• Rivоjlаntiruvchi mаqsаd
  • Fаnlаrаrо аlоqаdоrligi
  • Dars bosqichlari
  • Zokirova Dilxumor toshloq 2013 Tasdiqlayman: O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari




    Download 1,77 Mb.
    bet1/10
    Sana22.11.2020
    Hajmi1,77 Mb.
    #12759
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


    Zokirova Dilxumor

    TOSHLOQ 2013

    Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
    6- sinf fizika ___.____.2013yil
    Mavzu: MEXANIZMLARDAN FOYDALANISHDA ISHLARNING TENGLIGI.

     

    Darsning maqsadi:

    -oddiy mexanizmlarda bajarilgan ishni hisoblash va solishtirishni o’rganish;

    -masala yechish ko’nikmasini hosil qilish



     Tаrbiyaviy mаqsаd. O’quvchilаrga jismoniy tarbiyani, inson xavfsizligini ta’minlash choralarini o’rgatib, ularda onglilikni tarbiyalash, o’quvchilarni Vatan himoyachilari qilib tarbiyalashda kasbga yo’naltirish.

    Rivоjlаntiruvchi mаqsаd: O’quvchilаrdа ilmiy dalillarni tahlil va sintez qilib xulosa chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish. Ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish, o’quvchilarda texnikaga bo’lgan havas va qiziqishlarini yuksaltirish. Mustaqil bilim olish qobiliyatini rivojlantirish. Masala yechish malakasini qaror toptirish.

    Fаnlаrаrо аlоqаdоrligi: Mаtеmаtikа fаni bilаn fаnlаrаrо аlоqаni аmаlgа оshirish.

    Dars materiallari:

    1. Fizika darsligi.

    2. Oddiy mexanizmlar richag, qiya tekislik, ko'char blok

    3. Doska, bo'r.



     Asosiy tushuncha va atamalar:

    -bajarilgan ish;

    -richag, qiya tekislik, blok, oddiy mexanizmlar;

    -kuch, masofa.

     

    Darsning blok-chizmasi

     



    Dars bosqichlari

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    2 minut

    2

    O'tilganlarm takrorlash

    10 minut

    3

    Yangi mavzu mazmuni ustida ishlash

    15 minut

    4

    Masalalar yechish

    15 minut

    5

    Uyga topshiriqlar

    3 minut

     

    Darsning borishi:

    Oldingi mavzuda o'quvchilar oddiy mexanizmlarning barchasidan asosan kuchdan yutuq olish maqsadida foydalanishni o'rganib oldilar. Lekin bunda bajarilgan ish e'tiborga olinmaydi. Haqiqatan ham quduqdan suvni, domkrat bilan avtomobilni ko'tarish kerak bo'lganda faqat shunga kuch yetarmikan degan savolga javob qidiriladi. Shu sababli takrorlash jarayoni ohirida shu masala muammo tarzida beriladi. Takrorlash uchun beriladigan savollardan namunalar.

    1. Blokda kuchlar qanday yo'nalgan va qanday munosabatda?

    2. Panada kuch kattaligi nimaga bog'liq?

    3. Lebyodkada kuchni cheksiz marta kuchaytirish mumkinmi?

    4. Polispast nima?

     

    Shundan so'ng darslikda keltirilgan usulda qiya tekislik, richag va ko'char blok misolida oddiy mexanizmlarda bajarilgan ishni hisoblash o'rganiladi. Mavzuni mustahkamlash maqsadida masala yechib ko'rsatiladi. O'quvchilar yechadigan masalani doskada an'anaviy usulda yoki guruhlarda ishlah, so'ngra tayyor yechimini doskada namoyish qilish mumkin.

     Yuqorida ko'rilgan barcha mexanizmlar biror ishni bajarishda foydalaniladi. Ularda biz mexanizmlarning kuchdan yutuq berishi haqida gapirib o'tdik. Qiziq, ulardan qaysilari ishdan yutuq berar ekan? Yoki hammasimi?

    Buni qiya tekislik misolida ko'raylik. Qiya tekislik bo'ylab yukni ko'tarishda bo'lishi ko'rsatilgan edi. Bunda yukni ko'tarishda kichik kuch talab qilinishi evaziga ko'p yo'l bosish zarur bo'ladi (1-rasm). Chunki S masofa h dan katta:



    Bundan yukni qaysi yo'l bilan yuqoriga olib chiqmaylik, bajarilgan ishlar teng bo'lishi kelib chiqadi. Demak, qiya tekislik ishdan yutuq bermaydi. Balki richag ishdan yutuq berar? Rasmdan ko'rinadiki, richagning kichik yelkasiga qo'yilgan yukni S2 masofaga siljitish uchun katta yelkaga qo'yilgan F1 kuch S1 masofani o'tishi kerak. Demak, richagda ham kuchdan olinadigan yutuq masofadan yutqazish evaziga bo'lar ekan. Bu holda quyidagicha bo'ladi (2-rasm).





     



    1-rasm



    2-rasm

     

    Bajarilgan ish uchun F1S1 = F2S2 yoki A1 = A2. Richag ham boshqa mexanizm kabi ishdan yutuq bermaydi. Richag qonunini kashf etgandan so'ng juda ruhlanib ketgan Arximed «Menga tayanch nuqtasini bering, men Yerni ko'taraman» deb aytganligi haqida afsona bor. Nazariy jihatdan olganda juda uzun yelkali richag bilan Yer og'irligiga teng kuch hosil qilish mumkin. Lekin richagning kichik yelkali uchi Yerni 1 sm ga ko'targanda, katta yelkali uchi kosmosda shunday katta aylana yoyini o'tishi kerakki, buning uchun Arximed 1 m/s tezlik bilan yursa, million yil kerak bo'lar edi!



    Xuddi shunday yo'l bilan ko'char blok ham ishdan yutuq bermasligini isbotlash mumkin. Bunda yukni h balandlikka ko'tarish uchun blokdan o'tgan arqon uchini 2h masofaga ko'tarish zarur bo'ladi (3-rasm). Ko'char blokda kuchdan 2 marta yutuq olinsa-da, masofadan 2 marta yutqiziladi. Natijada ko'char blok ham ishdan yutuq bermaydi.



    3-rasm

    Shunga o'xshash yo'llar bilan boshqa oddiy mexanizimlar ham ishdan yutuq bermasligini isbotlash mumkin.
    Uyga topshiriqlar. Darslikdan 25-mavzuni o'rganish va masala yechish.

    Masalalar namunalari.



    1. Chig'iriq valining radiusi 6 sm, unga osilgan 150 N yukni 15 N kuch sarf etib ko'tarilgan bo'lsa, chig'iriq dastasining uzunligi qanday bo'lgan?

    2. Pona asosining kengligi 4 sm, chekkasining uzunligi 24 sm. G'o'laning yorig'iga joylashgan shu ponaga 200 N kuch bilan urilsa, pona g'o'lani qanday kuch bilan ajratadi?

    3. Qiya tekislikning balandligi 1,2 m. uzunligi esa 6 m. Massasi 90 kg bo'lgan yukni shu tekislikdan yuqoriga ko'tarish uchun tekislik bo'ylab 225 N kuch kerak bo'ladi. Bajarilgan ishni toping.


    Download 1,77 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zokirova Dilxumor toshloq 2013 Tasdiqlayman: O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

    Download 1,77 Mb.