Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu:Laboratoriya ishi:
NAZARIY QISM
Blok. Blok qirrasi ariqchadan iborat g'ildirak bo'lib, undan ip, tros yoki zanjir o'tkaziladi. Ipning bir uchiga yuk osib, ikkinchi uchidan tortiladi. Yukni ko'tarish davomida blok qo'zg'almasdan joyida qolsa, uni ko'chmas blok deyiladi (55-rasmda 1). Yuk bilan birgalikda harakatlanadigan blokni ko'char blok deyiladi (55-rasmda 2). Ko'chmas blokda yuk uchun kuch yelkasi AO masofa, F kuchning yelkasi OB masofa bo'ladi (56-rasm). Ular teng bo'lganligidan F kuch yuk og'irligiga teng bo'ladi. Shu sababli ko'chmas blok kuchdan yutuq bermaydi. Ko'chmas blok kuch yo'nalishini o'zgartirib beradi.
Ko'char blokda esa aylanish o'qi O nuqtaga to'g'ri keladi. Shunga ko'ra yuk uchun yelka OA masofani, F kuch uchun yelka OB masofani tashkil etadi. OA = R, OB = 2 · R bo'lganligidan (R — g'ildirak radiusi) F · 2 · R= m · g · R bo'ladi. Bundan
F = m · g / 2
Ko'char blok kuchdan ikki barobar yutuq beradi. Ko'char va ko'chmas bloklardan bir nechtasi o'zaro ulansa, uni polispast deb ataladi. Polispastda n ta ko'char blok qatnashsa, kuchdan 2n marta yutish mumkin bo'ladi.
Qiya tekislik. Yukli bochkani mashinaga ortishda qiya tekislikdan yumalatib chiqarish oson. Bunda F kuch og'irlik kuchining bir qismini tashkil etadi:
F = m · g · h / s
Vint. Mashinalarning baloni teshilib qolganda, uni almashtirish uchun «domkrat» deb ataluvchi vintli ko'targichdan foydalaniladi. Uning ishlash prinsipini 58-rasmdagi vintdan tushunish qiyin emas. Uydagi go'sht maydalagichda, maktab duradgorlik va temirchilik ustaxonasidagi «tiski» (siqib ushlagich)da ham vintdan foydalaniladi.
Pona. Mamlakatimizning ayrim joylarida bo'lg'usi kuyovlarni sinash uchun ularga to'nkani o'tin qilib maydalashni taklif qilishgan deyishadi. Shunday holda «pona» qo'l keladi. Pona old tomonidan qaralsa, uchburchak shaklida bo’lgan jism bo'lib, uni to'nkaga rasmda ko'rsatilganidek qo'yib, tepa qismidan uriladi.
Chig'iriq. Bu oddiy mexanizmdan ko'pincha quduqlardan suvni ko'tarishda foydalanishgan.
Chig'iriqda arqon o'raluvchi baraban radiusi r, uni aylantiruvchi tirsak uzunligi R bo'lsa, qurilmaning kuchdan beradigan yutug'i R / r ga teng bo'ladi. Chig'iriqning takomillashgan varianti lebyodka deyiladi.
Unda ikkita chig'iriq o'zaro bog'langan. Birinchisi aylantiruvchi tirsak va kichik radiusli tishli g’ildirak. Bu tizim kuchdan R1 / r1 marta yutuq beradi. Ikkinchisi katta radiusli tishli g`ildirak va arqon o`raluvchi silindr. Bu tizim kuchdan R2 / r2 marta yutuq beradi. Lebyodkaning kuchdan beradigan umumiy yutug'i n:
bo'ladi.
Bu ko’rgazmali tajribada biz har bir mexanizmlarning qo’llanilishi va qanday qilib kuchdan yutilayotganini amalda ko’ramiz.Buning uchun biz mexanizmning har bir qismiga dinamometr qo’yib kuchlarni o’lchaymiz.Masofadan yutiladigan mexanizmlarda esa masofa aniq ko’rinib turadigan ko’rgazmali mexanizmlardan foydalanamiz.
Tajriba 4 qismdan iborat bo’lib, har bir mexanizm uchun bitta qism bag’ishlangan.
I. Blok
II. Qiya tekislik
III. Vintli mexanizm
IV. Chig’iriqli mexanizm
AMALIY QISM
Zaruriy jihozlar: dinamometrlar(100 N,10 kN), yuklar; bloklar tizimi; qiya tekislikli moslama; vintli va chig’iriqli mexanizmlar.
