-issiqlikdan kengayish;
-konveksiya;
-iqlim; nurlanishdan qizish.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzu mazmuni ustida ishlash
|
20 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
10 minut
|
5
|
Uyga topshiriqlar
|
3 minut
|
Darsning borishi:
O'tilgan dars takrorlanganidan so'ng yangi mavzuni faol ma'ruza usulida o'tiladi. Unda vatandoshlarimiz Beruniy, Forobiy va Ibn Sinoning issiqlik hodisalariga doir izlanishlar olib borishgani va bu haqda o'z asarlarida yozib qoldirganliklari aytiladi.
Mavzu mazmuni darslikda keltirilganligi uchun to'xtalib o'tirmaymiz. Ma'ruza orasida ularning aniq bir issiqlik hodisasi haqida aytgan fikri keltirilib, uning nechog'lik to'g'ri ekanligi o'quvchilardan so'rab turiladi.
Darsni mustahkamlash uchun quyidagi savollar munozara uchun berilishi mumkin.
Forobiy haqida yana nimalarni bilasiz?
Beruniy yana qanday sohalarda ijod qilgan?
Ibn Sinoning fizik hodisalarga doir qanday ishlarini eslaysiz?
Munozara jarayonida qiyin zamonlarda ham odamlar ilm-fanga intilganliklari, fanning kichik bir sohasi emas, balki ko'pgina sohalarida kashfiyot qilganliklari aytiladi. Hozirgi kunda dunyoda yuzlab mamlakatlar bo'lsada, ularning hammasidan ham dunyo tan olgan allomalar yetishib chiqmaganligi ta'kidlanib, milliy g'urur hissi uyg'otiladi. Bu bilan o'quvchilarni milliy istiqlol g'oyalarini amalga oshirishlariga zamin hozirlanadi.
Issiqlik hodisalarining tabiati haqida buyuk allomalarimiz Abu Nasr al- Forobiy, Al-Beruniy va Ibn Sino o'z asarlarida tushuntirish berib ketganlar. Jumladan, Forobiyning fikricha, har qanday jismning temperaturasi yuqori yoki past bo'lishi shu jismni tashkil etgan zarrachalarning harakatlariga bog'liqdir. Ibn Sino ham Forobiy kabi konveksiya hodisasini quyidagicha tushuntiradi: qizigan jismlar hajmlarining kengayishi natijasida zichliklari kamayib, yuqoriga intiladi (Arximed kuchi tufayli demoqchi). Sovigan vaqtda esa hajmi kichrayib, zichligi ortishi hisobiga pastga intiladi.
Abu Nasr al-Forobiy (873–950) Sirdaryo bo'yidagi qadimgi O'tror (Forob) shahri yaqinida tug'ilgan. Forobiy fanning juda ko'p sohalarida ijod qilgan. Unga qadar fizika alohida fan sifatida qaralmasdan, tabiiy fanlar tarkibida bo'lgan. Fizikada modda tuzilishi, issiqlik, harakat, tovush, optikaga doir ishlarni bajargan.
|
Jismlarning issiqlikdan kengayishi, sovuqlikdan torayishida suvning alohida xususiyatga ega ekanligiga Beruniy e'tibor bergan. Bu borada Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savolini keltiramiz. «Agar jismlar issiqlik sababli kengaysa va sovuqlik tufayli toraysa va boshqa idishlarning sinishiuning ichidagi narsalar ning kengayishi sababidan bo'lsa-yu, nima uchun ichida suv muzlab qolgan idish yoriladi, sinadi? Nima uchun muz suv yuzida bo'ladi, holbuki muz sovuqlik sababli qotgani uchun Yer tabiatiga (qattiq jismga) yaqinroq edi-ku?» Ibn Sino Beruniyning bu savoliga «Suv muzlagan vaqtda suvda havo bo'laklari qamalib qolib, muzni suv tubiga cho'kishdan saqlab qoladi» – deb javob qaytaradi. Beruniy Ibn Sinoning javoblariga e'tiroz bildirib: «Agar ko'za ichki tomoniga qarab singanda edi, u holda aytilganlar to'g'ri bo'lur edi. Men idish tashqariga qarab sinishini kuzatganman» deydi. Ibn Sino o'z javoblaridagi noaniqliklarni keyinchalik «Qurozai tabbiyot» nomli asarida to'ldirib tuzatadi.
Oldingi mavzuda biz issiqlikning nurlanish tufayli ham uzatilishini, uni qabul qilish yuzaga va uning rangiga bog'liqligini aytib o'tdik. Nurlanish tufayli olinadigan energiya, yuzaga nur tik yoki qiya holda tushganligiga bog'liq. Shunga ko'ra Beruniy va Ibn Sino Yerda iqlimlar o'zgarishi Quyosh nurining Yerga tushish qiyaligi o'zgarishidandir, deb to'g'ri tushuntiradi.
