|
Zoʻravonlikning qanday shakllari mavjud?
|
bet | 44/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)Zoʻravonlikning qanday shakllari mavjud?
Ayollarga nisbatan oiladagi zoʻravonlikning shakllari20:
izolyatsiya – ayolning nima qilishini, kim bilan doʻst boʻlishini, uchrashishini, gaplashishini doimiy nazorat qilish; unga yaqin odamlar bilan muloqot qilishni taqiqlash;
qoʻrqitish – imo-ishoralar, harakatlar, baland ovoz bilan qoʻrqitish, uy-roʻzgʻor buyumlarini va ayolning mulkini yoʻq qilish;
bolalarni manipulyatsiya qilish – bolalar oldida aybdorlik tuygʻusini uygʻotish, bolalardan vositachilik qilish maqsadida foydalanish;
tahdidlar – bolalarni olib ketish yoki oʻz joniga qasd qilishga majburlash bilan tahdid qilish;
hissiy zoʻravonlik – oʻz qadr-qimmatini kamsitish, ogʻzaki haqorat qilish, qoʻpollik qilish, ayolning xotin va ona rolini yomon bajarayotgani haqidagi gʻoyalarni singdirish, ahamiyatsizlikni singdirish;
iqtisodiy zoʻravonlik – unga ishlashga ruxsat bermaslik, undan pul soʻrashga majbur qilish, uni oʻz pulidan mahrum qilish va moliyaviy cheklash;
erkak imtiyozlaridan foydalanish – ayolga past mavjudot sifatida qarash, avtoritar diktator xatti-harakatlari; oila uchun muhim qarorlarni yagona qabul qilish, barcha uy vazifalarini ayolning yelkasiga yuklash;
jismoniy zoʻravonlik – badanga shikast etkazish, kaltaklash, urish, soch tortish, qurol ishlatish; qotillik va boshqalar;
jinsiy (seksual) zoʻravonlik – ayolning xohishiga qarshi zoʻrlash, turli xil narsalarni ishlatib zoʻrlash, doʻstlar bilan jinsiy aloqa qilish, fohishalikka majburlash.
Turmush oʻrtoqlar yoki juftlar oʻrtasidagi munosabatlarda zoʻravonlikning barcha sanab oʻtilgan turlari yoki ularning baʼzilari mavjud boʻlishi mumkin; har bir zoʻravonlikning oʻziga xos turi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan mustaqil muammodir21.
|
| |