|
Mavzu: 3P-reabilitatsiya texnologiyasia asosida bola va ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarni qayta tiklash Reja
|
Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 32,19 Kb. | | #107027 |
Bog'liq Albina koxlear
Mavzu:3P-reabilitatsiya texnologiyasia asosida bola va ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarni qayta tiklash
Reja
1. Koxlear implantantli eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar reabilitatsiyasi
2. Bolalar va ota-onalar o'rtasidagi munosabatlarni tashkil etish.
3. Bolalarning ota-onalari bilan o'zaro munosabatlari.
Bola hayoti davomida ijtimoiy tajribani, umuminsoniy va milliy ahloq-odob normalarini egallab boradi, ta’lim oladi va asta-sekin har tomonlama aqliy va
jismoniy jihatdan еtilib boradi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan nogiron bolalarda bu
jarayon qiyinchilik bilan kechadi, ular kattalarning yordamiga ko‘proq bog‘liq
bo‘ladilar, ularning ijtimoiy moslashuvi ham maxsus yordamsiz sodir bo‘lmaydi.
Shuning uchun bunday hollarda eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning
reabilitatsiyasi va abilitatsiyasi muammolari yuzaga keladi. Koxlear
implantatsiyadan keyin bolani eshitishga va so‘zlashga ilk bor o‘rgatish abilitatsiya
deyiladi.Abilitatsiyaning maqsadi. Koxlear implantatsiyadan keyin bolaning
eshitish idroqini va nutqini shakllantirish, o‘zgalar nutqini tushunish va
so‘zlashish, muloqot qila bilishga o‘rgatish, nutqini me’yorda eshituvchi bola
nutqining darajasiga еtkazishdan iborat.Abilitatsiyaning vazifalari va yo‘nalishlari:
bolada kommunikativ ko‘nikmalarni (ya’ni bola uchun qulay muloqot shakllaridan
foydalanib, atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarga koxlear implantli rishish
qobiliyatini) rivojlantirish; bolada koxlear implant yordamida atrofdan kelayotgan
tovushlarni eshitib idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni bolada ko‘plab
nutqiy bo‘lmagan va nutqiy signallarni (so‘zlar, tovushlar, iboralarni) topish,
farqlash va tanish malakasini rivojlantirish; ushbu signallarning bola xotirasida
tovushli obrazlarini to‘plashga o‘rgatish; bolada til tizimini rivojlantirish, bolaga
ko‘plab so‘zlarning ma’nolarini, ularning tovush tarkibini, gapda so‘zlarni
o‘zgartirish va qo‘shish qoidalarini o‘rgatish; ushbu hamma axborotni bola
xotirasida mustahkamlash; bolaning og‘zaki nutqini rivojlantirish, ya’ni bolada
o‘zi xabar qilmoqchi bo‘lgan fikrni paydo qilish hamda bu fikrni nutqiy birliklar
ketma-ketligiga aylantirish malakasini hosil qilish; artikulyatsion organlarning
harakatlantiruvchi dasturlarini shakllantirish va shu yo‘l bilan muayyan akustik
xossalarga ega bo‘lgan nutq tovushlarining talaffuz qilinishiga erishish;bolani har
xil kommunikatsion vaziyatlarda nutqdan foydalanishga o‘rgatish. Bolada bu
malakalarni rivojlantirish ko‘p yillarni talab qiladi.
Buning ustiga yana shuni ham yodda tutish kerakki , qulog‘i eshitmaydigan kichik yoshdagi bolada kar bolalarda odatda kamchiliklar bilan rivojlanadigan
boshqa ko‘nikmalarni – atrof olam haqidagi umumiy tasavvurlarni, tafakkur,
xotira, diqqatni, harakatlanish faolligini (yirik va mayda motorikani), hissiy
irodaviy sifatlarni rivojlantirish ham zarur. Bolalarda, ayniqsa kichik yoshdagi
bolalarda ushbu hamma ko‘nikmalar parallel ravishda va o‘zaro aloqada va asosan
kun davomida o‘z atrofidagi kattalar bilan o‘zaro muloqot paytida rivojlanadi.
Shuning uchun boshidanoq surdopedagogik ish ham, kun davomida ota-onalar
bolalari bilan olib boradigan rivojlantiruvchi ish ham, xuddi normal rivojlangan
bola bilan bo‘lganidek, bu rivojlantiruvchi yo‘nalishlarning hammasini o‘z ichiga
oladi. Shunday qilib, nogiron bolada har xil ko‘nikmalarni rivojlantirar ekanmiz,
xuddi shu yoshdagi me’yorda rivojlangan bolalarga nisbatan qo‘llanadigan
ko‘rsatkichlarga tayanishimiz kerak.Ta’lim-tarbiya jarayonida umumpedagogik va
xususiy tamoyillar e’tiborga olindi. Ya’ni nutqni keng qamrovli rivojlantirish
bo‘yicha olib boriluvchi ishlarda quyidagi tamoyillarga rioya qilinish lozim.
1. Har bir bolaning nutqini rivojlantirishda, nutqiy rivojlanishning dastlabki
darajasini hisobga olgan holda, tabaqalangan ravishda va individual yondashish
tamoyili.
2. Til o‘rgatishda tilni muloqot (kommunikatsiya) quroli sifatida
shakllantirish tamoyili.
4. Kommunikativ tizimni amalga oshirishda asosiy: genetik, faoliyat
hamda struktur-semantik tamoyillarga tayanish.
5. Nutqni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilishning
mavzuiy tamoyili.
