|
Mundarija: I bob. Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedegogik asoslari
|
bet | 1/2 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 91,29 Kb. | | #129366 |
Bog'liq Metodika (1)
Informatika va axborot texnologiyalari darslari orqali oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish usullari va metodikasi.
Mundarija:
I Bob. Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedegogik asoslari
I.I O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish ishlarining tizimi va bosqichlar
I.IIUmumiy o’rta ta`limda kasbga yo’naltirish ishlarining tuzilmasi va mazmuni
I.III. Ta`lim jarayoni kasbiy yo’nalganligini ta`minlash
II Bob Informatika va axborot texnologiyalari darslari orqali o’quvchilarni kasbga yo’naltirish
II.I INFORMATIKA FANLARINI KASBGA YO‘NALTIRISH
II.II o’quvchilarini kasbga yo’naltirish va mutaxassislik kasbiga oid bilimlarini informatika va axborot texnologiyalari fani asosida rivojlantirishning nazariy asoslari
II.III O’quvchilarga kasbga yo’naltirishni o’rgatish mazmuni va unga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash
II.IV “Informatika va axborot texnologiyalari” amaliy mashg’ulotlarini kasbga yo’naltirib o’tkazish metodikasi
1-bob
Amaliy va ijtimoiy sheriklik tomonlari sifatida, fan va ishlab chiqarishning ishtiroki bilan kasb-hunar ta`limi hamda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish strategiyasining asosiy yo’nalishlari kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan.
Biroq, kasb-hunar ta`limiga ijtimoiy sheriklarni jalb qilishning real mexanizmi hali ishlab chiqilmagan. Ish beruvchilar bilan hunar ta`limi tizimi boshqaruv organlari o’rtasidagi o’zaro munosabat davlat darajasida qonun yo’li bilan mustahkamlangan. Tadbirkorlar, ayniqsa kichik korxonalar avvalo bozorda o’zlarining tovarlarini raqobatbardoshligini oshirishga intilmoqdalar. Ular kadrlar tayyorlashda ishtirok etishdan manfaatdor emaslar, sababi ular asosan davlat ta`lim tizimidan tayyor xodimlarni oladilar.
Bundan tashqari ko’pchilik korxonalar o’zlarining xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun etarli mablag`ga ega emaslar.
To’lov asosida, ya`ni buyurtmachi kadrlar tayyorlashga to’la yoki qisman pul to’lashi ko’zda tutiladigan shartnomalar tuzish hali keng tarqalmagan.
SHunday qilib, ishlab chiqaruvchilarni kadrlar tayyorlash ishiga jalb qilishni sekinlatadigan sabablardan biri, bu masala bo’yicha me`yoriy-qonuniy bazaning mavjud emasligi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlashga mablag` sarflaydigan korxonalar uchun soliq to’lashdagi mavjud imtiyozlar kam samaralidir.
Kadrlar tayyorlashning tashkiliy jihatdan ta`minlanishi quyidagi asosiy yo’nalishlarni qamrab oladi:
- me`yoriy-qonuniy;
- moddiy-texnik;
- o’quv-metodik;
- kadrlar.
Me`yoriy-qonuniy ta`minlash kasb-hunar ta`limi faoliyat ko’rsatishining asosiy negizi hisoblanadi. Islohot davrida bu yo’nalish hammasidan ko’ra ko’proq qayta ko’rib chiqishga va o’zgartirishlarga duchor bo’lgan. SHu bilan birga, davr talabiga mos keladigan, muvaffaqiyatli qonunlar islohotlari nisbatan bazalar va muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi. O’zbekistonda kasb-hunar ta`limini tashkil etishning tartibga soluvchi asosiy qonuniy hujjatlar ishlab chiqilgan.
O’quv-moddiy baza. Kasb-hunar ta`limining o’quv-moddiy bazasi avvalo ta`lim muassasalari tarmoqlarini o’z ichiga oladi. 1997 yilning oxirida respublikada xalq ta`limi Vazirligiga qarashli 442 ta hunar-texnika o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatgan.
