirishga olib keladi. Jumladan, Fransiya o‘zining dengiz bo‘yi dam olish zonasini Russilyon hisobiga, Bolgariya Qora dengizi qirg‘oq yoqasida kurort mintaqasini 400 kmga kengaytirdi. (M.Yevremova, 1998 y).
Daryo va ko‘llar muhim turistik boyliklar hisoblanadi. Ular atrof muhitga chiroy beradi, mikroiqlimni yumshatadi, daryo va ko‘l yoqalarida baliq ovlash, suv sproti bilan shug‘ullanish imkoniyatini beradi. Ko‘l yoqalarida dam olish zonalarini tashkil qilish Shveytsiya, Avstrya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Polsha, Rossiya va Qirg‘izistonda rivojlangan.
Dam olish zonalari tabiatini o‘rmonlar bezab turadi. O‘rmonzorlarning dam olish zonasida mavjud bo‘lishi, dam oluvchilarga o‘ziga xos kayfiyat bag‘ishlaydi, dam oluvchilarning tashqi muhitdan qisman bo‘lsada zavqlanish imkoniyatini beradi. O‘rmonlar odam salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli turizm industriyasi dam olish maskanini qurishda uning atrofiga daraxtlar ekib, o‘rmonzorlar barpo qilishini ham o‘z bo‘yniga oladi.
Dam olish zonasida turislar mavjud fauna vakillarini ko‘rishi va hayvonot bog‘larida bo‘lishi mumkin. Shu sababli, dam olish zonasi atrofida hayvonot bog‘larini tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bilan birgalikda ayrim dam oluvchilar mahalliy fauna vakillarini tabiat qo‘ynida ko‘rishni hohlashadi. Bunday hollarda ularni qo‘riqxona
yoki zakazniklarga olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ko‘pgina mamlkatlarda dam oluvchilarni mahalliy fauna bilan tanishtirish maqsadida turistlar uchun mahsus ov qilish mintaqasi tashkil qilingan. Bunday ov qilish mintaqalar Afrika, Osiyo, Kanada, Yevropa va Avstraliyada mavjud (M.Yefremova, 1998 y.). Dam olish maskanlarini tashkil qilishdagi muhim geografik resurslardan biri shifobaxsh suvlar, baliqlar hisoblanadi. Bunday joylarda ko‘plab dam olish maskanlari quriladi.
Shunday qilib, xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi tabiiy geografik omillarga baho berar ekanmiz, shuni alohida e’tirof etish lozimki, tabiatning barcha komponentlar turizmni rivojlantirish uchun qulay. Shu sababli tabiat komponentlarning har birini xalqaro turizmni rivojlantirish nuqtai nazaridan o‘rganish va baho berish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
|
| |