6. Nutqni yaxlit jarayon sifatida shakllantirishda nutqiy faoliyatning turli
ko‘rinishlari (atrofni eshitish-ko‘rish va eshitish, so‘zlash, o‘qish, yozish
vositasida idrok etish) ni o‘zlashtirishni ko‘zda tutish.
7. So‘zlashuv nutqini rivojlantirishning amaliy faoliyat bilan bog‘liqligi
tamoyili.
8. So‘zlashuv muloqotiga ehtiyojni yuzaga keltirish tamoyili.
Abilitatsiya paytida koxlear implantli bolalar bilan ishlashda qo‘llanadigan
metodlar. Maktabgacha yoshdagi koxlear implantli bola bilan olib boriladigan
reabilitatsion ishda zaif eshituvchi bolalarga nisbatan qo‘llanadigan hamma
metodlar to‘g‘ri keladi. Biroq bu o‘rinda o‘ziga xos jihatlar ham mavjudki,
(Korolyova I.V.), ularni, qaysi metod qo‘llanishidan qat’i nazar, e’tiborga olish
lozim.Birinchidan, abilitatsion ishning dastlabki yilida asosiy ish eshitish idrokni
rivojlantirishga qaratilishi kerak va buning uchun avvalam bor kundalik odatiy
vaziyatlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ikkinchidan, koxlear implantli
bolada qisqa vaqt ichida tabiiy eshitish idrokni rivojlantirish hamda bunda bolada,
me’yorda eshitadigan bolalar kabi, o‘z nutqini va o‘zgalar nutqini idrok etib
tushunish darajasiga erishish vazifasi turadi.Uchinchidan, koxlear implantli
qilingan bola bilan olib boriladigan ishning o‘ziga xos jihati shundaki , bolada
eshitish ko‘nikmasini rivojlantirish kerak. Buning uchun bola bilan muloqotda
uning qarshisida emas, yonida (koxlear implantant qo‘yilgan tomonida) o‘tirgan
holda suhbat olib borish, o‘ynash, kitob o‘qish kerak. Bunda bola nutqni yaxshi
eshitadi va so‘zlovchining lablarini ko‘rmay turib, e’tiborini diqqat bilan eshitishga
qaratadi.
To‘rtinchidan, ilk yoshda implantant qo‘yilgan kar bola bilan ishlashda
daktil nutq shaklidan, nafaqat muloqot vositasi sifatida, balki tovush talaffuzini
shaklalntirish vositasi sifatida ham foydalanish shart emas.
Beshinchidan, bolada eshitish tajribasi va diqqat buzilishining mavjudligi,
ota-onalarning abilitatsiya jarayoniga tayyorligi bilan bog‘liq holda abilitatsiya
davri uchun 6 oydan 18 oygacha vaqt kerak bo‘ladi. Shu bilan birga eshitishida
nuqsoni bo‘lgan ko‘pchilik bolalarda nutq buzilishlari mustaqil buzilishlar sifatida
mavjud bo‘ladi. Bular yo birlamchi buzilishlar (tegishli miya markazlarining
shikastlanishi oqibatida), yo ikkilamchi (ilk yoshda yuz bergan karlik tufayli
harakat nutq markazlari rivojlanishining buzilishi oqibatida) buzilishlar sifatida
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun metodlar eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
bilan ishlashda katta yordam beradi. Faqat bu o‘rinda logoped koxlear implantli
bola bilan ishlashda shuni aniq anglab olishi kerakki , koxlear implantli bolada faqat tovush talaffuzigina emas, balki nutqning to‘liq rivojlanmaganligi ham kuzatiladi. Bunda nutqning ekspressiv rivojlanmaganligi passiv va aktiv lug‘atning hamda grammatik nutq tuzumining rivojlanmaganligi bilan belgilanadi. Bu bola
bilan til tizimini (ona tili tizimini) shakllantirishga (passiv va aktiv lug‘at to‘plash,
grammatik til tuzumini shakllantirish, mustaqil nutqni rivojlantirishga) qaratilgan
uzoq yillarga mo‘ljallangan maqsadli surdopedogogik ish olib borilishini taqozo
etadi.
Koxlear implantli bolaga xos yana bir xususiyat shundaki , kichik yoshida
implantatsiya qilingan bola bilan olib boriladigan korreksion ishda global o‘qish
metodidan foydalanish kerak bo‘lmaydi. Biroq 3 yoshdan keyin koxlear implantli
qilingan bolani o‘qishga o‘rgatishda analitik-sintetik o‘qish metodidan foydalanish
kerak.Koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishda verbotonal
metod nisbatan keng qo‘llanadi. Bu metod Zagreb (Xorvatiya) shahridagi SUVAG
markazida prof. P.Guberina tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, eshitishi turli
darajada yo‘qolgan va eshitish apparatlaridan foydalanadigan bolalar nutqini
rivojlantirishda katta samara berishi amalda o‘z isbotini topdi. Bu koxlear implantli
bolalarga ham to‘la ma’noda tegishli. Bu metod avvalam bor fonetik ritmikada,
koxlear implantli nutqsiz bolalarda tovushlarni keltirib chiqarish usullarida, tana
harakatlari va nutq tovushlarining o‘zaro aloqasiga asoslangan nutqning
intonatsion-ritmik tomonini shakllantirishda, bolada nutqiy muloqotga bo‘lgan
motivatsiyani rivojlantirishda katta samara beradi.
