• AVI, Real Video va Windows Media
  • 1-Misol: Biz loop
  • 2-Misol: Yuqoridagi misolda Web sahifa to‘liq yuklanishi bilan videoklip ikki marta orasida 5 sekundlik tanaffus bilan tasvirlanadi.
  • 3-Misol: Video Oddiy matn.
  • 2-Amaliy mashg‘ulot. Html tilida multimedia ishning maqsadi




    Download 52.27 Kb.
    Sana28.03.2024
    Hajmi52.27 Kb.
    #180361
    Bog'liq
    2-Amaliy mashg‘ulot. HTML tilida multimedia
    12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq, Elektron tijorat, Fazik 2021 maqola, TAT ochiq dars, 103, 3-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, bildirish, Maqsadli ko`rsatkich, Boltayev Ruslan, Raxmatova Xumora 4z guruh mustaqil, 1 biologiya, avtoreferat, 2-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, Статья Сувонова О О, Academic-Data-353211105300

    2-Amaliy mashg‘ulot. HTML tilida multimedia
    ISHNING MAQSADI: HTML tilida multimedialar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish.
    NAZARIY QISM:
    Bizda Web sahifani bezash uchun unga videoroliklar joylashtirish imkoniyati ham mavjud. Foydalanuvchi o‘z brauzerida videoma’lumotni ko‘rishi uchun videoma’lumot yozilgan faylni o‘z kompyuteriga to‘liq yuklab olishi lozim. Video fayllar katta hajm egallaganligi sababli uni tarmoq orqali kompyuterga yuklash uchun ko‘proq vaqt sarflanadi.
    Brauzerlar odatda AVI, Real Video va Windows Media formatlaridagi videofayllarni tasvirlash imkoniyatiga ega. Ularni Web sahifa tarkibiga qo‘shish uchun ham tegi ishlatiladi. Videofayl joylashgan manzilni ko‘rsatish uchun esa dynsrc parametri ishlatiladi. Jimlik bo‘yicha Web sahifa tarkibiga kiritilgan videoma’lumot Web sahifa yuklangandan keyin avtomatik ravishda bir marta tasvirlanadi, lekin bizda tasvirlanish jarayonini boshqarish yoki bu jarayonni foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qilish imkoniyati mavjud. tegiga parametrini qo‘shish orqali biz yuklangan fideoklipni tasvirlash jarayonini bemalol boshqarishimiz mumkin. parametrining qiymatlari sifatida mouseover va fileopenkalit so‘zlari ishlatiladi. mouseover parametri foydalanuvchi sichqoncha ko‘rsatkichini videotasvir joylashgan soha ustiga olib kelishi bilan videotasvirning tasvirlanish jarayoni boshlanishini bildirsa, fileopen parametri esa Web sahifa kompyuterga to‘liq yuklanib bo‘lgandan keyin darhol tasvirlanish jarayoni boshlanishini bildiradi.
    1-Misol:

    Biz loop parametri orqali videorolikning necha marta tasvirlanishini boshqarishimiz mumkin. Buning uchun tasvirlanishlar sonini loop parametriga qiymat sifatida berishimiz zarur. Agar biz videorolikning takroriy tasvirlanishini doimiy ravishda takrorlanuvchi qilib qo‘ymoqchi bo‘lsak u holda loop parametriga infinite qiymatini berishimiz kerak bo‘ladi. Loopdelay parametri takroriy tasvirlanish jarayonida tasvirlanishlar orasidagi vaqtni belgilaydi va qiymati millisekundlarda beriladi.
    2-Misol:

    Yuqoridagi misolda Web sahifa to‘liq yuklanishi bilan videoklip ikki marta orasida 5 sekundlik tanaffus bilan tasvirlanadi.
    tegiga controls parametrini qo‘yish orqali biz videofaylni to‘liq o‘zimiz boshqarishimiz mumkin, ya’ni Web sahifada videoklip bilan birgalikda uni boshqarish elementlari ham paydo bo‘ladi. Boshqarish elementlariga tasvirni ishga tushirish, orqaga qaytarish, oldinga o‘tkazish yoki to‘xtatish kabi ishlarni bajaruvchi tugmalar kiradi.
    3-Misol:
    Video

    Oddiy matn.



    Download 52.27 Kb.




    Download 52.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Amaliy mashg‘ulot. Html tilida multimedia ishning maqsadi

    Download 52.27 Kb.