|
Oila va xotin-qizlar
|
bet | 32/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)Mavzuga oid aforizmlar
Nikoh uzugi bu oila zanjirining birinchi halqasidir.
Jarko Petan
Nikoh shunday bir romanki, uning bosh qahramoni birinchi bobdayoq oʻladi.
Lorens Piter
Ayollarning portlashiga ishonmasangiz, bittasini tashlab koʻring.
Djerald Liberman
Rashk kasallik kabi kechga borganda kuchayadi.
Pol Lotan
Sevgi-muhabbatga kuch qolmaganda ham rashk qilish uchun kuch topiladi.
Mariya Dombrovskaya
Er-xotin mehmonlarni yaxshi koʻrishardi, chunki mehmon boʻlmagan kuni uyda janjal boʻlardi.
Tibbiyot fani kuzatuvlariga koʻra: boʻydoqlarning aksariyati aqldan ozib oʻladilar. Uylanganlarning aksariyati esa bu yoshga yetishga ulgurmaydilar.
A. Chexov
Yomon xotin hayotni zaharlaydi, yaxshisi esa jonga tegadi.
Ular orasidagi farq ana shunda, xolos.
Leonard Djevetskiy
Beladonna: Italiyada bu goʻzal ayoldir, Angliyada esa kuchli zahardir. Ikki til asosidagi bu oʻxshashlik kishini hayratga soladi.
Ambroz Birs
Dunyoda ayol kishini mendan koʻp biladigan erkakning oʻzi yoʻq, men esa hech narsa bilmayman.
Seymur Xiks
Uylanishga qaror qilish erkak kishining hayotida soʻnggi mustaqil qabul qilgan qaroridir.
Vanda Blonskaya
Erkak kishini uydan haydash yaxshi emas, u qaytib kelmasligi ham mumkin.
Mavzuga oid rivoyatlar
1. Oʻrta yoshdagi bir xoja tarbiyalagan yosh xonim Bir vaqtlar Uskudorda istiqomat qiluvchi oʻrta yoshlardagi bir zot birinchi xotini vafot etgach, yosh xonimga uylandi. Bu zotning axloqi, goʻzal odati, tabiatini hamma yaxshi koʻrar edi.
Ayni zamonda fikri tiniq, qarashlari qatʻiy, ilm-irfon sohibi edi.
Avvaliga yosh xonim xojasining fe’l-atvorini juda yaxshi koʻrar, unga qoʻlidan kelgan barcha hurmat, iltifotini koʻrsatar, xojasiga nisbatan oʻz vazifalarini chiroyli bajarardi. Xojasiga oliy darajada hurmat izhor qilardi. Yosh xonim qisqa vaqt ichida barcha qoʻshnilari bilan tanishdi, qoʻshnilar uni, u esa qoʻshnilarni hurmat qilardi. Ammo oʻsha mahallada yomon feʻlli, hasadgoʻy bir xotin bor edi. Bu yosh xonimning xojasiga nisbatan hurmati boʻlgani va shirin turmushlari ul xotinining rashkini keltirardi. Yosh xonim bilan qoʻshni boʻlganlaridan beri uni xojasiga nisbatan itoatsizlikka tashviq qilardi:
– Qizim, sen juda yoshsan, goʻzalsan, shunday katta yoshdagi kishiga turmushga chiqqansan. Sen yosh, oʻzing kabi chiroylik erga turmushga chiqmabsan, – deb juvonning boshini aylantirardi. Yosh xonim, “men xojamdan juda mamnunman, feʻli, axloqini sevaman” desa ham, yomon ayoldan qutula olmaydi. Bir kuni ul juvon tashviqotlar taʻsiridanmi, “erimdan ajralishaman” deydi. Yomon feʻlli, hasadgoʻy ayol:
– Qoʻlingdagi qimmatli ashyolaringni asta-sekin sotsang, xojangga yomon koʻrinasan, uning sendan koʻngli soviydi, – deb koʻnglini buzadi.
Yosh ayol uyidagi qimmatli narsalarni birma-bir sota boshlaydi. Har kuni eri oqshomda uyiga kelganida, bugun qimmatli falon narsani, ertasiga – bugun bunday qimmatli narsani sotdim deyaveradi, nihoyat uyda hech narsa qolmadi. Ammo chiroyli, xushxulqli, ilm-irfon sohibi boʻlgan ul zot xotiniga: “joning sogʻ boʻlsin yangisini olarmiz”, – der edi. Xonim uyida sotiladigan ashyo qolmaganidan keyin, hojatxonadagi har kuni foydalaniladigan oʻttiz yillik obdastani toshga urib sindirdi.
Kechqurun eri kelganida ul xonim:
– Hojatxonadagi obdastani toshga urib sindirdim, parchaparcha qilib tashladim, – dedi.