Implantatsiya qilingan bolalar bilan olib boriladigan ishda qo‘llanadigan
maqbul metodlardan yana biri eshituv-nutqiy (audio-verbal) metoddir. Uning
asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
- Koxlear implantli bola eshituvining rivojlanishi tabiiy shart-sharoitda kun
davomida bolaga g‘amxo‘rlik qilayotgan kattalar bilan muloqotda kechadi.
Rivojlanayotgan eshituv asosida bolaning nutqi ham, normal eshituvchi bolaning
nutqi kabi, tabiiy holda rivojlanib boradi. Bunda biz tayanadigan asosiy shior
“Eshitamiz, fikrlaymiz va kun bo‘yi eshitib turib gapiramiz” so‘zlaridan iborat;
- ota-onalar va yaqin kishilar bolaning nutqini va ona tilini rivojlantirishda tabiiy va eng yaxshi o‘qituvchilardir;
- eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolaning nutqini va eshituvini rivojlantirishdan
ko‘zlanadigan asosiy maqsad uni umumta’lim maktabida o‘qishga tayyorlashdan
iborat.
Koxlear implantanli bolalarda eshitish darajasini rivojlantirish, nutqni
me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlari kabi, to‘liq egallay olishlariga erishish,
ruhiy jarayonlarining rivojlanishida hamda ijtimoiy hayotda o‘z o‘rinlarini
topishlariga ko‘maklashish masalalari surdopedagogika fanlarining oldida turgan
dolzarb masalalardandir. Ushbu toifaga mansub bolalar nutqini erta korreksiyalash
ularni ijtimoiy hayotga erta moslashtirish omili sanaladi. Eshitishida nuqsoni
bo‘lgan va koxlear implantatsiya qilingan bolalarning reabilitatsiya masalari
Rossiya olimlaridan I.V. Korolyova, Jukova O.S., Zontova O. V., Tavartkoladze
G.A., Sataeva A.I., Mironova E.V., Frolenkova I.D. va b., chet ellik olimlardan
Litovsky R., Parkinson A., Arcaroli J. tadqiqotlarida va amaliy faoliyatlarida keng
yoritib berilgan. O‘zbekistonda esa ushbu masalaga hozircha faqat amaliy jihatdan
yondoshib kelinmoqda va bu yo‘lda prof. L.R.Muminova, E.B.Amirova,
U.Yu.Fayzieva, R.Sh. Kutdusova va boshkalar korreksion-rivojlantiruvchi ishlar
olib borishmoqda.Ushbu defektologlarning olib borilayotgan ilmiy ishlar natijasida
bolalar ham, xuddi sog‘lom tengqurlari kabi, ijtimoiy shaxs bo‘lib еtishishlari
uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanliklari hamda ulardagi mavjud kuchli
imkoniyatlarni ishga solish nutqni rivojlantirish asosida amalga oshirilishi
lozimligi isbotlandi. Bolalarning nutqni egallab borishlari sari ularda ijtimoiy
(hayotiy) malakalarning shakllanishiga oid imkoniyatlar kengayib boraveradi.
Aniqrog‘i, faoliyat asosida rivojlantiriluvchi nutq ijtimoiy me’yorlarni
egallashning zaruriy shartidir. Ushbu jarayonning jadallashuviga xizmat qiluvchi
omillardan biri bolalar nutqini ilk, maktabgacha yoshda bo‘lgan davrda
shakllantirish sanaladi. Koxlear implantantli bolalar ta’lim-tarbiyasi jarayonini
takomillashtirish orqali ularning ijtimoiy moslashuvlari darajasini ko‘tarishning
yo‘l va vositalari asoslab berildi. Koxlear implantantli koxlear implantli chik
yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning mazmuni kuyidagilardan iborat: bolaning eshitish idrokini rivojlantirish;lug‘at zahirasini va
grammatik tuzumini shakllantirish;tovushlarni talaffuz qilish ko‘nikmalari va
og‘zaki nutqni rivojlantirish;o‘qish malakalarini rivojlantirish;eng oddiy
matematik tasavvurlarni shakllantirish;atrof olam haqidagi tasavvurlarni, umumiy
kognitiv malakalarni hosil qilish, diqqatni rivojlantirish; yirik va mayda motorikani
rivojlantirish.Mashg‘ulotlarning mazmuni, maqsadi, mavzuyi qanday bo‘lishidan
qat’i nazar, mutaxassis bola bilan ishlashda bir qator umumiy qoidalarga rioya
qilishi shart.
Birinchidan, mutaxassisning nutqi bevosita bolaning o‘ziga qaratilgan
bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, so‘zlar va iboralar tabiiy holda, his-tuyg‘u bilan,
artikulyatsiyani bo‘rttirmay turib va tabiiy jonli imo-ishora bilan talaffuz qilinishi
kerak. Uchinchidan, agar bola o‘ziga qaratilgan nutqni tushunmasa, nutqda qisqa
qisqa iboralarni qo‘llash hamda ularni har kuni muayyan vaziyatlarda 2-3 marta
takrorlab turish lozim. Xar bir implantantli bola uchun individual ish dasturi tuzish
lozim. Korreksion-reabilitatsion ish o‘z ichiga bir qancha yo‘nalishni qamrab oladi,
bola bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar strukturasi va maqsadi shunga qarab
belgilanadi.
1. Ta’limiy maqsad: bolalarda ta’limiy dastur hajmidagi nazariy bilim va
amaliy ko‘nikmalar hamda nutqiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish.
2. Tarbiyaviy maqsad: bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash, ularning
shaxsiy va axloqiy sifatlarini shakllantirish, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topa
olishlariga imkon beruvchi ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: koxlear implantli bolalarda nutqiy va ijodiy
faollikni, mustaqillik va erkoxlear implantli nlikni shakllantirish.
