|
Ayollarga yordam berish va ularni taʼqib va zoʻravonlikdan himoya qilish
|
bet | 52/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)Ayollarga yordam berish va ularni taʼqib va zoʻravonlikdan himoya qilish
Zoʻravonlik jabrlanuvchi boʻlgan xotin-qizlar bilan profilaktika ishlarini olib borishda ularga yordam va koʻmak koʻrsatish, huquqlarini tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish – bu xotin-qizlarning hayoti, sogʻligʻi uchun paydo boʻlgan xavfni bartaraf etish, tezkor chora-tadbirlarni talab qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda xotin-qizlarning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning takroran gʻayriqonuniy xatti-harakatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadidagi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik va boshqa tusdagi kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlar tizimidir.
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilgan taqdirda, u zoʻravonlik qurboni sifatida quyidagi huquqlarga ega: oʻziga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi toʻgʻrisidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish; maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish.
Respublikada zoʻravonlikning oldini olish va koʻlamini kamaytirish, zoʻravonlik jabrlanuvchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatning turli shakllari mavjud. Ushbu muammoni hal etishning asosiy bosqichlari Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzurida Oila va xotin-qizlar masalalari qoʻmitasi huzurida tashkil etilgan “Ishonch telefonlari”ni tashkil etishdan iborat xamda zoʻravonlik jabrlanuvchilari uchun maxsus markazlari mavjud.
Respublikada zoʻravonlik jabrlanuvchilari bilan ishlash boʻyicha eng keng tarqalgan muassasalar zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va bolalarga psixologik, huquqiy, pedagogik, ijtimoiy va boshqa turdagi yordam koʻrsatadigan maxsus markazlari hisoblanadi. Asosiy maqsad – jabrlanuvchini tinglash, muammoni tushunish, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va kerakli yordam turini aniqlash. Maxsus markazi ishining asosiy shakli – bu hayotiy vaziyatni aniqlash uchun yuzma-yuz maslahat va ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash, psixoterapiya, depressiya va qoʻrquv uchun dori-darmonsiz yordam, ijtimoiy kafolatlarni amalga oshirish boʻyicha huquqiy tavsiyalar berish.
Maxsus markazlarida keng qoʻllaniladigan zoʻravonlik jabrlanuvchilarini reabilitatsiya qilish usullaridan biri bu guruhiy terapiya. Bu ish yolgʻizlik va begonalik tuygʻularini yengishga qaratilgan. Guruhiy terapiya dasturi individual ravishda ishlab chiqiladi.
Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik jabrlanuvchini boʻlgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishning samarali guruhiy usuli psixodrama hisoblanadi. Psixodramada odam syujetga haqiqiy odamlarni yoki xayoliy qahramonlarni kiritib, oʻtmishda haqiqatan ham sodir boʻlgan voqealarni takrorlaydi. Vaziyatlarni oʻynash jarayonida ishtirokchilar oʻrtasida haqiqiy hissiy aloqa paydo boʻladi, toʻplangan salbiy tajribalardan xalos boʻladi, bu ularning hayotiy vaziyatiga yangi qarashni shakllantirishga yordam beradi33. Ushbu uslub zoʻravonlikka duchor boʻlgan xotin-qizlarga jabrlanuvchilik majmuasini yengishga imkon beradi.
Bundan tashqari, respublikada turli psixologik markazlar tarmogʻi rivojlangan. Maslahat faoliyatining oʻziga xos turi – bu psixologik markazlar yoki maxsus markazlarining psixologlari tomonidan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan shoshilinch psixo-ijtimoiy yordam. Psixologik maslahat zoʻravonlikka duchor boʻlgan va ikkilanmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri mutaxassis maslahatchidan yordam soʻrashga yoki bunday imkoniyatga ega boʻlmagan koʻplab xotin-qizlarga psixologik yordam olish, shuningdek, ularni tashvishga solayotgan muammolar boʻyicha tavsiyalar olish imkonini beradi.
|
| |