Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu: YORUG'LIKNING TABIIY VA SUN'IY MANBALARI.
Darsning maqsadi:
― yorug'likning tabiiy va sun'iy manbalari haqida ma'lumotlar berish;
― yorug'lik nuri va yorug'likni qabul qilgichlar haqida tasavvurlarni shakllantirish.
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Elektr lampochkasi, sham, ko'zgular, lyuminessent lampa, quyosh nuridan ishlaydigan kalkulyator, fotosurat, oftobda qoraygan gazmol yoki gazeta parchasi.
Asosiy tushuncha va atamalar:
― yorug'likning tabiiy manbai, yorug'likning sun'iy manbai;
― yorug'lik nuri;
― yorug'likni qabul qilgichlar.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Tajriba namoyish ko`rsatish
|
5 minut
|
4
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
15 minut
|
5
|
Darsni mustahkamlash
|
8 minut
|
6
|
Uyga topshiriqlar
|
5 minut
|
Darsning borishi:
Yangi mavzu kirish suhbati bilan boshlanadi. Unda umuman yorug'lik nuri, ko'rish, yorug'lik ta'sirlari haqida umumiy ma'lumotlar berilib, bobda o'rganiladigan yo'nalish ochiladi.
Mavzuga tajriba namoyishlar sifatida cho'g'lanma elektr lampochkasi, lyuminessent lampa, sham, quyosh nuridan energiya olib ishlaydigan kalkulyator ishlatib ko'rsatiladi. Lampochkadan chiqqan yoki derazadan tushgan yorug'likni ko'zgudan qaytarib, devor yoki doska yoritiladi. Quyosh nuri ta'sirini ko'rsatish uchun fotosurat, plyonka, oftobda qoraygan gazmol ko'rsatiladi.
Shundan so'ng darslikda rasmlari keltirilgan jadvaldan yorug'likning tabiiy va sun'iy manbalari tushuntiriladi hamda yorug'likni qabul qilgichlari o'rgatiladi.
Darsni mustahkamlash uchun quyidagi savollar o'rtaga tashlanishi mumkin.
1. Quyoshli kunda qorong'ilashtirilgan xonaga deraza orqali tushayotgan yorug'lik dastalarining ko'rinishini qanday tushuntirish mumkin?
2. Shu xonaga tushayotgan nurlarning ko'zga ko'rinmasligiga qanday erishish mumkin?
O’zlaridan yorug'lik chiqaradigan jismlar yorug'lik manbalari deb ataladi. Masalan, Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkasi, yonib turgan sham, gulxan alangasi va h.k. Ayrim jismlar o'zlaridan yorug'lik chiqarmasa-da, boshqa manbadan chiqib, o'ziga tushgan yorug'likni qaytaradi. Masalan, Oy, ko’zgular.
Ayrim hashoratlar, baliqlar ham o'zlaridan nur chiqaradi. Yorug'lik manbalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: tabiiy va sun'iy manbalar.
Quyosh, yulduzlar, chaqmoq, shimol yog'dusi, yaltiroq qo'ng'izlar, ayrim baliqlar, chirindilar yorug'likning tabiiy manbalariga kiradi. Inson aralashuvi bilan hosil qilinadigan yorug'lik manbalariga sun'iy manbalar deyiladi. Ularga elektr lampochkasi, gulxan alangasi, kerosin lampasi, televizor ekrani, elektr va gaz payvandi, lyuminessent lampalar, qizigan gazlar va h.k. lar kiradi. Yorug'lik manbalaridan chiqadigan nur turli rangga ega bo'ladi. Jismlarning yorug'lik chiqarishining asosiy sababi uning qizishidir. Jism temperaturasining yuqori yoki past bo'lishiga qarab, undan chiqayotgan nur rangi ham o'zgaradi. Masalan: elektr lampochkasidan belgilangan tok o'tmasa, u qizarib yonadi va xonani yaxshi yoritmaydi.