4. Korreksion maqsad: koxlear implantli bolaning birlamchi nuqsoni
natijasida yuzaga keluvchi ikkilamchi nuqsonni hisobga olib, tabaqalangan holda
yondashgan holda ularning sifatli korreksion ta’lim olishlarini ta’minlash Biroq shuni ham yodda tutish lozimki , har bir bola uchun ushbu muammo
individual ravishda hal etilishi kerak, shuning uchun har bitta bolaga individual
dastur tuzish lozim. Korreksion-reabilitatsion ish o‘z ichiga bir qancha yo‘nalishni
qamrab oladi, bola bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar strukturasi shunga qarab
belgilanadi.Eshitish qobiliyatining buzilishi ham bola nutqining me’yorda
rivojlanishiga, uning ijtimoiy hayotga uyg‘unlashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Eshitish kamchiligini erta aniqlash va tashxis qilish, uni qayta tiklash, bunday
bolalarga pedagogik yordam ko‘rsatish logopedni, surdopedagog va ota-onalarning
vazifasiga qiradi. Ushbu defektologlarning olib borayotgan reabilitatsiya natijasida
bolalar ham, xuddi sog‘lom tengqurlari kabi, ijtimoiy shaxs bo‘lib еtishishlari
uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanliklari hamda ulardagi mavjud kuchli
imkoniyatlarni ishga solish nutqni rivojlantirish asosida amalga oshirilishi
lozimligi isbotlandi. Bolalarning nutqni egallab borishlari sari ularda ijtimoiy
(hayotiy) malakalarning shakllanishiga oid imkoniyatlar kengayib boraveradi.
Aniqrog‘i, faoliyat asosida rivojlantiriluvchi nutq ijtimoiy me’yorlarni
egallashning zaruriy shartidir. Ushbu jarayonning jadallashuviga xizmat qiluvchi
omillardan biri bolalar nutqini ilk, maktabgacha yoshda bo‘lgan davrda
shakllantirish sanaladi. Koxlear implantantli bolalar ta’lim-tarbiyasi jarayonini
takomillashtirish orqali ularning ijtimoiy moslashuvlari darajasini ko‘tarishning
yo‘l va vositalari asoslab berildi.Maxsus ta’lim sohasida koxlear implantantli
bolalar ta’lim-tarbiyasi jarayonida nutqini rivojlantirish masalalari ilmiy-nazariy
jihatdan chuqur o‘rganilmaganligi bois ilmiy jihatdan asoslangan erta abilitatsiya
va korreksion-rivojlantiruvchi pedagogik tizimni yaratishni dolzarb masala
hisoblanadi.Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola reabilitatsiya jarayoniga qancha erta
jalb qilinsa, uning ijtimoiy moslashuvi shuncha tez kechadi. I.V.Koroleva ushbu
kategoriyaga mansub bolalarning ota-onalariga o‘z vaqtida psixologik yordam
berish muhim ekanligini ta’kiddlaydi. Agar ota-onalarga psixologik to‘siqlarni
еngib o‘tishga amaliy yordam berilsa, agar ular farzandlariga tibbiy yordam bilan
bir qatorda korreksion-rivojlantiruvchi yordam kerakligini o‘z vaqtida anglab
еtishsa, bu bolaning nutqni tushunish, nutq orqali muloqotga kirishish ko‘nikmalari erta shakllanadi. Bu o‘rinda kar bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyasining
o‘tkazilishi o‘ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi va bu muammolarni hal
qilishda avvalam bor ota-onalarning zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.
Koxlear implantatsiya muammolari bilan chuqur shug‘ullanib kelayotgan olima
I.V.Korolevaning ta’kidlashicha, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim
tarbiyasi uning oilasi bilan birgalikda uzviy ravishda olib borilishi lozim. Buning
uchun ota-onalar avvalam bor koxlear implantatsiyali bolalar bilan olib boriladigan
korreksion ishlarning tuzilishi, maqsadi, vazifalari haqida ma’lumotga ega
bo‘lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishlar koxlear implantatsiya bilan
bog‘liq operatsiya o‘tkazilishidan oldin boshlanishi kurak. Bunda ota-onalar va
yaqin qarindoshlarga avvalam bor implantatsiya bu jarrohlik aralashuvi ekanligini
tushuntirish, implantatsiyaning funksiyasi haqida, koxlear implantatsiya moslamasi
hamda uni ishlash prinsipi haqida to‘liq ma’lumot berish kerak. Bundan tashqari,
koxlear implantatsiyadan so‘ng nutq eshituv reabilitatsiyasining quyidagi shart
sharoitlarini muhokama etish muhim:Bola surdopedagog, logoped zarur bo‘lsa
psixolog bilan doimiy ravishda shug‘ullanish imkoniyatiga egami?Bolaga qanday
nutqiy muhit sharoitini tashkil etgan ma’qul? (surdopedogogik yokoxlear implantli
ommaviy bog‘chaga borishi).; Ota-ona o‘z bolasining nutqi va eshitishini
rivojlantirish ustida doimiy ravishda ish olib bora oladimi? Bu borada bilim va
tajribaga egami hamda maxsus yordam berishga qodirmi? Ota-onalarga bola bilan
uyda shug‘ullanishga yordam beruvchi qanday adabiyotlar tavsiya etish mumkin?