Ishning bajarilish tartibi:
I
1. Ko’char blokka yukni dinamometr bilan ketma-ket iling, bloklar tizimi arqonining bu uchiga ham bir dinamometr iling va sekinlik bilan bir xil tezlikda torting;
2. Dinamometrlar ko’rsatishiga e’tibor bering, qo’lingizdagi dinamometr deyarli ikki marta kam ko’rsatmoqda, ya’ni ozgina kuch bilan og’r yukni ko’taryapsiz;
3. Ko’char blokka yanada og’irroq yuk qo’yib tajribani takrorlang.
II
1. Biror yukni olib uni og’irligini o’lchang va yozib qo’ying;
2. Qiya tekislikning eng quyi qismiga biror yukni qo’ying va yukning ilmog’iga dinamometrni ilib sekinlik bilan bir xil tezlikda dinamometrdan torting;
3. Dinamometrning ko’rsatishiga e’tibor bering, qo’lingizdagi dinamometr yukning og’irligiga nisbatan bir muncha ozroq qiymatni ko’rsatmoqda. Demak siz kuchdan yutmoqdasiz.
4. Moslamaning qiyaligini o’zgartirib tajribani takrorlang.
III
1. Vintli mexanizmni kerakli joylariga dinamometrlarni o’rnating, borgichga kuch qo’yib vintni bir xil tezlikda sekinlik bilan aylantiring;
2. Dinamometrlarni ko’rsatishiga e’tibor bering, bu mexanizmda kuchdan yutuq dastlabki ikki mexanizmga qaraganda juda ko’p.
IV
1. Biror yukni olib og’irligini o’lchang va chig’iriqli mexanizmga iling;
2. Mexanizmning bandiga ham dinamometr ulab dinamometrdan sekinlik bilan bir xil tezlikda aylantiring;
3. Har ikkala dinamometrlarni ko’rsatishlarini solishtiring va tegishli xulosa chiqaring.
Savollarga javob bering.
1. Masofadan yutiladigan mexanizmga misol keltiring.
2. Bu ishda mexanizmlarni bir xil tezlikda harakatga keltirish tavsiya etildi, nima uchun?
3. Har bir mexanizmning qo’llanilish sohalariga misol keltiring, o’zingiz qaysi mexanizmdan amalda foydalangansiz?
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu: ISSIQLIKNI HOSIL QILUVCHI MANВALAR. ISSIQLIKNI QABUL QILISH.
Darsning maqsadi:
― issiqlik manbalari va iste'molchilari haqida o'quvchilarga ma'lumot berish;
― issiqlik ham energiyaning bir turi ekanligi to'g'risida tushuncha hosil qilish.
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Tajriba-namoyish uchun kerak bo'ladigan jihozlar: jun material, metall tangalar, plakatlar.
Asosiy tushuncha va atamalar:
― issiqlik energiyasi; potensial va kinetik energiya;
― ish bajarish;
― energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi;
― zarrachalar harakati.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
Kirish suhbati
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini ro`yobga chiqarish ustida ishlash
|
20 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar
|
13 minut
|
Darsning borishi:
Kirish suhbatida issiqlikning inson hayotida eng muhim o'rin tutishi ko'rsatib beriladi. Bunda o'quvchilarning yosh xususiyatini hisobga olib, televizorda ko'rgan multfilmlari, qadimgi dunyo tarixi darslarida eshitgan olov haqidagi afsonalari eslatilib, insonning yashash uchun tabiatda olib borgan kurashlari qiziqarli holda o'tkaziladi. Darslikda ulardan ayrimlari keltirilgan. "Olovni bo'ysundirish" nafaqat qadimgi davrda, balki hozirgi zamonning eng baquvvat texnikasida ham asosiy harakatlantiruvchi kuch ekanligi ko'rsatib beriladi. Masalan: Kosmik uchiruvchi raketa, qit'alararo raketa, barcha kemalar, avtomobillar, traktorlar, poyezdlar vа h.k Shunga ko'ra issiqlik hodisalarini o'rganish, u bilan bog'liq mashinalarni ishlatish, sozlash va takomillashtirishda kerak bo'lishi uqtiriladi. Undan keyingi mavzu "issiqlikni hosil qiluvchi va qabul qiluvchilar"ga o'tish bir tekisda boradi. Yerdagi issiqlikning asosiy manbai — Quyoshdir. Avtomobil dvigatelida yonib turgan benzinning ham asosi Quyosh ekanligi tushuntirib o’tiladi. Bu bilan birga issiqlikni faqatgina nimanidir yondirish orqali emas, balki ish bajarib ham hosil qilish mumkinligi isbotlab ko'rsatiladi. Bunda tangani jun materialga ishqalaganda isiganligi namoyish qilinadi. Bu bilan ishning energiyaga, energiyaning ishga aylanishi tushunchasi hosil qilinishiga zamin yaratiladi. Darsni mustahkamlash uchun savollar beriladi.