– Ana xolos! Bu nimasi! – deb xojaning koʻzlariga yosh keldi.
– Men sizga hayronman, – dedi xonim. Uydagi shuncha qimmatli narsalarni yoʻqotganimda jahlingiz chiqmay, “oʻzing sogʻ boʻlsang bas” degan edingiz. Endi hojatxonadagi oddiy koʻza singanida, koʻzingizdan yosh toʻkdingiz, nega?
– Xonim, ul koʻza oʻttiz yildir-ki mening eng mahram yerlarimni koʻradi. Hozir yangi bir koʻza olib, unga mahram yerlarimni qanday koʻrsataman? – deb javob berdi xoja yosh ayoliga.
– Yosh xotin bir onda gʻaflatdan uygʻondi va kechirim soʻrab erining qoʻllarini oʻpdi, oyogʻiga yiqildi. “Meni afv eting, sizning amringizdan hech chiqmayman, sizga nisbatan ozgina boʻlsada, itoatsizlik qilmayman”, deb yolbordi.
Vazifa: Psixologik tahlil qilinsin.
2. Aqlli xotinlar erlar baxti
Bir odam juda aqlli, odobli va yaxshi tarbiya olgan qizga uylandi. Ul odam xonimidan juda mamnun, uylarida gʻalvagʻ avgʻo yoʻq. Bu yigit bir kun doʻstlarining huzuriga bordi. U axloqsiz odamlarning xotinlarini “unday urdim, bunday urdim”, deb maqtanganlarini eshitdi. Yigit hayrat bilan ulardan soʻradi:
– Nega xotinlaringizni urasiz? Hech gunohi yoʻq xotinni qanday urib boʻladi?
Doʻstlari:
– Dunyoda bundan oson ish yoʻq. Uyga bir qadoq qiyma goʻsht olib kelasan. Qiymali suyuq ovqat tayyorlab kelsa, “boshqa ovqat yeyishni xohlayman”, deysan, deb aql oʻrgatishibdi.
Yigit ertasiga kechqurun uyiga kelib, dasturxon oldiga oʻtirdi. Xotini qiyma solib tayyorlangan shoʻrva olib keldi. Ul xotiniga jerkib:
– Men kartoshka bilan qiyma yeyishni xohlayman, – dedi.
– Qiyma ham bor, – dedi xonimi.
– Men tok bargiga oʻralgan qiyma xohlardim.
– U ham bor.
Xojasining odatlarini juda yaxshi bilgan odobli xotin eri xush koʻradigan barcha narsani qoʻlidan kelguncha harakat qilib, tayyorlagan va uning koʻnglini olgan.
Yigit ertasiga yana doʻstlari oldiga chiqdi. Ular darhol qiziqib soʻradilar:
– Nima boʻldi? Xotiningni kaltakladingmi?
Yigit boʻlgan voqeani aytgan ekan, doʻstlari:
– Sen baxtli ekansan, xotining aqlli, chaqqon ayol ekan,-debdilar.
3. Mahkamada xotinining yuzini ochishni istamagan odam Bir vaqtlar uylangan bir odam, oylar oʻtdi, yillar oʻtdi, xotinining mahrini bermadi, shu burchini ado eta olmadi.
Bir kuni xotini bilan kelisha olmay qoldilar. Xotini oʻsha zamon mahkamasiga shikoyat qilib, qozining huzuriga bordi va eridan mahrini talab qildi. Ayol yuzida chimmat (parda) bor edi.
Qozi ul ayolga:
– Ikki shohid lozim, – dedi. Ayol:
– Shohidlarim bor, ular shu yerdalar, – dedi. Qozi:
– Juda yaxshi, yuzingizni oching, soʻng hukm chiqazaman, – dedi.
Shu yerda boʻlgan eri darhol oʻrnidan turib:
– Bunga (yaʻni yuzini ochishga) hojat yoʻq. Men zavjam (xotinim)ning mahrini berishga soʻz beraman, oz-ozdan boʻlsa ham beraman, – dedi.
Qozi:
– Yaxshi, lekin shu kungacha nega bermagan eding, – deb hayron boʻldi.
Ul odam:
– Bilmadim, qozi janoblari, lekin siz hozir ayolimning yuzini ochishni buyurganingizda aqlimni yigʻib oldim. Shu paytgacha xotinim – bekamning yuzini mendan boshqa hech kimsa koʻrmagan. Endi ham koʻrmaydi, – dedi.
Ayol erining bu muomalasidan juda mamnun boʻldi va:
– Ey Qozi janoblari, shohidlar oldida Sizga ushbuni aytmoqchimanki, men ham erimdan mahr haqqimdan voz kechdim. Uni tasdiqlashingizni soʻrayman, – dedi.
|
| |