Koxlear implantatsiya protsessori yoqilganidan so‘ng hamda keyingi
reabilitatsiya davri vaqtida bolaning xulqida o‘zgarishlar kuzatilishiga ota-ona va
yaqinlarini tayyorlash lozim. Boshida bola tovushlarga e’tibor bermasligi, o‘jar
bo‘lib qolishi, tez toliqib qolishi mumkinligi haqida ota-onalarni ogoxlantirish
kerak. Ba’zi hollarda bolaning ota-onasiga - metodik maslahatlar berish bilan bir
qatorda konkret misollar ham keltirish katta samra berishi mumkin. Masalan,
I.V.Koroleva bu borada koxlear implantanli farzandi bo‘lgan va boshlang‘ich
bosqichdan o‘tgan boshqa bir ota-onaning o‘z farzandi bilan muloqotini video
tasmalarda ko‘rsatish va tahlil qilish katta yordam berishini aytib o‘tgan. Shuningdek, I.V.Koroleva korreksion-reabilitatsion ishda ota-onalarning bolada
nutqiy idrokni rivojlantirish hamda talaffuzga o‘rgatishning maxsus usul va
vositalarini egallashlariga katta e’tibor qaratadi. Ota-onalar bolaning eshituv
qoldig‘ini rivojlantirish, nutqning talaffuz tomonini shakllantirish bo‘yicha ishlarni
yaxshi olib bora olishlari kerak. Ota-onalarga ushbu qiyinchiliklarni еngib o‘tishga
yordam berishda shifokor, logoped, surdopedagog, psixologlar quyidagilarni
amalga oshirishi lozim:
- ota-onalarga eshitish nuqsonini davolashga qaratilgan vositalar haqida,
yo‘qotilgan eshituvni eshitish apparati yoki koxlear implantatsiya yordamida
kompensatsiyalashning zamonaviy imkoniyatlari haqida maksimal ma’lumotlar
berish;
- bolani atrofidagi odamlarni tushunish va eshitish imkoniyatini
chegaralanganligini inobatga olgan xolda ota-onani u bilan muloqot qilishga
o‘rgatish;
- ota-onalarni bola bilan mustaqil va tizimli ravishda shug‘ullanishga
o‘rgatish;
- erta eshituv protezlarining muhimligini aniqlashtirish, koxlear implantli
bola ijtimoiy adaptatsiyani kuchaytirish va ish qobiliyatlarini nazorat etishga
o‘rgatish;
- ota-onalarga bola bilan olib boriladigan surdopedagogning mashg‘ulotlari
va o‘zlarining mashg‘ulotlari, koxlear implantatsiyadan foydalanish natijalari
darrov ko‘rinmasligi, ularning sabrli bo‘lishlari lozimligini tushuntirish kerak;
- ota-onalarga shunday muammosi bo‘lgan, bolasi bilan faol shug‘ullangan,
maslahatlari bilan qo‘llab quvvatlay oladigan boshqa ota-onalar bilan muloqot
qilish imkonini yaratish, buning uchun bunday farzandi bor ota-onalar markazini
tashkil qilish lozim;
- ota-onalarni o‘z bolasini qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish, uning
har bitta, xatto eng kichik yutug‘idan ham xursand bo‘lishga da’vat etish kerak.
I.V.Koroleva qo‘llanmalarida koxlear implantatsiyali bolalarning nutqi va
eshitishini uy sharoitida rivojlantirish bo‘yicha batafsil tavsiyalar berilgan. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishda ko‘rgazmalilikka rioya qilish juda
muhim, zero yuz marta eshitgandan, bar marta ko‘rgan yaxshiroq. Bunday hollarda
ular surdopedagog, logoped, psixologga shaxsan murojat eta oladilar, u esa bola
bilan o‘tiladigan mashqlarni tushuntiradi, kerak bo‘lsa ko‘rsatib beradi.Ota-onalar
bilan ishlashning turlicha shakllaridan: maslahat-konsultatsiyalar (pedagoglarning
guruh va yakka tartibdagi maslahatlari), anonim muloqot, ma’rifiy (trening,
ma’ruza, davra suhbatlari, mavzuga oid muhokamalar) va amaliy tadbirlardan
(ochiq mashg‘ulotlar, bayram tadbirlari, bolalar bilan hamkorlikdagi faoliyat)
foydalangan holda ish olib boriladi. Ularda asosiy e’tibor uy sharoitida bolalar
bilan olib borilishi lozim bo‘lgan korreksion-rivojlantiruvchi ish tizimining yoritib
berilishiga qaratiladi.
Ota-onalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokiga ham alohida
ahamiyat berilib, ularning uy sharoitida farzandlarining nutqini rivojlantirishni
nazarda tutuvchi tavsiyalar tayyorlandi.
Koxlear implantli bolalarning nutqiy rivojlanish bosqichi eng sodda
og‘zaki nutq asosida amalga oshirildi:
a) so‘zlovchilar o‘rtasida taqsimlangan savol-javob orqali;
b) vaziyatning mavjudligi;
v) me’yorida eshituvchi shaxslar nutqining ohangdorligini ta’minlovchi
ovoz toni va imo-ishoralar orqali;
g) bayon etishni еngillashtiruvchi – to‘liqsiz gap shaklining mavjudligi.
