Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu: MEXANIKANING OLTIN QOIDASI. MEXANIZMNING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI.
Darsning maqsadi:
-o'quvchilarda oddiy mexanizmlarning barchasi ishdan yutuq bermaydi, degan tushunchani shakllantirish;
-mexanizmlarning foydali ish koeffitsiyenti haqida ma'lumot berish.
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Plakat.
3. Namoyish-tajriba uchun ishlatiladigan jihozlar.
Asosiy tushuncha va atamalar:
-umumiy va foydali ish;
-mexanikaning oltin qoidasi;
-foydali ish koeffitsiyenti;
-mexanizmlar konstruksiyalari.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O'tilganlarni "sporl-lotto" o'yini vositasida takrorlash
|
15 minut
|
3
|
Namoyish-tajriba ko'rsatish
|
5 minut
|
4
|
Yangi mavzu mazmuni ustida ishlash
|
20 minut
|
5
|
Uyga topshiriqlar
|
3 minut
|
Darsning borishi:
Darsning tashkiliy qismida o'quvchilar guruhlarga bo'linadi. Bu mavzuda mexanik ish, energiya, quvvat ishlatilishi yakunlanganligidan umumiy takrorlashni "sport-lotto" o'yini shaklida o'tkazish mumkin. O'yinni o'tkazisli usuli I bobda keltirilgan. "Sport-lotto" kartochkalari mexanik ish, energiya va quvvatga doir ta'rif, formula, fizik birlik va shunga doir yozuvlar oldindan tayyorlanadi. Alohida javoblar va savollar kartochkasi yasaladi. G'olib aniqlanganda albatta kartochkaning to'g'ri to'ldirilganligi tekshiriladi. Yangi mavzuni o'rganishdan oldin tajriba-namoyish ko'rsatiladi. Buning uchun qiya tekislikda yukni ko'tarish ko'rsatiladi. O'qituvchi bu tajribani ko'rsatib bo'lganidan so'ng guruhlardagi o'quvchilar mustaqil ravishda o'zlari bajaradilar. Darslikda tajribani bajarish va natijalari yordamida qiya tekislikning foydali ish koeffitsiyentini hisoblash formulasi keltirilgan.
Hisoblashlardan oldin f.i.k. tushunchasi o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi. Darsni mustahkamlash uchun masala yechib ko'rsatiladi.
Masalan:
Og'irligi 4000 N bo'lgan beton plitani 10 sm ga ko'tarish uchun richag ishlatildi. Richagga 1200 N kuch qo'yildi. Richagning ikkinchi uchi 40 sm yo'l o'tdi. Richagning f.i.k. ni toping.
Yuqorida Siz oddiy mexanizmlarning ishdan yutuq bermasligi bilan tanishdingiz. Buni kengroq ma'noda qaralsa, «har qanday oddiy mexanizm kuchdan necha marta yutuq bersa, yo'ldan shuncha marta yutqazadi» degan xulosaga kelinadi. Bunga «mexanikaning oltin qoidasi» deyiladi.
Oldingi mavzuda biror yukni ma'lum balandlikka ko'tarishda mexanizmlarning og'irligini, ulardagi ishqalanishlarni hisobga olmadik. Bularni hisobga olinsa, m massali yukni h balandlikka ko'tarishda Af = mgh ishga nisbatan ancha ko'p ish (Au) bajarish zarurligi kelib chiqadi. Af ish foydali ish deb ataladi. Au — umumiy bajarilgan ish deb atalib, Au = Af + Aq dan tashkil topadi. Aq — ishqalanishlarni yengish, mexanizmning o'zini ham ko'tarish va h.k. larni bajarish bilan bog'liq qo'shimcha ishlar.
Foydali ish (Af)ning umumiy ish (Au)ga nisbati bilan o’lchanadigan kattalik mexanizmning foydali ish koeffitsiyenti deyiladi:
η = Af · 100% / Au
η – foydali ish koeffitsiyenti (qisqa f.i.k.) u foizlarda ifodalanadi. Har qanday mexanizmning F.I.K. 100% dan kam bo'ladi (jadvalga qarang).
Jadval
Ko`char yoki ko`chmas blok
|
94 – 98%
|
Qo`lda aylantiriladigan lebyodka
|
80%
|
Vintli domkrat
|
30 – 40%
|
Richag-vintli domkrat
|
95 – 97%
|
F.I.K. ni oshirish uchun mexanizmning og'irligi, undagi ishqalanishlarni kamaytirishga harakat qilinadi. Konstruksiyalari takomillashtiriladi.
Uyga topshiriqlar. Darslikdan 26-mavzuni o'rganish va − mashqdan misollar ishlash.
|