|
Generatorlarning sovitish tizimi
|
bet | 1/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #242490 |
Bog'liq Generatorlarning-sovitish-tizimi. Generatorlarning sovitish tizimi. Sinxron generatorniig ishlash vaqtida uning chulg‘amlari va aktiv po‘lati qiziydi. Stator va rotor chulg‘amlarining yo‘l qo‘yiladigan qizish temperaturasi birinchi navbatda, foydalaniladigan izolyasiya materiallari va sovituvchi muhit temperaturasiga bog‘liq standartlarga ko‘ra V sinfidagi izolyasiya materiallari (asfalt - bitum asosidagi lok) uchun stator chulg‘amining yo‘l qo‘yiladigan temperaturasi 1050C, rotor uchun esa 1300C chegarasida bo‘lishi kerak. Stator va rotor chulg‘amlari izolyasiyasining issiqqa chidamliligi yuqori, masalan, F va N sinfida bo‘lganida yo‘l qo‘yiladigan qizish temperaturasining chegarasi ortadi. Generatorlarni ishlatish protsessida chulg‘amlarning izolyasiyasi asta-sekin eskiradi. Buning sababi izolyasiyaga qator faktorlarning: kirlanish, namlanish, havo kislorodi ta’sirida oksidlanish, elektr maydoni hamda elektr yuklamaniig va boshqalarning ta’sir etishidadir. Biroq izolyasiyaning eskirishiga asosiy sabab uning qizishidir. Izolyasiyaning qizish temperaturasi qancha yuqori bo‘lsa, u shuncha tez eskiradi, ishlash vaqti shuncha qisqaradi. V sinfidagi izolyasiyalarning xizmat qilish muddati qizish temperaturasi 120°C gacha bo‘lganida 15 yilga yaqin, 140°C gacha qiziganida esa ikki yilgacha qisqaradi. Qizish temperaturasi 1050C gacha (ya’ni standartlarda ko‘rsatilgan chegarasida) bo‘lganda xuddi o‘sha izolyasiya ancha sekin eskiradi va xizmat qilish muddati ortib, 30 yilgacha boradi. Shuning uchun ishlatish vaqtida generatorning ishlash rejimini qanday bo‘lishidan kat’i nazar, uning chulg‘amlari qizish temperaturasining ruxsat etilgan qiymatlardan ortishiga yo‘l ko‘ymaslik shart. Qizish temperaturasi ruxsat etilgan qiymatlardan ortmasligi uchun elektr stansiyalaraing hamma generatorlari sun’iy sovitiladigan qilib tayyorlanadi. Stator va rotorning qizigan chulg‘amlaridan issiqlikni olib ketish usuliga karab bilvosita va bevosita sovitish bo‘ladi. Bilvosita sovitishda rotor toretsiga o‘rnatilgan ventilyator yordamida sovituvchi gaz (havo yoki vodorod) generator ichiga yuboriladi va havo oralig‘i, hamda ventilyasiya kanallari orqali haydaladi. Bunda sovituvchi gaz stator va rotorning chulg‘amlarining o‘tkazgichlariga tegmay o‘tadi va ular ajratayotgan issiqlik gazga katta «issiqlik to‘sig‘i» - chulg‘amlarning izolyasiyasi orqali o‘tadi. - Bilvosita sovitishda rotor toretsiga o‘rnatilgan ventilyator yordamida sovituvchi gaz (havo yoki vodorod) generator ichiga yuboriladi va havo oralig‘i, hamda ventilyasiya kanallari orqali haydaladi. Bunda sovituvchi gaz stator va rotorning chulg‘amlarining o‘tkazgichlariga tegmay o‘tadi va ular ajratayotgan issiqlik gazga katta «issiqlik to‘sig‘i» - chulg‘amlarning izolyasiyasi orqali o‘tadi.
- Bevosita sovitishda sovituvchi modda (gaz yoki suyuqlik) izolyasiya va tishlarning po‘latiga tegmasdan, generator chulg‘amlari o‘tkazgichlariga bevosita tegib o‘tadi.
- Havo bilan sovitish. Havo bilan sovitishning ikki tizimi: oqimli va berk tizimi mavjud.
|
| |