• Uni bartaraf qilish emas, balki himoya qilish kerak 5 .
  • jinsiy zoʻravonlik , jismoniy zoʻravonlik, iqtisodiy zoʻravonlik , ruhiy zoʻravonlik, taʼqib etish
  • gender siyosati
  • 1.”Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlarning ustuvor vazifalari.
  • 4. “Himoya orderi” nima Himoya orderini qoʻllash mexanizmlari va amaliyot tahlili.
  • -MAVZU. OILADA MAVJUD TAZYIQ, ZOʻRAVONLIK VA AGRESSIYA




    Download 2,57 Mb.
    bet33/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    8-MAVZU. OILADA MAVJUD TAZYIQ, ZOʻRAVONLIK VA AGRESSIYA
    Oila nima? Siz kerak boʻlgan insonlar.
    Quvonch va qaygʻuda, xar qanday vaziyatlarda yoki umuman olganda,
    ular kerakli vaqtda kelishadi
    va nima boʻlishidan qatʼiy nazar siz bilan qolishadi.


    Oila – bu bebaho neʼmat.
    Uni bartaraf qilish emas, balki himoya qilish kerak5.


    Mashgʻulotning davomiyligi: 2 soat 00 daqiqa.
    Mashgʻulotningning tuzilishi:
    Kirish qismi – 5 min.
    Nazariy qism – 90 min.
    Amaliy qism – 30 min.

    Kalit soʻzlar: oila, maʼnaviy-axloqiy muhit, tazyiq, zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik, jismoniy zoʻravonlik, iqtisodiy zoʻravonlik, ruhiy zoʻravonlik, taʼqib etish, himoya qilish, agressiya, individ tiplari, mexanizm, himoya orderi, jins, xotin-qizlar, erkaklar, bolalar, gender, jamiyat, gender siyosati, davlat siyosati, teng huquq, jins boʻyicha kamsitish, qonun, zoʻravonlikni oldini olish, normativ-huquqiy xujjatlar, oilaviy majburiyatlar, oilaviy munosabatlar, oilaning ichki mojarolari, uy mehnati, profilaktika, profilaktika suhbati, yakka tartibdagi chora-tadbirlar, reabilitatsiya, moslashtirish, monitoring.
    Reja
    1.”Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlarning ustuvor vazifalari.
    2. Zoʻravonlik nima? Zoʻravonlik va uni oldini olish.
    3. Agressiya, tazyiq va zoʻravonlik yuzaga kelganda oʻzini qanday tutish kerak? Agressiyaga nisbatan individ tiplari va ularni sharhlash.
    4. “Himoya orderi” nima? Himoya orderini qoʻllash mexanizmlari va amaliyot tahlili.


    1. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlarning ustuvor vazifalari

    Oʻzbekiston Respublikasida oila va nikoh institutini mustahkamlash, ijtimoiy sogʻlom oilani shakllantirish uchun shart-sharoit yaratishga katta eʼtibor qaratmoqda. Davlatning oilaga bunday jiddiy eʼtibori oilaning asosiy ijtimoiy institutlardan biri ekanligi, uning aʼzolarining farovonligi va ijtimoiy xolati bevosita jamiyat farovonligi bilan bogʻliqligi izohlaydi. Chunki, sogʻlom oila – bu barqaror va sogʻlom jamiyat koʻrsatkichidir.
    Binobarin, oilada sogʻlom muhitni taʼminlash, oilada har qanday zoʻravonlik va zulmning oldini olish ijtimoiy dolzarb va jiddiy muammo hisoblanadi.
    Bu masalaning ahamiyati shundan iboratki, bir tomondan, oiladagi zoʻravonlik oila va nikoh institutiga, jamiyat farovonligiga destruktiv taʼsir koʻrsatadi. Boshqa tomondan, bu nafaqat zoʻravonlik qurbonlari (ayollar, erkaklar va boshqa oila aʼzolari), balki bolalarning jismoniy, psixologik, ijtimoiy salomatligi va maʼnaviy rivojlanishiga tahdid soladi, oila asoslariga, oilaviy qadriyatlarga va uning jamiyatdagi ijtimoiy hamda axloqiy holatiga putur yetkazadi.

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. OILADA MAVJUD TAZYIQ, ZOʻRAVONLIK VA AGRESSIYA

    Download 2,57 Mb.