|
Generatorlarning sovitish tizimi
|
bet | 3/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #242490 |
Bog'liq Generatorlarning-sovitish-tizimi.Turbogeneratorlarni vodorod bilan bilvosita sovitish. Vodorod bilan bilvosita sovitiluvchi turbogeneratorlar prinsipial olganda havo bilan sovitishdagi kabi ventilyasiya sxemasiga ega. Farqi shundan iboratki, bunda sovituvchi vodorodning hajmi generator korpusi bilan chegaralanadi, щuning uchun ham sovitgichlar korpusning ichiga joylashtiriladi. Vodorod bilan sovitish havo bilan sovitishga nisbatan samaraliroq, chunki vodorod sovituvchi gaz sifatida havoga qaraganda bir qancha muhim afzalliklarga ega. U havoga qaraganda 1,54 mart katta issiqlik uzatish koeffitsientiga va 7 marta ko‘p issiqli o‘tkazish xossasiga ega. Oxirgi xossasi izolyasiya va pazlarnig oralig‘ida vodorod qatlamining kichik issiqlik qarshilikka ega bo‘lishiga olib keladi. - Turbogeneratorlarni vodorod bilan bilvosita sovitish. Vodorod bilan bilvosita sovitiluvchi turbogeneratorlar prinsipial olganda havo bilan sovitishdagi kabi ventilyasiya sxemasiga ega. Farqi shundan iboratki, bunda sovituvchi vodorodning hajmi generator korpusi bilan chegaralanadi, щuning uchun ham sovitgichlar korpusning ichiga joylashtiriladi. Vodorod bilan sovitish havo bilan sovitishga nisbatan samaraliroq, chunki vodorod sovituvchi gaz sifatida havoga qaraganda bir qancha muhim afzalliklarga ega. U havoga qaraganda 1,54 mart katta issiqlik uzatish koeffitsientiga va 7 marta ko‘p issiqli o‘tkazish xossasiga ega. Oxirgi xossasi izolyasiya va pazlarnig oralig‘ida vodorod qatlamining kichik issiqlik qarshilikka ega bo‘lishiga olib keladi.
- Vodorodniig zichligi havoga nisbatan ancha kichik bo‘lganligi uchun ventilyasion yo‘qotishlar 8-10 marta kamayib, buning natijasida generatorning FIK 0,8—1% ga ortadi.
- Havo muhitiga nisbatan vodorod muhitida oksidlanishning bo‘lmasligi generatorning ishonchli ishlashini va chulg‘am izolyasiyasining ishlash vaqtini oshiradi. Vodorodning afzalliklaridan biri uning yonmasligidir.
Generatorga kirayotgan vodorodning havo bilan aralashmasi (4,1% dan to 74% gacha, moy bug‘i ham qo‘shilganda 3,3% dan to 81,5% gacha) portlash xavfi bo‘lgan aralashma hosil qiladi, shuning uchun vodorod bilan sovitiladigan mashinalarda stator korpusining gaz o‘tkazmasligini orttirish uchun, valni moyli tig‘izlagichlar bilan, stator va rotorning chulg‘amiga tok o‘tkazuvchilarni zichlab, gaz, sovituvchining qopqog‘ini zichlab, lyuklarni, yon tomondagi olinuvchi to‘siqlarni zich yopilishi kerak. Gazning tashqariga chiqishini ishonchli to‘suvchi moyli zichlagich bilan generator valini tig‘izlash ancha murakkab ish. Vodorodning ortiqcha bosimi ancha yuqori bo‘lsa, generatorning sovishi shuncha samarali va demak generatorning aynan bir xil o‘lchamlarida uning nominal quvvatini oshirish mumkin. Biroq ortiqcha bosim 0,4—0,6 MPa dan ko‘p bo‘lsa, generatorning quvvatini oshirishdan kelib chiqadagan texnik qiynchiliklarni (tig‘izlagichlar bilan chulg‘am izolyasiyasi ishi murakkablashadi) engish uchun sarflanadigan mablag‘ni oqlamaydi. SHuning uchun hozirgi generatorlarda vodorod bosimi 0,6 MPa dan yuqori bo‘lmaydi. - Generatorga kirayotgan vodorodning havo bilan aralashmasi (4,1% dan to 74% gacha, moy bug‘i ham qo‘shilganda 3,3% dan to 81,5% gacha) portlash xavfi bo‘lgan aralashma hosil qiladi, shuning uchun vodorod bilan sovitiladigan mashinalarda stator korpusining gaz o‘tkazmasligini orttirish uchun, valni moyli tig‘izlagichlar bilan, stator va rotorning chulg‘amiga tok o‘tkazuvchilarni zichlab, gaz, sovituvchining qopqog‘ini zichlab, lyuklarni, yon tomondagi olinuvchi to‘siqlarni zich yopilishi kerak. Gazning tashqariga chiqishini ishonchli to‘suvchi moyli zichlagich bilan generator valini tig‘izlash ancha murakkab ish. Vodorodning ortiqcha bosimi ancha yuqori bo‘lsa, generatorning sovishi shuncha samarali va demak generatorning aynan bir xil o‘lchamlarida uning nominal quvvatini oshirish mumkin. Biroq ortiqcha bosim 0,4—0,6 MPa dan ko‘p bo‘lsa, generatorning quvvatini oshirishdan kelib chiqadagan texnik qiynchiliklarni (tig‘izlagichlar bilan chulg‘am izolyasiyasi ishi murakkablashadi) engish uchun sarflanadigan mablag‘ni oqlamaydi. SHuning uchun hozirgi generatorlarda vodorod bosimi 0,6 MPa dan yuqori bo‘lmaydi.
- Vodorod bilan bilvosita sovitiluvchi generatorlar, zaruriyat tug‘ilsa, havo bilan
- sovitilishi ham mumkin, lekin ularning quvvati tegishlicha kamayadi.
- Generator korpusini vodorod bilan to‘ldirishda qaldiroq aralashma hosil bo‘lishining oldini olish uchun havo avval inert gaz (odatda karbonat angidrid) bilan siqib chiqariladi.
- Vodorodning foiz miqdori ruxsat etilganidan kamayganda uning tozaligini tiklash generatordan ifloslangan vodorod chiqarish va toza vodorod qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonni shamollatib tozalash (produvka) deb ataladi.
|
| |