Sanab o‘tilgan sharoitlarning mavjudligi koxlear implantli bola nutqining
takomillashishiga imkon yaratadi. Koxlear implantli bolaning bunday sharoitda
ishtirok etishi, bir tomondan, ehtiyojlarini qondirishi uchun imkon bersa, ikkinchi
tomondan, keyinchalik yuzaga keluvchi nisbatan kuchliroq talablarini qondirish
uchun zarur bo‘lgan nutqning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishda ko‘rgazmalilikka rioya qilish juda
muhim, zero yuz marta eshitgandan, bar marta ko‘rgan yaxshiroq. Bunday hollarda
ular surdopedagog, logoped, psixologga shaxsan murojat eta oladilar, u esa bola
bilan o‘tiladigan mashqlarni tushuntiradi, kerak bo‘lsa ko‘rsatib beradi.Ota-onalar
bilan ishlashning turlicha shakllaridan: maslahat-konsultatsiyalar (pedagoglarning
guruh va yakka tartibdagi maslahatlari), anonim muloqot, ma’rifiy (trening,
ma’ruza, davra suhbatlari, mavzuga oid muhokamalar) va amaliy tadbirlardan
(ochiq mashg‘ulotlar, bayram tadbirlari, bolalar bilan hamkorlikdagi faoliyat)
foydalangan holda ish olib boriladi. Ularda asosiy e’tibor uy sharoitida bolalar
bilan olib borilishi lozim bo‘lgan korreksion-rivojlantiruvchi ish tizimining yoritib
berilishiga qaratiladi.
Ota-onalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokiga ham alohida
ahamiyat berilib, ularning uy sharoitida farzandlarining nutqini rivojlantirishni
nazarda tutuvchi tavsiyalar tayyorlandi.
Koxlear implantli bolalarning nutqiy rivojlanish bosqichi eng sodda
og‘zaki nutq asosida amalga oshirildi:
a) so‘zlovchilar o‘rtasida taqsimlangan savol-javob orqali;
b) vaziyatning mavjudligi;
v) me’yorida eshituvchi shaxslar nutqining ohangdorligini ta’minlovchi
ovoz toni va imo-ishoralar orqali;
g) bayon etishni еngillashtiruvchi – to‘liqsiz gap shaklining mavjudligi.
Sanab o‘tilgan sharoitlarning mavjudligi koxlear implantli bola nutqining
takomillashishiga imkon yaratadi. Koxlear implantli bolaning bunday sharoitda
ishtirok etishi, bir tomondan, ehtiyojlarini qondirishi uchun imkon bersa, ikkinchi
tomondan, keyinchalik yuzaga keluvchi nisbatan kuchliroq talablarini qondirish
uchun zarur bo‘lgan nutqning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Barcha maxsus maktablarda “Oila-mahalla-maktab” markazlari tashkil etilishi, ularda o‘quvchilar va ularning oilalari haqidagi zarur
ma’lumotlar to‘planishi lozim. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan farzandlar tarbiyasida
oila, maktab va mahalla hamkorligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki bolaning asosiy
vaqti oila davrasida o‘tsa, maktabda ustozlardan ta’lim-tarbiya oladi, mahallada
istiqomat qiladi. Oila a’zolari, ya’ni ota-ona, buvi-bobo va aka-opalar o‘rtasidagi
munosabatlar eshitishda nuqsoni bo‘lganbolaga o‘z ijobiy yoki salbiy ta’sirini
o‘tkazadi. Shunday ekan, eshitishda nuqsoni bo‘lganbolani tarbiyalashda ota
ona tomonidan bir xil talab qo‘yilsa, unda ikkilanish bo‘lmaydi.
Mamlakatimizda bolalar va yoshlarning qonuniy manfaatlarini taminlash
bo‘yicha barqaror tizim yaratildi.. Mamlakatimizda bolalar millati, yoshi,
jinsidan qatiy nazar barcha huquqlarda tengdir. Fuqarolik jamiyatining muhim
institutlaridan bo‘lgan mahalla tizimida eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarni
tarbiyalashda «Oila-maktab-mahalla» konsepsiyasini hayotga tatbiq etish,
eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish,
ularning maktabda olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni
mustahkamlash,nuqsonlarini konpensatsiyalash ,korreksiyalash , kasbga
yo‘naltirish hamda mustuqil hayotga tayyorlashda samarali natijalarga erishish
eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarni tarbiyalashda maktab,oila va mahalla
hamkorligi modeli bo‘yicha ish olib borish bilan asoslanadi. Oila, mahalla, maktab hamkorligi" konsepsiyasida oilani tarbiya
jarayonidagi roliga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda 2012 yil "
Mustahkai oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada
kuchaytiradi.Shuningdek,O‘zbekiston Respublikasining "Talim to‘g‘risida"gi
qonunining 30-modadsida "Voyaga еtmagan bolalarning ota-onalari yoki
qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya
qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasb-hunar talimi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab
qo‘yilgan."Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 3.2 bandida esa talim
oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish
borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga
alohida e’tibor berilgan. Bu oila, maktab, mahalla hamkorligini bugungi
kunning manaviy, marifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini
bildiradi. Yosh avlodni manaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy
milliy, madaniy, tarixiy ananalariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy
qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning
ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har
tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini taminlash; umumiy hamda milliy
pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy
mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, maktab ham
korligi" konsepsiyasining asosiy maqsadidir.O‘zbekistonda ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" yo‘nalishidagi eshitishda
nuqsoni bo‘lgan bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy
vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi.
