|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi axborot xatiBog'liq 1244 4-17-4-4-16772 (1)
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI HUZURIDAGI
“O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY
ASOSLARI VA MUAMMOLARI” ILMIY-TADQIQOT MARKAZI
AXBOROT XATI
TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari
va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya
iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali bilan birgalikda 2024-yil 24-oktyabr kuni
“Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari” mavzusida
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:
1-sho‘ba. Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy
muammolari
2-sho‘ba. Iqtisodiy tizimda moliya infratuzilmasi faoliyati samaradorligini
oshirish
3-sho‘ba. Ichki va tashqi migratsiya va rasmiy bandlikni ta'minlash
4-sho‘ba. Hududlarning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
darajasini
tenglashtirish chora-tadbirlari
Mazkur konferensiyada ishtirok etishni xohlagan professor-o‘qituvchilar, yosh
olimlar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar 2024-yil 6-oktyabr sanasiga qadar
tezislarni yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etishlari
mumkin.
Ilmiy-amaliy konferensiya ishida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari,
respublikamiz OTM va ilmiy tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari,
mutaxassislari, ilmiy xodimlari, izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari
qatnashishlari mumkin.
Konferensiya to‘plamiga kiritilgan va nashr qilingan har bir tezis Google
Scholar, eLIBRARY.RU ilmiy elektron kutubxonasi (Rossiya ilmiy iqtiboslar
indeksi – RIII) bazasida indekslanadi va DOI kodi belgilanadi.
Tezislarning taqdimoti bilan birgalikda sizning ishtirokingiz shakli haqida
xabar berishingizni so'raymiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi axborot xati
|