1. Og’zi berk probirka issiq suvga tushirildi. Probirka ichidagi havo molekulalarining kinetik va potensial energiyasi o'zgardimi?
2. Pichoqni charxlaganda qiziydi. Olovga tutilgan pichoq qiziydi. Pichoqlarning qizish sababi bir xilmi? va h.k.
Sizga ma'lumki, issiqlik o'tin, ko'mir, gaz, neft mahsulotlarini yoqishdan hosil qilinadi. Lekin issiqlikning asosiy manbai – Quyoshdir. Yer yuzasiga kelib tushayotgan Quyosh nurlari uni isitadi, undan issiqlik atmosferaning quyi qatlamlariga o'tadi va havo isiydi. Ko'mir, gaz va neft ham Yerga ko'p asrlar davomida tushgan Quyosh nurlari energiyasi mahsulidir. Hattoki, foydalaniladigan shamol energiyasi ham Quyosh tufayli bo'ladi. Issiqlik manbalari ikki turga bo'linadi:
1 - Tabiiy manbalar.
2 - Sun`iy manbalar.
Tabiiy manbalar deb, tabiatda azaldan mavjud bo'lgan va o'z-o'zidan issiqlik chiqaradigan manbalarga aytiladi. Ularga Quyosh, yulduzlar misol bo'la oladi.
Sun`iy manbalar deb, inson qo'li bilan yaratilgan barcha issiqlik manbalariga aytiladi. Ularga olov, lampa, isitkich misol bo'ladi.
Xo'sh, issiqlik deganda nimani tushunamiz? Dastlabki davrlarda issiqlikni ham qandaydir modda deb qarashgan. Masalan, gaz yonganda undan issiqlik chiqib suvga o'tadi. Natijada endi issiqlik suvda bo'ladi. Keyin qaynagan suvni gazdan olib qo'ysak, undan issiqlik chiqib havoga o'tadi va h.k. Shunga ko'ra uni o'lchash uchun alohida «issiqlik miqdori» degan fizik kattalik kiritilgan. Shunday tajriba o'tkazaylik. Qish kunida ikkita muz parchasini qalin qo'lqop bilan ushlab (qo'lingizning issig'i muzga o'tmasligi uchun), ularni bir-biriga ishqalab ko'raylik. Shunda muzlar erib suv tomchilay boshlaydi. Muzni eritish uchun unga issiqlik nimadan berildi? Qadimda odamlar ikkita yog'ochni ishqalab olovni hosil qilganlar. Simni ham bir joyidan bir necha marta tez-tez buklansa, o'sha joyi qizib ketadi. Og'ir bolg'ani ko'tarib metall bo'lagiga bir necha marta urilsa, metall ham isiydi. Bularning barchasida mexanik energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Shunga o'xshash ishqalangan barcha jismlarning qizishini Siz turmushda uchratgansiz. Ular haqida eslab ko'ring. Mana shunday tajribalar, issiqlik ham energiyaning bir turi ekanligi haqidagi xulosaga olib keldi. Unda biz biladigan potensial va kinetik energiyadan qaysi biri issiqlik energiyasiga mos keladi? Yoki bir vaqtda ikkalasi hammi? Ma'lumki, moddalar mayda zarrachalardan tashkil topgan va ular to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, agar modda isitilsa, zarrachalar harakati tezlashadi. Bundan issiqlik bu moddani tashkil etgan zarrachalarning kinetik energiyasidir, degan mantiqiy xulosaga kelamiz.
Moddalarning yoki jismlarning isitilganlik darajasini ifodalovchi kattalik temperatura deb ataladi.
Muzni eritish jarayonida kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, erish paytida uning temperaturasi o'zgarmaydi. Demak, bu paytda unga berilgan issiqlik muz tuzilishi (strukturasi)ni buzishga ketadi. Modda issiqligini qisman molekulalar orasidagi potensial energiya ham belgilar ekan . Shunday qilib, issiqlik ham energiyaning bir turi hisoblanadi. U boshqa energiyalar kabi bir turdan ikkinchi turga aylanishi mumkin. Issiqlik miqdori ham energiya va bajarilgan ish kabi Joullarda o'lchanadi!
