Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li




Download 119,33 Kb.
bet2/5
Sana13.01.2024
Hajmi119,33 Kb.
#136965
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqillik yillarida boshqaruv tizimi

Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li
Sobiq Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan. Asosiy negizini iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligini nazarda tutadigan pragmatik iqtisodiy siyosat; davlatning bosh islohotchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishi; qonun ustuvorligini ta’minlash; kuchli ijtimoiy siyosat olib borish; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyil tashkil etadigan ushbu taraqqiyot modeli ayniqsa 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘zining naqadar to‘g’ri ekanini yana bir bor isbotladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizning chetdan tiqishtirilgan, “shok terapeyasi” deb atalgan usullardan, “bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradi” qabilidagi soxta qarashlardan avvalboshdanoq voz kechib, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lini tanlagani bugun o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Ayniqsa, “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan, bugun ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan hayotiy shiorlar negizida yangi davlat, yangi jamiyat poydevorini barpo etish yo‘lida qanday yutuqlarga erishayotganimizni bugun har qadamda ko‘rish mumkin.
Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganini bugun har qaysi yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida ko‘rmoqda.
Ana shunday huquqiy poydevor asosida mamlakatimizda tub ma’muriy islohotlar amalga oshirildi, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tarkibiy tuzilishi modernizatsiya qilindi va yangilandi, joylarda hokimlik instituti joriy etilib, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilindi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi – mahalla instituti rivojlandi va mustahkamlandi.
Yana bir tarixiy yutug’imiz – diyorimizda bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilib, yangicha iqtisodiy munosabatlar mexanizmlari joriy etildi, tegishli infratuzilma institutlari tashkil etildi, bugungi talablarga javob beradigan mutlaqo yangi moliya va ikki bosqichli zamonaviy bank tizimlari shakllantirilib, iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida chuqur islohotlar amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda mulkiy munosabatlar sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mamlakatimizda amalda ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, balki bozorlarimizni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, odamlarning daromadi va farovonligini yuksaltirishning asosiy manbai, aholi bandligini oshirishning eng muhim omiliga aylandi.
Yurtimizda yoqilg’i-energetika va g’alla mustaqilligiga erishishdek muhim strategik maqsadga erishildi. Mamlakatimizning boy mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni izchil amalga oshirish, energetika, neftgaz-kimyo, rangli metallurgiya, ximiya va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika va mikrobiologiya kabi yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan, iqtisodiy taraqqiyotning lokomotivi hisoblangan tarmoqlarning jadal rivojlanishi ta’minlanmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli va chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishda uning real sektoriga investitsiyalarning keng jalb etilayotgani, yurtimizda eksport salohiyati va eksport mahsulotlari hajmi ortayotgani, tashqi savdo aylanmasida ijobiy salьdoning oshayotgani, tashqi qarzlar hajmining ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda, oltin-valyuta zaxiralarining barqaror o‘sib borishi ta’minlanayotgani muhim omil bo‘lmoqda.
O‘zgalarning havasini uyg’otayotgan bunday iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyotni yangilash, demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va butun mamlakatimizni modernizatsiya qilishda jahonda o‘xshashi bo‘lmagan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining joriy etilishi, mamlakatimizda jismoniy sog’lom, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga davlat tomonidan katta e’tibor berilayotgani ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, ijobiy ma’nodagi portlash effektiga olib keldi.
Bugun hech kimdan kam bo‘lmay, zamonaviy bilim va kasb-hunar asoslarini egallab voyaga yetayotgan yigit-qizlarimizning ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarida erishayotgan dastlabki umidbaxsh yutuqlari buni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Shu bilan birga, sog’liqni saqlash sohasini isloh etishga qaratilgan davlat dasturlari va chora-tadbirlar tizimi amalga oshirilgani va aholini himoya qilish bo‘yicha kuchli ijtimoiy siyosat yuritilgani ham biz uchun oliy qadriyat bo‘lmish inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlash joiz.
Albatta, kichik bir maqolada o‘tgan yillar davomida yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli, tom ma’noda tarixiy ishlarning barchasini sanab o‘tish imkonsizdir. Lekin, shu davrda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlarining, eng muhim va salmoqli natijalari haqida gapirganda, avvalo Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Asaka va Samarqand avtomobilь zavodlari, Qo‘ng’irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g’itlar zavodi kabi strategik sanoat ob’ektlarini, o‘nlab to‘qimachilik majmualari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari sohasidagi yuzlab yangi korxonalar va ob’ektlarni faxr bilan tilga olishimiz tabiiydir.
Shular qatorida mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarini bog’lab turadigan yagona transport kommunikatsiya tizimi yaratilgani, transmilliy transport yo‘laklari va jahon bozorlariga chiqish imkonini beradigan 694 kilometrlik Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’ hamda 223 kilometrlik Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg’on temir yo‘l liniyalari, zamonaviy avtomobilь yo‘llari, “Navoiy aeroporti” va “Angren” xalqaro logistika markazlari ham mustaqillik davridagi bunyodkorlik ishlarimizning alohida yorqin sahifasini tashkil etadi.

Download 119,33 Kb.
1   2   3   4   5




Download 119,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li

Download 119,33 Kb.