Konferensiyaga taqdim etiladigan tezislarni rasmiylashtirilishga
qo‘yilgan talablar:
Tezisda muallifning tadqiq qilinayotgan muammoga o‘z qarashlari to‘liq aks
etishi, aniq ilmiy xulosalari, amaliy taklif va tavsiyalari keltirilishi zarur;
Matn formati Microsoft Word, satr oralig‘i 1 intervalda, shrifti Times New
Roman 14 kegel. Matn formatining chegarasi tepa va pastdan 2,0 sm, chapdan 3 sm,
o‘ngdan 1,5 sm bo‘lishi lozim;
Tezisning tepa qismida bosh harflar bilan mavzu, satr qoldirib o‘ng burchagida
muallif haqida quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatilishi zarur: F.I.Sh. (to‘liq), ishlash joyi,
ilmiy darajasi va unvoni, talabalar uchun taʼlim olayotgan joyi, yo‘nalishi va
mutaxasislik nomi, satr qoldirib asosiy matn yozilishi talab etiladi.
Tezis mualliflari 2 (ikki) nafardan oshmasligi lozim. Har bir muallif 1 (bir)
dona tezis taqdim etishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati tezis oxirida keltiriladi. Matnda tegishli manbaga
beriladigan iqtiboslar to‘rtburchak qavslar ichiga olinishi kerak (masalan [1]). Matn
hajmi 3-4 bet to‘liq hajmda bo‘lishi hamda qaysi shoʻbaga tegishliligi tezisni
nomlanishida keltirilishi kerak (masalan: 1-B.Ahmedov).
Konferensiya materiallarini to'plam shaklida chop etish va tashkiliy ishlarni
amalga oshirish uchun badal mablag'i har bir tezis uchun 70 000 so'mni tashkil etadi.
Ushbu talablarga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmaydi. Matnda
foydalanilgan misol, ko‘chirma va maʼlumotlar aniqligi uchun javobgarlik muallif
zimmasida bo‘ladi. Tashkiliy Qo‘mita tanlovdan o‘tmagan tezislarni mualliflarga
qaytarish va izoh berish majburiyatini olmaydi.
Maqola
va
tezislar
elektron
shaklda
+998944237667
(https://t.me/conference_CEDR) telegram manzili yoki conference_cedr@mail.ru
elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Taqdim etilgan tezislar mazmuni belgilangan talablarga mos kelgan taqdirda
tashkiliy qo‘mitaning qaroriga binoan tanlov asosida konferensiya to‘plamiga
kiritiladi va ITM rasmiy saytida (www.cedr.uz) eʼlon qilinadi.