Ibn Sinoning fikricha, tabiatda issiqlik va sovuqlikning tabiiy va sun'iy manbalari bor. Issiqlikning tashqi sababi uchtadir, – deydi. «Birinchisi, issiq jismning sovuq jismga yaqinligi. Masalan, o't-olov suvni isitadi. Ikkinchisi harakat va ishqalanish. Masalan, suvni chayqasang isiydi, toshni toshga ishqalasang isiydi, olov chiqadi. Uchinchisi, yoritilgan har qanday jism yoritilmaganga nisbatan issiqroqdir» deydi. Bunda issiqlikning nurlanish yo'li bilan tarqalishi haqida fikr yuritiladi.
Allomalarimiz, shuningdek, issiqlik tufayli suv bug'lari yuqoriga ko'tarilishi, bulutlarga aylanib, ulardan past temperaturalarda qor, yomg'ir, do'l paydo bo'lishi haqida yozib qoldirganlar.
Uyga topshiriqlar. Darslikdan 37-mavzuni o'qib kelish va savollariga javob tayyorlash.
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu: TEMPERATURA. TERMOMETRLAR. JISM TEMPERATURASINI O'LCHASH.
Darsning maqsadi:
-jismlar va moddalarning temperaturasi ma'nosini tushuntirish;
-temperaturani o'lchaydigan asboblar haqida ma'lumot berish;
-termometr va uning ixtiro qilinishi hamda ishlash tamoyilini o'rganish.
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Iliq, sovuq suv solingan stakanlar.
3. Turli termometrlar.
Asosiy tushuncha va atamalar
- temperatura: temperaturaning quyi chegarasi;
- temperaturani o'lchash;
- termometr;
- issiq, sovuq, iliq.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Laboratoriya ishi
|
20 minut
|
4
|
Yakunlar chiqarish
|
10 minut
|
5
|
Uyga topshiriqlar
|
2 minut
|
Darsning borishi:
Yangi mavzuni o'rganishda jism yoki moddaning temperaturasiga ta'rif berish qiyin ekanligini hisobga olish kerak. Shunga ko'ra umumiy mavzuga o`quvchilarni jalb qilish maqsadida "Bugun havo issiqmi?", "Ertaga havo isirmikan?", "Kim radio yoki televizorda ob-havo ma'lumotlarini eshitdi? Bugun havo temperaturasi qancha bo'lar ekan?" degan savollar berilib javoblar olinadi. Bu bilan temperaturani o'lchash zarurligi qayd etiladi. Shu bilan birga bolalarning vrach xuzurida bo'lganlarida termometr bilan temperaturasini o'lchaganlari eslanadi ("Chaqiriq" qismi). Shundan so'ng issiq, sovuq va iliq suvli stakanlarda tajriba ko'rsatiladi. Davomidan so'ng termometming yaratilish tarixi va turlari o'rganiladi ("ma'lumot olish" qismi).
Darsni mustahkamlash uchun munozara o'tkazilishi mumkin. Munozara uchun tavsiya etilgan savollardan namunalar ("Fikrlash" qismi).
Quyoshdan kelayotgan issiqlik, yorug'lik energiyasi tugab qolishi mumkinmi?
Yerdagi o'rtacha temperatura 1oC ga ko'larilsa yoki pasaysa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Temperaturaning quyi yoki yuqori chegarasi haqida fikrlaringiz qanday?
Oldingi mavzularda "xona isidi", "jism sovudi" kabi iboralarni ishlatdik. Ularda biz o'z sezgilarimizga tayangan holda shu xulosalarni bergan edik. Lekin bizning sezgilarimiz har doim ham to'g'ri xulosa chiqarishimizga imkoniyat beradimi? Buni tekshirish uchun stol ustiga uchta stakan qo'yaylik. Birida issiq, ikkinchisida iliq, uchinchisida sovuq suv bo'lsin. Dastlab, chap qo'limizdagi barmoqlardan birini sovuq suvga, o'ng qo'limizdagi barmoqlardan birini issiq suvga biroz muddat solib turaylik. So'ngra ikkala barmoqni iliq suvli stakanga solaylik. Shunda chap barmog'imizga suv issiq, o'ng qo'limizdagi barmog'imizga suv sovuq bo'lib tuyuladi.
Temperatura moddalarning yoki jismlarning isitilganlik darajasini xarakterlovchi kattalik bo'lib, moddani tashkil etgan zarrachalarning kinetik energiyasi bilan belgilanadi.