Yorug'lik ta'sirida ishlaydigan jismlar yorug’likni qabul qilgichlar deyiladi. Inson ko'zi shu vazifani bajaradi. Fotoplyonkalar, fotosurat, videokamera, Quyosh batareyalari, televizor va magnitofonlarni boshqaruvchi pultlar shular jumlasidandir. O'simliklarda Quyosh nurlari ta'sirida murakkab jarayonlar boradi va Yerdagi hayot uchun muhim bo'lgan kislorod ajraladi va oqsillar, yog' hosil bo'ladi.
Yorug`likning tabiiy manbalari
|
|
Yorug`likning sun’iy manbalari
|
|
Yorug`likni qabul qilgichlar
|
|
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu: YORUG'LIKNING TO'G'RI CHIZIQ BO'YLAB TARQALISHI.
SOYA VA YARIM SOYA
Darsning maqsadi:
― o'quvchilarga yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonunini o'rgatish;
― soya va yarim soya haqida tushuncha berish.
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Tajriba-namoyish jihozlari.
3. Plakatlar, doska, bo'r.
Asosiy tushuncha va atamalar:
― to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni;
― nur, soya, yarim soya.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash. "Blits" usulida takrorlash
|
8 minut
|
3
|
Tajriba namoyish ko`rsatish
|
10 minut
|
4
|
Yangi mavzu bayoni
|
18 minut
|
5
|
Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar
|
7 minut
|
Darsning borishi:
O'tilganlarni takrorlash "Blits" usulida olib borilishi mumkin. Chunki bunda ko'proq o'quvchilarni savol-javoblarga tortish imkoniyati mavjud. "Blits" da beriladigan savollardan namunalar.
1. Yorug'lik manbalari deganda nimani tushunamiz?
2. Yorug'lik manbalarini qanday qilib tabiiy va sun'iy manbalarga ajratamiz?
3. Yorug'likni qabul qilgichlarga misollar keltiring.
4. Yorug'lik ta'sirida ishlaydigan qurilmalarga misollar keltiring va h.k.
Savol-javoblar tugagach, yangi mavzu oldidan tajriba namoyishi ko'rsatiladi.
Tajriba darslikda keltirilgan (to'siq va tirqish). Namoyish ko'rsatilganidan so'ng yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni keltiriladi. Keyingi tajribada ikkita manbadan bitta to'siqqa nur tushirilganda yarim soya hosil bo'lishi ko'rsatiladi. Bu bilan ham yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi isbotlanadi. Darsni mustahkamlashda hazil savollar ham berilishi mumkin. Masalan,
Savol
|
Javoblar
|
Qorong'u xonada oq ekran oldida o'tirgan o'qituvchining boshi uchta rangli ― qizil, havorang va yashil lampochka bilan yoritilmoqda. Ekranda ko'ringan 1—6 nuqtalardagi ranglarni ayting.
|
1. (yashil nur soyasi) — to'q qizil, chunki qizil va havorang nur bilan yoritilgan.
2. (havorang va yashil nurlar soyasi) qizil, chunki qizil nur bilan yoritilgan.
3. (havorang nur soyasi) — sariq, chunki qizil va yashil nur bilan yoritilgan.
4. (qizil va havorang nurlar soyasi) —yashil, chunki yashil rang bilan yoritilgan.
5. (qizil nur soyasi) — осh qizil, chunki havorang va yashil rang bilan yoritilgan.
6. (soya tushmagan joy) — oq, chunki hamma nurlar bilan yoritilgan.
|
|
Yorug'likning tarqalishini o'rganish uchun quyidagi tajribani ko'raylik. Yorug'lik manbai (M) va ekran (E) oralig'iga birorta to'siq (T) qo'yaylik (1-a rasm). Shunda ekranda to'siq hosil qilgan soyani ko'ramiz. Agar manba (M) bilan ekran oralig'iga tirqishi bor to'siqni (T1) qo'ysak, ekranda tirqish shakliga mos yorug' dog'ni ko'ramiz (1-b rasm). Soya chetlaridan to'siqqa tomon chiziqlar tushirsak, ular manbada uchrashadi. Shunday hol yorug' dog' va tirqish orqali to'g'ri chiziq o'tkazilsa ham kuzatiladi. Bundan yorug'lik to'g'ri chiziq bo'ylab tarqaladi, degan xulosaga kelamiz. Shunga ko'ra yorug'likni
|