Jamiyatning rivojlanish darajasi ko‘p jihatdan nogironlarga bo‘lgan munosabat
bilan belgilanadi eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalashda oila
va mahalla hamkorligi muammolarini o‘rnanish maqsadida ijtimoiy
so‘rovnoma tuzildi. Ijtimoiy so‘rovnoma ishtirokchilari mahalla oqsoqollari
va faollarining , sog‘lom bolalar ota-onalarining nogironlarga turli tomondan. munosabati, eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga ijtimoiy-pedagogik
jihatdan munosabati, eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kaysi ta’lim
muassasalarida ta’lim olishi kerakligi, eshitishda nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilarning hamma bilan birgalikda ta’lim-tarbiya olishiga munosabati
o‘rganildi. Ijtimoiy so‘rovnoma javoblari asosida oilalar ijtimoiy
tavsifnomasi va ota-onalarning defektolog mutaxassislar bilan to‘laqonli
hamkorlikka tayyorlik darajasi tahlili ota-onalarning defektologlar bilan
hamkorlikka qiziqish variantlarini aniqlash imkonini berdi. Hamkorlikning eng
faol holatidan to‘lik, befarqlik va hatto rad qilish darajasigacha bo‘lgan
ko‘rinishlar mavjud. Korreksiya-tuzatish ishlarini olib borishda normal va
qoniqarli oilalarda unumli hamkorlik namoyon bo‘ldi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lganfarzandi bor oiladagi bola bilan ota-ona
munosabati o‘ta muhim va murakkab muammo. bolalarning ijtimoiy
muvofiqlashuvi ota-ona (birinchi navbatda onaning) tarbiyasiga, muomalasiga
bog‘lik,.
Bolalarning yoshligidagi bilim faoliyatida sodir bo‘lgan
еtishmovchiliklar o‘z navbatida rivojlanishda ortda kolgan bolaning o‘z ota
onasi bilan yaxshi o‘zaro munosabatda bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shaxslararo
muloqot usullarini shakllantirishni qiyinlashtiradi, ehtirosli o‘sishini to‘xtatib
qo‘yadi. L.V.Vigotskiy ta’kidlab o‘tganidek, aklan zaif bo‘lgan bolalarning
tashqi muhit bilan bo‘lgan salbiy munosabati asosiy kasallikni kuchaytirishi
mumkin. Shuning uchun aqlan zaif bo‘lgan bolaning tashqi muhit bilan
munosabati uning shaxsiy rivojlanishida muxim omil bulib hisoblanadi. Demak,
eshitishda nuqsoni bo‘lganbolaning ijtimoiy moslashuvida oilaning roli
benihoya katta.
O‘tkazilgan amaliy tadqiqotlar shu narsaga ishonch bildiryaptiki, eshitishda
nuqsoni bo‘lganbolalar ota-onalar uchun maktab va mahalla hamkorligidagi
pedagogik yordam usullarini ishlab chiqish kerak. Mazkur usullar o‘z navbatida
ota-onalarning ehtirosini
mo‘’tadillashtirish, kasal bolaning to‘g‘ri
tushunishlarini, o‘z-o‘ziga tasalli berish, bolaga ijobiy tarzda yondashish imkonini beradi Barcha maxsus maktablarda “Oila-mahalla-maktab” markazlari
tashkil etilishi, ularda o‘quvchilar va ularning oilalari haqidagi zarur
ma’lumotlar to‘planishi lozim. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan farzandlar tarbiyasida
oila, maktab va mahalla hamkorligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki bolaning asosiy
vaqti oila davrasida o‘tsa, maktabda ustozlardan ta’lim-tarbiya oladi, mahallada
istiqomat qiladi. Oila a’zolari, ya’ni ota-ona, buvi-bobo va aka-opalar o‘rtasidagi
munosabatlar eshitishda nuqsoni bo‘lganbolaga o‘z ijobiy yoki salbiy ta’sirini
o‘tkazadi. Shunday ekan, eshitishda nuqsoni bo‘lganbolani tarbiyalashda ota
ona tomonidan bir xil talab qo‘yilsa, unda ikkilanish bo‘lmaydi.
Mamlakatimizda bolalar va yoshlarning qonuniy manfaatlarini taminlash
bo‘yicha barqaror tizim yaratildi.. Mamlakatimizda bolalar millati, yoshi,
jinsidan qatiy nazar barcha huquqlarda tengdir. Fuqarolik jamiyatining muhim
institutlaridan bo‘lgan mahalla tizimida eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarni
tarbiyalashda «Oila-maktab-mahalla» konsepsiyasini hayotga tatbiq etish,
eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish,
ularning maktabda olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni
mustahkamlash,nuqsonlarini konpensatsiyalash ,korreksiyalash , kasbga
yo‘naltirish hamda mustuqil hayotga tayyorlashda samarali natijalarga erishish
eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarni tarbiyalashda maktab,oila va mahalla
hamkorligi modeli bo‘yicha ish olib borish bilan asoslanadi.
