Viloyat hokimi P.R.Bobojonovning “Xotira va qadrlash kuni”ga
bag‘ishlangan tantanadagi
TABRIK SO‘ZI
8-may, 2014 yil Urganch shahri
- Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar! Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchilari, Qurolli Kuchlar Faxriylari, hurmatli harbiylar! Urganch - Oʻzbekistondagi shahar, Xorazm viloyati maʼmuriy markazi.
| Ikkinchi jahon urushi (1939- 45) - Olmoniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. 20-a. fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar Olmoniyasi oʻynadi. |
Barchangizni xalkimizning eng mo‘’tabar bayrami - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarga oilaviy baxt, uzoq – umr, sog‘liq va salomatlik tilayman!
Aziz eldoshlar!
Bugungi bayram Vatan mustaqilligi, uning gullab – yashnashi yo‘lida sidqidildan mehnat qilgan insonlarni qadrlash, adolat, ozodlik va taraqqiyot uchun o‘z jonlarini kechgan azizlar yodini xotirlash kunidir. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Chunki hurlik va mustaqillik hech kimga o‘z – o‘zidan berilmaydi. Buni Siz, qadrli tadbir qatnashchilari, juda yaxshi bilasizlar. Ulug‘ maqsadlarga erishish uchun Sizlar o‘z hayotlaringizni har daqiqa garovga qo‘yganingizni xalqimiz juda yaxshi biladi. Shu yo‘ldagi matonatingiz, fidoyilik va mardligingiz uchun avlodlar oldingizda mangu qarzdor.
Bundan 70 yil oldin beayov jang maydonlaridan omon chiqqan avlod bugun ham safda. Faxriylarimizning berayotgan pandu nasihati, yo‘l-yo‘rig‘i bizni tinchlik, mustaqillik va ozodlikni yana ham ko‘proq qadrlashga o‘rgatadi.
Sizlarning kecha va bugungi sa’y- harakatlaringiz tufayli yurtimizda hukm surayotgan osayishtalik, tinchlik bois mamlakatimiz yaratuvchanlik, ulkan qurilish va obodonlashtirish maydoniga aylangan. Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov viloyatimizning sanoat , turizm , qishloq xo‘jaligini sohalarini yanada taraqqiy ettirish va Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minotini yaxshilashga qaratilgan 4 ta muhim qaror qabul qilingan edilar. Bugun Xorazmda ana shu hujjatlarda belgilangan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Viloyat markazidagi o‘zgarishlar haqida ko‘p gapirilgan. Shuning uchun bugun Shovot kanali bo‘yidagi ishlarga qisqacha to‘xtalmoqchiman. Bu erda yuzdan ortiq ijtimoiy ob’ektlar tiklan, 90 gektarga yaqin maydon obodonlashtirildi. Bir yarim milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflanib, yopiq yotiq drenaj tarmoqlari qurildi. Bu erda bunyod etilgan mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish joylari, maishiy va savdo nuqtalari, sport maydonchalari, 70 gektar maydonda tashkil etilgan bog‘ yaxlit qiyofa kasb etadi. Sho‘rlanishga chidamli daraxt va buta, gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Natijada bu er aholi va mehmonlar miriqib dam oladigan ajoyib saylgohga aylandi. Hali boshqalarini aytmaganda birgina Shovot bo‘yida qilingan ana shu ishlar uchun Prezidentimizga qancha rahmatlar aytsak ham oz! (Qarsaklar) Rahmat!
Hurmatli tadbir qatnashchilari!
“Xorazm viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga muvofiq boshlanggan ulkan ishlar o‘zining natijalarini bermoqda. Masalan, endi viloyatimiz respublikamizdagi avtomobil ishlab chiqariladigan 4 hududning biri. Chunki Andijondagi avtomobil zavodining Xorazm filialida kuniga 120 ta “Damas” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek bu erda mart oyidan boshlab “Shevrole Orlando” oilaviy avtomashinalarinitayyorlash ham yo‘lga qo‘yildi.
Bugungacha Xorazmda besh mingga yaqin “Damas” va ikki yuzdan ziyod “Shevrole Orlando” avtomobillari ishlab chiqarildi. Korxona mintaqaning ishlab chiqarish salohiyatini yangi darajagi olib chiqdi. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. Hozirdanoq yuzlagan kishilarni muqim ish joylari, doimiy oylik maoshlari bilan ta’minlab, ularni puxta ijtimoiy himoya bilan ta’minladi.
Shuning bilan birga avtomobil ishlab chiqarish loyihasi doirasida hududda yangidan 3 ta qo‘shma korxona va 1 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil qilinib, bu erda ham mahalliy yoshlar uchun qo‘shimcha yangi ishchi o‘rinlari yaratildi. Bu korxonalarda hozir “Damas”lar uchun o‘rindiqlar, turli detallar, jumladan bamper va shtamplangan detallar ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida bunday korxonalarning soni yanada oshadi. Xazarasp tumani va uning atrofida qo‘shimcha kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlanadi, yangi sanoat infratizilmasi, mahalliy tadbirkorlar uchun qo‘shimcha biznes imkoniyatlar yaratiladi.
Shuningdek, “Urganch ekskavator” korxonasida xitoylik hamkorlar bilan birga gidravlik ekskavatorlar yig‘ish boshlandi. Shu yilning o‘zida 50 ta zamonaviy ekskavatorlar ishlab chiqariladi. Ushbu ekskavatorlar azaldan qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan yurtimiz uchun irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini zamon talabalariga keltirishda muhim rol o‘ynaydi.
Belgilangan boshqa Dasturlar ham belgilangan rejaga ko‘ra olib borilmoqda.
Hurmatli faxriylar!
Yaqinda muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘anievech Karimovning “Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra Urush qatnashchi va nogironlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki Ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlariga ehtirom ko‘rsatildi, o‘z xizmat vazifalarini ado etish chog‘ida halok bo‘lganlarning oila a’zolaridan xabar olindi, urush qatnashchilariga bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Hurmatli otaxon va onaxonlar!
Sog‘ – salomat bo‘linglar! Yurtimiz, farzandlaringiz, nevaralaringiz baxtiga ko‘p yillar omon bo‘ling! Yana bir marta hammangizni “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Shunday bayramlardan ko‘plarini ko‘rish nasib etsin!
Rahmat!
|