1. Nima uchun arqondan yoki yog'och ustundan ushlab pastga sirg'anib tushganda qo'l qiziydi?
2. Nima sababdan avtomobil keskin tormozlanganda g'ildiraklarining rezinasidan
kuygan hid keladi?
3. Og'zi berk idish issiq suvga tushirildi. Idish ichidagi havo molekulalarining
potensial va kinetik energiyalari o'zgaradimi?
4. Siz o'qigan qaysi kitobda yoki ko'rgan kinoda odamlar sun'iy ravishda olov hosil qilishgan? Qanday usul bilan olinganligini gapirib bering.
5. Issiqlik manbalari necha xil bo`ladi? Ularga misollar keltiring.
Uyga lopshiriq. Darslikdan 33-mavzuni o'rganish va savollariga javob tayyorlash.
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu: JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI.
Darsning maqsadi:
― o'quvchilarda jismlarning issiqlikdan kengayish xususiyati to’g’risida tushuncha hosil qilish;
— issiqlikdan kengayish xususiyatidan texnikada va turmushda foydalanishni o'rganish.
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Termometr, bimetall plastina. Tajriba-namoyish ko'rsatish uchun kerakli jihozlar.
3. Plakatlar, doska, bo'r.
Asosiy tushuncha va atamalar:
― issiqlikdan kengayish;
― bimetall plastina;
― suvning muzlashi; isitishdan torayish,
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Tajriba namoyish ko`rsatish
|
5-8 minut
|
4
|
Yangi mavzu mazmuni ustida ishlash
|
17-20 minut
|
5
|
Dars yakunlarini chiqarish va uyga topshiriqlar
|
8 minut
|
Darsning borishi:
O'tilganlarni takrorlab, o'quvchilar baholanadi. Yangi mavzuni o'rganishdan oldin o'quvchilarga simyog'ochlarda osilib turgan simlarni, temir yo'l relslari ulangan joylarida qoldirilgan oraliqni, dazmol va elektr sovutgich rasmlari ko'rsatiladi. Simyog'ochlar orasidagi simlar birinchi holatda tarang holda, ikkinchisi osilgan holda oldindan doskaga chizib qo'yishi ham mumkin. Ularga ko'ra quyidagicha savollar beriladi:
1. Simyog'ochdagi simlarning holati yilning qaysi fasliga to'g'ri keladi? Nima uchun?
2. Nima sababdan temir yo'l relslari ulangan joylarda oraliq qoldirilgan ?
3. Biri isitgich, biri sovutgich bo'lgan bu ikkita elektr asbobida bir xil vazifani bajaruvchi qanday qurilma bo'lishi mumkin?
Shu kabi savollar bilan o'quvchilarni yangi mavzuga jalb qilib muammo qo'yiladi. O'quvchilar bergan javoblarini hisobga olgan holda o'qituvchi qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishini tushuntirib beradi. Suyuqlik va gazlarning issiqlikdan kengayishini ko'rsatish uchun darslikda keltirilgan tajriba- namoyish o'tkaziladi va natijalar tushuntiriladi.
Bunda suvning issiqlikdan kengayish xossasi alohida qaralishi kerak. Chunki unda 0°C dan 4°C gacha isitilganda suv siqiladi va 4°C da eng katta zichlikka ega bo'ladi. 4°C dan 100°C gacha issiqlikdan kengayadi. Shunga ko'ra daryo va ko'llar qishda tubigacha muzlamasligi tushuntirib o'tiladi. Darsni mustahkamlash uchun muammoli savollar beriladi.
Masalan:
1. Suv bilan to'ldirilgan berk idishda havo pufakchasi bor. Pufakcha hajmi qachon katta bo'ladi: Havo sovuq bo'lgandami yoki issiq bo'lgandami?
2. Misdan yasalgan disk о'rtasida kichik tirqish bor. Agar diskni sovuq xonadan issiq xonaga olib kirilsa, tirqishning o'lchami o'zgaradimi?
3. Vrach bemorga suyuq dori yozib berganda necha tomchi ichishi kerakligini aytadi, bunda yoz yoki qish ekanligining farqi bormi?