Xulq-atvor yo'nalishi doirasida ota-onalar, bir tomondan, bola o'sadigan va rivojlanadigan muhitning elementlari, boshqa tomondan, bolaning xulq-atvorini shakllantiradigan sotsializatsiya agentlari sifatida qaraladi. Demak, A. Bandura nuqtai nazaridan, ota-onaning xatti-harakati bolaning o'zinikini shakllantirishga urinishiga namuna bo’lib xizmat qiladi. Rus psixolog olimlarining bolalar va otaonalar o'rtasidagi munosabatlarga bag'ishlangan ishlari quyidagilarga asoslanadi: 1) L.S. Vygotskiyning madaniy-tarixiy yondashuvi. bu erda bola va kattalar o'rtasidagi munosabatlar dunyoni o'zlashtirish vositasi bo'lib xizmat qiladi, buning natijasida har birining shaxsiy shakllanishi va rivojlanishi amalga oshiriladi; 2) faollik yondashuvi, ularning vakillari A.N. Leontiev, A.V. Petrovskiy, S.L. Rubinshteyn, bola va ota-ona munosabatlari faoliyatda namoyon bo'ladi, shakllanadi va o'zgaradi; 3) shaxsga yo'naltirilgan yondashuv N.N. Avdeeva va N.I. Ganoshenko, bu erda bola dastlab ta'lim sub'ekti va ushbu munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisi sifatida qabul qilinadi; tizimli yondashuv, uning doirasida A.Ya. Varga, A.S. Spivakovskaya, E.G. Eidemiller, V.V. Justickis va boshqalar, ularga ko'ra oila uning tarkibiy elementlari o'rtasidagi o'ziga xos aloqalar bilan tavsiflangan tuzilma sifatida ishlaydi. A.I. Barkan, A.A. Bodalev, V.I. Garbuzov o'z asarlarida buzg'unchi ota-ona va bola munosabatlarining bolaning shaxsiyatini shakllantirishga salbiy ta'sirini qaytaqayta ta'kidlaydi. O.A.Karabanova bola-ota munosabatlarini quyidagi parametrlar bilan tavsiflaydi: - hissiy aloqaning tabiati: ota-ona va bolaning bir-biriga nisbatan tomondan; -tarbiya va ota-onalik motivlari; - ota-ona va bolaning bola-ota-ona munosabatlarida ishtirok etish darajasi; - bolaning ehtiyojlarini qondirish, ota-onadan g'amxo'rlik va e'tiborning namoyon bo'lishi; - bola bilan muloqot va o‘zaro munosabat uslubi; - muammoli va ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish yo'llari; - ijtimoiy nazorat: talablar va taqiqlar mazmuni; -oilaviy tarbiyaning barqarorligi va izchillik darajasi. Gumanistik tushunchalar ota-onalarning psixologik madaniyatini bolaning shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan omil sifatida hisobga olishga qaratilgan. K. Rojers farzandi bor ota-ona uchun chuqur empatik tushunish bilan ajralib turadigan “yordamchi munosabatlar” o‘rnatishi va shu tariqa bolalarning qadriyatlari va e’tiqodlariga ta’sir ko‘rsatishi muhim deb hisoblagan.1 Tadqiqotchilar ota-onalarning bolalarga bo'lgan buzg'unchi munosabati ularning bolalarning shaxsiy xususiyatlarini, qadriyatlarini, munosabatlarini noto'g'ri idrok etishlari natijasidir, deb hisoblashadi. A.A.Bodalevning fikricha, ota-onalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari, birinchi navbatda, ota-onaning bolaga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi. Chunki, muallifning fikriga ko'ra, bola ota-ona munosabatlarining determinantlarini o'ynaydigan jarayonlarning sub'ekti emas.2 Bola-ota-ona munosabatlarining integrativ ko'rsatkichlari sifatida bir qator mualliflar, masalan, A.Ya. Varga, A.I. Zaxaro, A.S, Spivakovskaya, V.V. Stolin ko'rib chiqaylik: "ota-ona munosabati", "ota-ona munosabati", "ota-onaning pozitsiyasi", "ta'lim uslubi". A.Ya.Varganing asarlari va V.V. Stolin ota-ona munosabati fenomenini o'rganishga katta hissa qo'shdi. Mualliflar ota-onalar o'rtasidagi munosabatlarni bolaga nisbatan turli xil his-tuyg'ularning ajralmas tizimi, u bilan muloqot qilishda qo'llaniladigan xatti-harakatlar stereotiplari, bolaning fe'l-atvorini, uning harakatlarini idrok etish va tushunish xususiyatlarini belgilaydilar. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, ota-onalarning munosabatiga bir qator omillar ta'sir qiladi, ular orasida ular: ota-onaning ham, bolaning ham shaxsiy xususiyatlari, oila ichidagi munosabatlarning xususiyatlari, hayotiy qadriyatlar va munosabatlar, shuningdek, ijtimoiy-madaniy omillar. umumiy. A.Ya. Varganing soʻzlariga koʻra, ota-ona munosabatlarining tuzilishi uchta o'zaro ta'sir qiluvchi komponentdan iborat:
hissiy komponent- hissiy aloqaning tabiati va ota-ona va bolaning munosabatlarida ishtirok etish darajasida ifodalangan; 2) kognitiv komponent - bu ta'lim motivlari, shuningdek, bola bilan muloqot qilish va o'zaro munosabat uslublari haqidagi g'oyalarni o'z ichiga oladi; 3) xulq-atvor komponenti bolaga ta'sir qilish usullari va shakllarida va ota-ona mavqeining namoyon bo'lish xususiyatlarida namoyon bo'ladi. Shundan kelib chiqib, biz ota-onaning pozitsiyasi adekvatlik, moslashuvchanlik va bashorat qilish talablariga qanchalik mos kelishiga qarab, uning optimalligini baholash mumkin degan xulosaga keldik. Xulosa Ota-onalarning munosabatiga kelsak, L.A. Sirvacheva, ular ota-ona pozitsiyalariga qaraganda kamroq onglidir va qoida tariqasida, oilada an'anaviy tarzda o'rnatilgan o'zaro munosabatlar naqshlariga asoslanadi va shunga mos ravishda tuzatish qiyin. Ya'ni, munosabat ota-onaning oilasida shakllangan o'zaro munosabatlar modellariga asoslangan shablonning bir turidir.
|
| |