|
Yorug’likning tabiiy va sun’iy manbalari O’zlaridan yorug’lik chiqaradigan jismlar yorug’lik manbalari
|
Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 172,27 Kb. | | #102649 |
Bog'liq FIZIKA
Yorug’likning tabiiy va sun’iy manbalari
O’zlaridan yorug’lik chiqaradigan jismlar yorug’lik manbalari deb ataladi. Masalan, quyosh, yulduzlar, elektr lampochkasi, yonib turgan sham, gulxan alangasi va h.k. Ayrim jismlar o’zlaridan yorug’lik chiqaramasa-da, boshqa manbadan chiqib, o’ziga tushgan yorug’likni qaytaradi. Masalan, oy, ko’zgular.
Ayrim hasharotlar, baliqlar ham o’zlaridan nur chiqaradi. Yorug’lik manbalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: tabiiy va sun’iy manblalar.
Quyosh, yulduzlar, chaqmoq, shimol yog’dusi, yaltiroq qo’ng’izlar, ayrim baliqlar, chirindilar yorug’likning tabiiy manbalariga kiradi. Inson aralashuvi bilan hosil qilinadigan yorug’lik manbalariga sun’iy manbalar deyiladi. Ularga elektr lampochkasi, gulxan alangasi, kerosin lampasi, televizor ekrani, elektr va gaz payvandi, lyuminessent lampalar, qizigan gazlar va h.k lar kiradi.
Yorug’lik manbalaridan chiqadigan nur turli rangga ega bo’ladi. Jismlarning yorug’lik chiqarishining asosiy sababi uning qizishidir. Jism temperaturasining yuqori yoki past bo’lishiga qarab, undan chiqayotgan nur rangi ham o’zgaradi. Masalan: elektr lampochkasidan belgilangan tok o’tmasa, u qizarib yonadi va xonani yaxshi yoritmaydi.
Yorug’lik ta’sirida ishlaydigan jismlar yorug’likni qabul qilgichlar deyiladi. Inson ko’zi shu vazifani bajaradi. Fotoplyonkalar, fotosurat, videokamera, quyosh batareyalari, televizor va magnitofonlarni boshqaruvchi pultlar shular jumlasidandir. O’simliklarda quyosh nurlari ta’sirida murakkab jarayonlar boradi va yerdagi hayot uchun muhim bo’lgan kislorod ajraladi va oqsillar, yog’ hosil bo’ladi.
Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi. Soya va yarim soya
Yorug’lik tarqalishini o’rganish uchun quyidagi tajribani ko’raylik. Yorug’lik manbayi (M) va ekran (E) oralig’iga birorta to’siq (T) qo’yaylik. Shunda ekranda to’siq hosil qilgan soyani ko’ramiz. Agar manba (M) bilan ekran oralig’iga tirqishi bor to’siqni (TT) qo’ysak, ekranda tirqish shakliga mos yorug’ dog’ni ko’ramiz. Soya chetlaridan to’siqqa tomon chiziqlar tushirsak, ular manbada uchrashadi. Shunday hol yorug’ dog’ va tirqish orqali to’g’ri chiziq o’tkazilsa ham kuzatiladi. Bundan yorug’lik nur deb ham ataladi. Matematikada ba’zan to’g’ri chiziqni chizishda “nur o’tkazaylik” degan iborani ham ishlariladi.
95-rasmda buyum orqasida hosil bo’lgan soya ko’rsatilgan. Soyaning o’rta qismi to’la qorong’I, chet qismi esa nimqorong’i. shunga ko’ra to’la qorong’i qismini soya, nimqorong’i qismini yarim soya deb ataladi. 95-a rasmda buyumda yorug’lik ikkita manba (S1 va S2) dan tushgan hol ko’rsatilgan. Buyum orqasida hosil bo’lgan soya qismiga birorta manbadan yorug’lik tushmaydi.
MAVZU: Yorug’likning tabiiy va sun’iy manbalari. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi. Soya va yarim soya.
Bajardi: Burxonov Javohir.
Tekshirdi: Artikov Abror.
2015-2016 Y.
|
| |