Moddalarning yoki jismlarning isiganlik darajasini ifodalovchi kattalik temperatura deb ataladi.
Faqatgina maxsus o'lchov asbobi ixtiro qilingandan so'nggina temperaturani ob'ektiv aniqlash mumkin bo'ldi. Temperaturani o'lchaydigan asbobga termometr deyiladi. Uning ixtirochisi Galiley hisoblanadi. Albatta, hozirgi termometr Galiley ixtiro qilgan termometr (termoskop)dan farq qiladi. Termometrlarda moddalarning issiqlikdan kengayishi xossasidan foydalaniladi. Galiley termometrida havoning kengayishidan foydalanilgan edi (1-rasm).
|
|
1-rasm
|
2-rasm
|
Keyinchalik fransiyalik olim Rey 1631-yilda suvli termometrni yasaydi. Hozirgi kunda ishlatiladigan termometrlarda, asosan, simob va spirt ishlatiladi. Ulardan biri rasmda keltirilgan (2-rasm). Isitilganda naychadagi modda kengayib, yuqoriga ko'tariladi, sovuganda torayib, pastga tushadi. Bu termometrlarning ko'rsatishi graduslarda bo'ladi. Shved olimi A. Selsiy (1701–1744) temperaturani o'lchashda hisob boshi bo'lgan 0 (nol) uchun eriyotgan muz temperaturasini oladi (3-a rasm). Normal atmosfera bosimida qaynayotgan toza suv temperaturasini 100 gradus deb qabul qilinadi (3-b rasm).
|
a
|
b
|
3-rasm
|
Ular oralig'ini 100 bo'lakka bo'lib, bir bo'lagini 1°C deb qabul qilinadi. Xonadagi yoki idishdagi suyuqlik temperaturasini o'lchash uchun termometrni o'lchanayotgan muhitda biror muddat ushlab turish kerak. Shunda termometrdagi suyuqlik temperaturasi muhit temperaturasiga tenglashadi. Idishdagi suvning temperaturasini termometrni suvdan chiqarmasdan ko'rish kerak. Aks holda, termometr suvdan olinishi bilanoq uning ko'rsatishi o'zgarib ketadi.
Bemorning temperaturasini o'lchaydigan tibbiyot termometri bunday kamchilikdan xoli. Vrach termometrni bemordan olib, bemalol ko'rishi mumkin. Chunki undagi simob ustuni pastga tushib ketmaydi. Bunga erishish uchun termometr naychasining quyi qismi ingichka qilib yasaladi. Bunda isigan simob ustuni bemalol ko'tarilsa-da, soviganda ingichkalashgan joyda simob ustunchasi uzilib qoladi. Termometr ko'rsatishi aniqlab olingandan so'ng, uni silkitiladi. Shunda yuqori qismida qolgan simob bo'lagi pastga tushib qo'shiladi. Tibbiyot termometrining o'lchash chegarasi 35 dan 42ºC gacha bo'ladi. Normal sog'lom odamning temperaturasi ~36,6°C bo'ladi. Tana temperaturasining bundan chetlashishi kasallikdan darak beradi. Uy hayvonlari – qo'y, sigir, ot, quyonlarning temperaturasi 38–40ºC, qushlarniki 41–42ºC atrofida bo'ladi.
Modda temperaturasining quyi yoki yuqori chegarasi bormi? Yerda tabiiy sharoitda Antarktikada -88°C temperatura qayd etilgan (1960-y. ilmiy stansiyada). Sun'iy ravishda esa -273, 149ºC maxsus laboratoriyalarda hosil qilingan. Hisob–kitoblarga qaraganda temperaturaning quyi chegarasi -273,15ºC ga teng. Uy sharoitida biz qanday temperaturalar bilan ish ko'ramiz? Suv 100ºC da qaynaydi. Uni qaynatish uchun ishlatilgan tabiiy gaz alangasida temperatura 1500–1800°C ga boradi. Cho'g'lanma elektr lampochkasidagi temperatura 2500°C atrofida bo'ladi. Avtomobil dvigatelida yoqilgan yonilg'i hosil qilgan temperatura ~1700ºC bo'lsa, elektr payvandlashda 7000º C gacha boradi. Yuqori chegara qayd qilingan emas.
Uyga topshiriqlar. Darslikdagi 38-mavzu savollariga javoblar topib kelish.
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu: LABORATORIYA ISHI: TERMOMETR YORDAMIDA HAVO VA SUYUQLIK TEMPERATURASINI O'LCHASH.