4. Nima sababdan daryo va ko'llar qirg'oqdan boshlab muzlaydi?
Oldingi mavzulardan birida siz qizdirilgan metall sharning kengayib halqadan o'ta olmaganligi bilan tanishgansiz. Suyuqliklarda bu hodisani o'rganish uchun shunday tajriba o'tkazaylik (1-rasm). Uchta probirka olib ulardan biriga suv, ikkinchisiga yog', uchinchisiga sut quyaylik. Probirkalar og'ziga o'rtasida naychasi bor tiqin o'rnataylik. Probirkalarni suvli idishga 1-rasmda ko'rsatilganidek qo'yib, tagidan issiqlik beraylik. Suv isigan sari asta-sekin naychalardan suyuqliklar yuqoriga ko'tarila boshlaydi. Demak, suyuqliklar ham isitilganda kengayar ekan. Bunda suyuqliklarning naychadan ko'tarilish balandligi turlicha bo'lganligidan, ularning kengayishi ham turlicha bo'ladi. Gazlarning issiqlikdan kengayishini o'rganish uchun bir kolbani olib, uning ham og'ziga naychasi bor tiqin o'rnataytik (2-rasm).
|
1-rasm
|
2-rasm
|
Naycha uchini suvga tiqib kolbani ushlab ozroq siypalab turamiz. Shunda naycha uchidan suvga havo pufakchalari chiqa boshlaganini ko'ramiz. Bunga sabab, kolba qo'l harorati tufayli ichidagi havosi bilan birga isiydi. Isigan gaz kengayib pufakcha shaklida chiqib ketadi. Kolba bo'g ' zini shtativga o'rnatib shu holda qoldirilsa, birozdan so'ng naychadan suv yuqoriga ko'tarilganligini ko'rish mumkin. Sababi sovuganda kolbadagi havo siqiladi.
Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan kengayadi, sovuqlikdan torayadi. Bu hodisaning sababi oldingi mavzuda aytilgan molekulyar harakatdir. Moddalarning bu xossasidan turmush va texnikada keng foydalaniladi. Temir yo'l relslarini o'rnatishda ularni bir-biriga jips tegmaydigan qilib o'rnatiladi. Elektr o'tkazuvchi simlarni ustunlarga yoz kunida biroz osil tirib o'rnatiladi. Qishda torayish evaziga uzilib ketmasligi uchun shunday qilinadi. Shisha stakanlarga issiq suvni birdaniga quyib bo'lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi. Tashqarisi esa kengayib ulgurmaydi. Shu sababli stakan sinib ketadi.
1. Bimetall plastina. 3-rasmda bir-biriga parchinlab mahkamlangan ikkita – mis va temir plastina kerltirilgan.
|
3-rasm
|
Bu plastinada mis va temir issiqlikdan turlicha kengayadi. Bunday plastina qizdirilsa, plastina temir tomonga, sovitilsa mis tomonga egiladi. Plastinani juda yuqori temperaturagacha yoki past temperaturagacha sovitilsa nima bo'ladi? Bu haqda o'ylab ko'ring.
Uning ba'zi bir qo'llanilishlari haqida to'xtalib o'taylik. Uyda ishlatiladigan sovutkich yoki elektr dazmol ishiga razm solsak, sovutkich ma'lum bir vaqt ishlaganidan so'ng to'xtaganini, dazmol ham qiziganidan so'ng qizil chirog'i o'chganligini ko'ramiz. Chunki unda bimetall plastinkali tokni uzib-ulovchi qurilmasi bor. Uning ishlash prinsipi 4-rasmda ko'rsatilgan.
|
|
4-rasm
|
2. Suvning issiqlikdan kengayishi haqida. Suv bilan o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, sovitilish jarayonida dastlab uning hajmi kamayib boradi. Temperatura 4°C (uy termometri bilan o'lchanadi, bu haqda keyingi mavzuda batafsil aytiladi)ga borganda kamayish to'xtaydi. Sovitish davom ettirilsa, endi uning hajmi, aksincha, orta boradi. Bu jarayon suv muzlagunga qadar davom etadi. Demak, suv 4°C da eng katta zichlikka ega bo'lar ekan. Shu hodisaga ko'ra, ko'llarda qish paytida suvning ustki qismi muzlaydi. Ko'l tubida esa 4°C li suv bo'ladi. Agar suv sovishi natijasida bir xilda muzga aylanguncha hajmi kamayib kelganda edi, ko'ldagi yoki suv omborlaridagi suv tubidan to ustki qismigacha muzga aylanar edi. Unda bu paytda hayot ham to'xtab qolar edi.
Uyga topshiriqlar. Darslikdan 34-mavzuni o'qib kelish.
|