|
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat strategiyasini ishlash
|
bet | 9/11 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 257,5 Kb. | | #248266 |
Bog'liq KURS ISHIXarakterli xususiyatlari
|
Raqobat modellari
|
Sof raqobat
|
Mono-
polistik
|
Oligopoliya
|
Sof monopoliya
|
Firmalar soni
|
Juda ko‘p
|
Ko‘p
|
Bir necha
|
Bitta
|
Mahsulot turi
|
Standartlangan
|
Tabaqalash gan
|
Ixtisoslash- gan yoki tabaqalashga n
|
Noyob o‘rin bosuvchi tovar yo‘q
|
Narx ustidan nazorat
|
Yo‘q
|
Tor doirada bor
|
O‘zaro birbiriga bog‘liq
tufayli cheklangan yashirin kelishuvda sezilarli
|
Sezilarli
|
Tarmoqqa
kirish
|
Juda oson
|
Nisbatan oson
|
Sezilarli to’siqlar mavjud
|
O‘tib bo‘lmaydigan to‘siqlar mavjud
|
Ma’lumot
olish imkoniyati
|
Ma’lumo
t olish
imkoniya ti hamma uchun teng
|
Ma’lum
cheklashlar mavjud
|
Ma’lum
cheklashlar mavjud
|
Ma’lum
cheklashlar mavjud
|
Misollar
|
Qishloq xo‘jaligi
|
Chakana savdo, kiyimkechak, poyafzal ishlab chiqarish
|
Po‘lat, avtomobil, qishloq xo‘jaligi inventarlari, magnit, elektr asboblari ishlab chiqarish
|
Jamoat xizmatini qiluvchi mahalliy korxonalar
|
Bozor raqobati tarixan 4 bosqichdan o‘tadi.
Birinchi bosqich – bu natural xo‘jalikdan bozor iqtisodiyotining dastlabki shakllariga o‘tish bo‘lib, bu davrda raqobat mayda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida boradi.
Ikkinchi bosqich – bu kapitalistik erkin raqobat bosqichidir. Bu bosqich tovar xo‘jaligining ommaviy tus olishi bilan, mayda tovar ishlab chiqarish o‘rniga yirik mashinalar tizimiga va yollangan mehnatga tayangan tovar ishlab chiqarishning kelishi bilan xarakterlanadi.
Uchinchi bosqich – bu monopol raqobat bosqichi bo‘lib, u yakka hokimlikka intiluvchi yirik korxonalarning kurashidir. Raqobat iqtisodning monopollashgan va monopollashmagan sohalarida alohida boradi, ammo bu sohalar o‘rtasida ham kurash ketadi.
To‘rtinchi bosqich – yangicha erkin raqobat bosqichi bo‘lib, u aralash iqtisodiyotga xosdir. Bu bosqichda raqobatchilar g‘oyat ko‘pchilik bo‘lib, ular yirik korporatsiyalar, o‘rtacha, mayda va o‘ta mayda korxonalardan iborat bo’ladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim xususiyati. U amal qilishi uchun ma‘lum shart-sharoit muhayyo bo‘lishi talab qilinadi. Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida bo‘lishi mumkin, chunki undagina u zarurat bo‘ladi, shuningdek, unga yo‘l ham ochiladi. Shunday ekan bozor munosabatlarining yuzaga kelishi ayni bir vaqtda raqobatchilikning shakllanishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotining shakllanishidagi klassik yo‘l G‘arb mamlakatlarida bo‘lib, u yerda raqobatchilik muhiti uzoq yillar mobaynida, davlatning ishtirokisiz, o‘z-o‘zidan, ya’ni stixiyali yuz bergan. Shu yo‘sinda erkin raqobat paydo bo‘lgan. Iqtisodiyotda monopollashuv tendenstiyalari paydo bo‘lish munosabati bilan erkin raqobat cheklanadi, shu sababdan sog‘lom raqobatchilik muhitini yaratishda davlat ham qatnashadi. Buni davlatning antimonopol siyosatida ko‘rish mumkin. Bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratishga emas, balki uni saqlab qolishga, kezi kelganda qaytadan tiklashga, raqobatning madaniylashgan usullarini qaror toptirishga qaratiladi.
Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’muriy choralar boshqa mamlakatlarda ham ular sharoitlari taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Antimonopol qonunchilik asosan quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha shakllanadi.
1.Ishlab chiqarish tizimi (tarkibi)ni boshqaruvchi qonunlar yoki ular moddalarini aniq belgilash. Ularga ko‘ra odatda hech bir korporatsiya u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig‘ini nazorat qilishga haqqi bo‘lmaydi..