Darsning maqsadi:
-o'quvchilarda modda temperaturasini aniqlash ko'nikmasini hosil qilish.
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Laboratoriya ishini o'tkazish uchun kerakli jihozlar.
Asosiy tushuncha va atamalar:
-temperatura, temperaturani o'lchash;
-termometr;
-issiq suv, sovuq suv.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Laboratoriya ishi otkazish
|
20 minut
|
4
|
Yakunlar chiqarish va hisobot yozish
|
10 minut
|
5
|
Uyga topshiriqlar
|
2 minut
|
Darsning borishi:
Laboratoriya ishini o'tkazish usuli darslikda keltirilgan.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:
Termometrning ishlashi qaysi fizik hodisaga asoslangan?
Termometrda simob o'rniga spirt olinsa uning o'lchash aniqligi qanday o'zgaradi?
NAZARIY QISM
Temperaturani o’lchaydigan asbobga termometr deyiladi.
Bu laboratoriya ishida havo va suv temperaturasi o’lchanadi.O’lchashlar simobli termometr yordamida bajariladi.
AMALIY QISM
Zaruriy jihozlar: Termometr, sovuq suv, menzurka, shisha tayoqcha, suv solish uchun idishlar, gorelka.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Termometrni fizika xonasining quyosh nurlari to’g’ridan-to’g’ri tushmaydigan, isitish vositalari (batareya, plitka) dan uzoqda, lekin shkalasi aniq ko’rinadigan joyga osib qo’yiladi.
2. Tajribani o’tkazishga tayorlanish jarayonida ( 5-6 minut ) termometr ko’rsatishi o’zgarmay qolganidan so’ng xona temperaturasi yozib olinadi.
3. Gorelkaga kolbada suv qo’yib qizdirib olinadi.
4. Menzurkada 100 ml sovuq suv o’lchab olinib, idishga quyiladi va termometr suvga tushiriladi. Biror vaqt o’tgandan so’ng termometr ko’rsatishi t1 yozib olinadi.
5. Menzurkada 100 ml qizdirilgan suv o’lchab olinadi va unga termometrni tushiriladi. Biror daqiqadan so’ng termometr ko’rsatishi t2 yozib olinadi.
6. Menzurkadagi sovuq suvni issiq suv ustiga ag’dariladi. Shisha tayoqcha bilan aralashtirilib temperaturasi t3 o’lchanadi.
7. Yoqoridagi tajribani issiq suvning temperaturasi turlicha bo’lgan hollarda takrorlang.
Savollarga javob bering.
1. Nima sababdan qizdirilgan suvga tushirib olingan termometrning ko’rsatishi suvdan olinganda tushib ketadi?
2. Tajribalarni naychasining diametri kichikroq bo’lgan termometr bilan o’tkazilsa, o’lchash aniqligi qanday o’zgaradi?
3. Nima uchun suyuqlikka o’lchash uchun termometr tushirilgandan so’ng bir muddat kutish kerak?
Uyga topshiriq. Radio yoki televizordan shu bugungi va ertangi kun uchun Yer sharining turli nuqtalaridagi havo temperaturasini yozib kelish. Uyda termometr bo'lsa, o'zining ertalabki temperaturasini o'lchash.
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
5-nazorat ishi.
Mavzu: : Issiqiik hodisalar.
Maqsad: O’quvchilar egallagan, bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash.
Nazorat shakli: Fizik diktant
Qiya tekislik ham, richag ham yutuq bermaydi. Har qanday mexanik mexanizm dan necha marta yutuq bersa shuncha marta yutqazadi. Bun9a deyiladi. Foydali ishning umumiy ishga nisbati bilan o'lchanadigan kattalik mexanizmning deyiladi. Moddalarning yoki jismlaming isitilganlik darajasini ifodalovchi kattalik deb ataladi deb
moddani tashkil etgan zarrachalaming o'zaro ta'sir potensial energiyasi va harakati bilan bog'iiq kinetik energiyalari yig'indisiga aytiladi. Issiqiik o'tkazuvchanligi turlicha bo'lgan bir-biriga parchalanib mahkamlangan ikkita metall deyiladi. Moddalarning temperaturasi deb ataluvchi asbob yordamida o'lchanadi. Ishchi moddasi sifatida yoki ishlatiladi. Jismning isitilgan qismidan isitilmagan qismiga issiqlikning o'tishiga hodisasi
deyiladi. Notekis isitilgan gaz, suyuqliklarda moddaning birjoydan ikkinchi joyga oqimi tufayli issiqiik uzatish hodisasiga deyiladi. Konveksiya tezligi qatlamlar. va muhitning ga bog'iiq.
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
|