|
Nukus konchilik instituti
|
bet | 1/5 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 119,33 Kb. | | #136965 |
Bog'liq Mustaqillik yillarida boshqaruv tizimi
XIMIYA TEXNOLOGIYA SIRTGI TA’LIM TALABASI
XAYTBAEVA MANZURANING
«O’ZBEKISTONING ENG YANGI TARIXI» FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Xaytbaeva Manzura
Qabul qildi: Dauletnazarova G
MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA
AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR.
REJA:
Kirish.
Mustaqillik yillarida boshqaruv tizimidagi o’zgarishlar.
Asosiy qism.
Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li.
Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Mamlakatimiz bundan 19 yil oldin o‘z mustaqilligini e’lon qilib, tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘tgan davr mobaynida bosib o‘tgan murakkab, ayni paytda sharafli yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, Vatanimiz ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, xalqimizning qanday og’ir va fidokorona mehnati evaziga qo‘lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.
Bu haqda gapirganda, avvalambor, mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimizda qanday og’ir vaziyat hukm surganini yodda tutish va tasavvur etishga to‘g’ri keladi.
Ma’lumki, sobiq sovet tizimi qat’iy markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash usuliga asoslangan edi. Ana shu tizimga xos bo‘lgan illatlar bilan bir qatorda respublikamiz iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanib, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga yetgani o‘sha paytda yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi.
G’oyat ulkan tabiiy, mineral-xomashyo va mehnat resurslariga, insoniy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. Bunday sharoitda iqtisodiyotning halokatli ravishda inqirozga yuz tutishi va inflyatsiyaning o‘ta keskin darajada o‘sib ketishiga chek qo‘yish, shakllangan xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik favqulodda muhim ahamiyat kasb etar edi.
Sobiq Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ana shu holatlarning barchasi e’tiborga olinib, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab dunyo tajribasini har tomonlama o‘rganish asosida mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish dasturi ishlab chiqildi. Unda milliy urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish orqali O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan uyg’un va hamohang rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari «O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» risolasida xalqimiz bosib o‘tgan milliy taraqqiyot yo‘lini chuqur tahlil etib, bu borada ikki tarixiy davr muhim o‘rin tutganini har tomonlama asoslab bergan edi. Avvalo, o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davr mamlakatimiz va xalqimiz hayotida beqiyos va ulkan, tom ma’noda tarixiy iz qoldirgan davr bo‘ldi.
Shu bilan birga, mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish davri – 2001 yildan bugungi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan navbatdagi bosqich esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilish, aholi hayot darajasining muttasil o‘sib borishini ta’minlash borasida yanada muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu xususda so‘z borganda, mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuq va marralar – avvalambor, mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘z vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan siyosatning natijasi ekaniga takror-takror ishonch hosil qilamiz.
|
| |