2.Barcha yirik korporatsiyalarning ishtirokchilari boshqa korporatsiyalarning akstiyalarini ma’lum cheklangan miqdordan ortig‘iga ega bo‘la olmasliklari kerak.
3.Narxlarni talab va taklif muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turishni, narx xususida kelishib olishni man qiluvchi antikartel qonunlarni joriy etish.
Raqobat tipologiyasini o‘rganish va uning turlarini tavsiflash raqobat mazmun va mohiyatini yanada chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Ya’ni, raqobat klassifikatsiyasi quyidagilarga bo‘linadi:
a) Intensivlik darajasi bo‘yicha:
1.Jalb etuvchi raqobat – raqobat sub’ekti mazkur segmentda oldingi segmentdagiga nisbatan ko‘proq foyda oladi;
2.Chegaralangan raqobat - mazkur raqobat tovar bozorida raqobatni ushlab
turadi;
3.Shafqatsiz raqobat - raqobat nisbatan intensiv, raqobatchilar bir- birini bozordan siqib chiqarishga ,ulushini tortib olishga harakat qiladi.
b)Ehtiyojlarni qondirish shakli bo‘yicha:
1.Funksional raqobat –bu raqobatning shunday turiki turli xil tovarlar o‘zaro birbir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan: mineral suv ishlab chiqarish o‘rtasida raqobat gazli suv ishlab chiqarish, kvas ishlab chiqarish,sok ishlab chiqarish va boshqalar. Bu turli xil maxsulotlar bitta va o‘sha ehtiyojni qondiradi, ya’ni chanqoqni qondiradi
2.Tur raqobat –mazmuniga ko‘ra funksional raqobatga yaqin turadi.Tur raqobat bitta maqsadga yo‘naltirilgan lekin bir-biri bilan uncha katta farqga ega bo‘lmagan o‘xshash tovarlar ishlab chiqarish ishlari o‘rtasidagi raqobatdir. Bu farqlar aniq bo‘lishi mumkin va iste’molchilarga tovar tanlovida hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. Masalan: tur raqobat analogik avtomobillar ishlab chiqarish ishlarini keltirish mumkin. Bunda dvigatel quvvati bo‘yicha farqlanadi. Tur raqobat barcha firmalar faoliyatida amaliyotda ko‘p uchraydi.
3. Predmet raqobati –bu raqobatda bir-xil tovar ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi faqat sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Bu farq umuman bo‘lmasligi mumkin yoki minimal bo‘lishi mumkin. Raqobatning ushbu turi qoidaga ko‘ra raqobatning strategiyasini ishlab chiqarishga e‘tiborini qaratadi. Predmet raqobati juda qattiq bo‘lishi mumkin. Chunki ishlab chiqarishlar raqobatchining bozordagi ulushiga kurashadi. Bular turlicha bo‘lishi mumkin. Narxdan tortib reklamagacha shuningdek shavqatsiz raqobatgacha bo‘lishi mumkin.
c)Xarajatlar yo‘nalishi bo‘yicha F. Kotler 4 ta turini ko‘rsatib beradi.
Mazmunan ehtiyojni qondirish shakliga o‘xshash bo‘ladi.
1.Savdo markalari raqobati
2.Tarmoq raqobati
3.Formal raqobat
4.Umumiy raqobat
Savdo markalari raqobati-oldingi klassifikatsiyadagi predmet raqobatchiga o‘xshash bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘proq bir-xil ishlab chiqarish o‘xshash tovarlar va bir-xil maqsadga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlar o‘rtasida kuzatiladi.
Formal raqobat-turli xil tovar ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi raqobat bo‘lib bitta va o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgandir. O‘z o‘rnida funksional raqobatga to‘g‘ri keladi.
Umumiy raqobat-bu raqobatda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari barchasi o‘rtasidagi raqobat kuzatiladi.
d)Ta’sir qilish usullari bo‘yicha:
1.Narxli raqobat
2.Narxsiz raqobat
Narxli raqobat-xaridorlarni o‘ziga narx usuli orqali jalb etishda foydalaniladi. Bu raqobatning turi amalga oshirilgan raqobatga mos keladi. Bugungi kunda narxli raqobat juda kam tarqalgan. Chunki iqtisodiyotning hozirgi rivojlangan bosqichida narxning pasayishi yuqori natijalar bermaydi va firmani bozorda shunaqa strategiya qo‘llab lider qilolmaydi.
Narxsiz raqobat-narxni pasaytirish yordamida emas balki boshqa omillar hisobiga kurash olib borishni talab etadi.
|
| |