1998 yil mart oyidan ushbu o’quv yurtlari o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Markazi boshqaruviga berildi. Bugungi kunga kelib, mavjud o’quv yurtlari negizida 35 ta yangi turdagi o’quv yurtlari tashkil etildi, shu jumladan 22 ta kasb-hunar kollejlari va 13 akademik litseylar. Respublikada 2005-2006 o’quv yili boshlanishiga 1800 akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini o’z ichiga olgan yangi ta`lim muassasalari tarmog`ini yaratish vazifasi qo’yilgan. Ularda 618200 o’quvchi o’rniga ega bo’lgan 925 ob`ektlar yangi qurilish yo’li bilan barpo etiladi.
O’quv-metodik ta`minlanishi. Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng shu bugungacha ta`lim tizimining barcha zvenolarida o’quv dasturlari va darslarni isloh qilish bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. Ko’pgina gumanitar fanlar va iqtisodiy fanlarning ta`lim mazmuni qayta ko’rib chiqildi.
Kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarga tadbirkorlik sohasidagi bilimlarni singdirish maqsadida 90 soatlik dastur bo’yicha “Bozor iqtisodiyoti asoslari va ishlab chiqarishni tashkil etish” nomli yangi o’quv predmeti kiritildi. SHuningdek, o’quv rejalari va dasturlar ishlab chiqildi, nashr etildi va ular asosida “menejer yordamchisi”, “referent”, “kichik va xususiy biznes uchun xisobchi” va shu kabi yangi ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlash boshlandi..
O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limini boshqarish va nazorati respublika qonunlari belgilangan vakolat doirasida faoliyat ko’rsatuvchi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday organlarga quyidagilar kiradi:
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi;
- Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar mahkamasi;
- O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi;
- O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi;
- Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi;
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari;
- Xalq ta`limi hududiy boshqarmalari;
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi xududiy boshqarmalari.
Uzluksiz ta`lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta`lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta`lim standartlari asosida turli darajalardagi ta`lim dasturlarining izchilligi asosida ta`minlanadi va quyidagi ta`lim turlarini o’z ichiga oladi:
maktabgacha ta`lim;
umumiy o’rta ta`lim;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi;
oliy ta`lim;
oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim;
kadrlar malkasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta`lim.
Maktab o’quvchilarini kasbga yo’naltirish muammosiga oid e`lon qilingan asarlarning tanqidiy tahlili va ommaviy maktablar tajribasini umumlashtirish asosida o’quvchilarning e`tiborini yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish va ularni kasbga yo’naltirishga doir etarli darajada yaxshi ishlab chiqilmagan bir qancha muammolarga alohida qaratish lozim. Jumladan, mintaqa sharoitlarini, milliy an`analarini hisobga olib o’quvchilarni kasblarga uchun ta`lim muassassining kasbga yo’naltirish bo’yicha kompleks tadbirlarini ishlab chiqish, kasbga yo’naltirish vazifalarini amalga oshirish bilan o’quvchilarning umummehnat va kasbiy tayyorgarligi o’rtasida uzviy aloqadorlikni ta`minlash alohida dolzarblik kasb etadi .
Respublikamizda etarli darajada nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqilmagan bu kabi muammolarni hal qilishda mamlakatimiz mintaqa xususiyatlarini, milliy an`analarini va tarixiy tajribasini hisobga olish lozim bo’ladi. Ikkinchi tomondan esa fan-texnika taraqqiyotining hozirgi talabalari asosida maktab yoshlariga mehnat tarbiyasi berish va ularni ishchi kasblarini egallashga yo’naltirish shakl va metodlarini takomillashtirishning yangi yo’llarini qidirishga to’g`ri keladi.
Kasbga yo’naltirish ishida iqtisodiy muammolar muhim o’rin tutadi. Bular orasida xalq xo’jaligini rivojlantirish va kad muammolari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu masalalarni kasbga yo’naltirish jihatlari bilan o’zaro bog`liq tarzda talabalarning mustaqil mashg`ulotlarida ko’rib chiqishi tavsiya etiladi.
Hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yosh avlodni jamiyat barpo etishda faol qatnashishga tayyorlashi lozim bo’lgan maktabning roli har qachongidan ko’ra o’sdi.
SHu munosabat bilan o’quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy axloqiylikni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash ta`lim va tarbiyaning hamma bosqichlarida hozirgi maktabning vazifalaridir.
Kasbni to’g`ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko’p jihatdan kasbning qanchalik to’g`ri tanlanishiga bog`liq.
Kasbni to’g`ri tanlash har bir maktab o’quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo’lishi uchun uning sog`lig`ini, o’zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko’ra ko’proq qaror topadi va namoyon bo’ladi.
Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo’lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo’r qiziqish bilan qarasa, o’z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o’shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo’ladi, bunday hoolda har bir shaxs jamiyatga eng ko’p naf keltiradi.
Mana shu aytgan gaplardan kasb tanlashning g`oyat muhim ijtimoiy ahamiyati kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam shug`ullanayotgan ishini yaxshi ko’rsa, bundan u xursand bo’ladi, qoniqish hosil qiladi, zo’r tashabbus ko’rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi.
Maktab o’quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo’lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo’lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo’lida shaxsiy mudaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma`lumotli bo’lish zarur, hozirgi asrimizda bunday ma`lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas.
Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirishning bunday imkoniyatlari ob`ektiv zaminga ega bo’lib, voqelikda har kuni amalda oshirilmoqda.
Sanoat tez rivojlanganligi, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish borasida katta qadamlar qo’yilganligi, ilm-fan, texnikani va madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvaffaqiyatlar bir tomondan, yoshlarning qiziqishlariga va qobiliyatlariga muvofiq, ikkinchi tomondan xalq xo’jaligi talab-ehtiyojlariga asosan kasb tanlashlari uchun amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlar yaratdi; umumiy ta`lim maktabida mehnat poletexnika ta`limi sharoitida kasbga yo’naltirish muammosini ijobiy hal qilish uchun barcha shart-sharoitlar vujudga keltirildi.
Kasbga yo’naltirish o’quvchilarga politexnik ma`lumot berish masalalari bilan, kasb tanlash esa muayyan bilim darajasi bilan chambarchas bog`liqdir
YOsh avlodga mehnatga ijodiy munosabatda bo’lishni tarbiyalash muhimdir. Ijodkorlik inson faoliyatiga umuman xos narsadir, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish uchun imkoniyat mavjud bo’ladi, chunki bolalar yoshligidanoq mehnatga qiziqib qoladilar: ular o’z o’yinlarida ota-onalariga, atrof-tevarakdagi kishilarga taqlid qiladilar, ularning mehnat harakatlarini takrorlaydilar. Faoliyatga ana shunda intilish, kattalarning mehnatiga taqlid qilish bolalarga maktabgacha yoshdayoq hammabop mehnat malakalarini singdirish uchun qulay omil bo’lib xizmat qiladi.
Tabiiyki, bularning hammasini tushunarli va obrazli shaklda bolalar ongiga etkazish, bolalarni o’rab turgan va ularga xizmat qilayotgan hamma narsalar odamlarning mehnati bilan vujudga keltirilgan, qo’llar faqat mehnatdagina ―mohir qo’llar‖ga aylanadi, mehnatsiz hech narsani o’rganib bo’lmaydi, degan fikrni singdirishga intilish zarur.
Umumiy ta`lim maktablarida, zavod va fabrikalarda, o’quv yurtlarida kasbga yo’naltirish ishlarini o’tkazish zaruriyatini turmushning o’zi taqozo etmoqda. Bu narsa qayta qurish yangi marralari yil sayin tobora keng avj oldirilayotgandir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: o’quvchi tanlagan kasb og`zaki tushunchagina bo’lib qolmasligi, o’quvchi o’z qobiliyatlarini yangi kasbda sinab ko’rishi, ushbu kasb to’g`risidagi tushunchasi qanchalik to’g`ri ekanini xolisona tekshirib ko’rishi lozim
|
| |