nur deb ham ataladi. Matematikada ba'zan to'g'ri chiziqni chizishda «nur o'tkazaylik» degan iborani ham ishlatishadi.2-rasmda buyum orqasida hosil bo'lgan soya ko'rsatilgan. Soyaning o'rta qismi to'la qorong'i, chet qismi esa nimqorong'i. Shunga ko'ra to'la qorong'i qismini soya, nimqorong'i qismini yarim soya deb ataladi. 2-a rasmda buyumda yorug'lik ikkita manba (S1 va S2)dan tushgan hol ko'rsatilgan. Buyum orqasida hosil bo'lgan soya qismiga birorta manbadan yorug'lik tushmaydi. Yarim soya qismiga manbaning bittasidan yorug'lik tushadi. Yarim soyadan tashqariga har ikkala manbadan yorug'lik tushadi. Agar shamlardan birini o'chirsak, buyum orqasida faqat soya hosil bo'ladi.
|
1-rasm
|
|
2-rasm
|
|
2-b rasmdagi manzarani tushuntirishga harakat qiling! Unda shar o'lchami yorug'lik manbai elektr lampochkasidan ancha kichik.
AMALIY TOPSHIRIQ
Vannada cho'milayotganingizda ermak uchun quyidagi tajribani qilib ko'ring. O'zingiz bilan qalam olib kirib, uning soyasini vanna suvining tubida kuzating. So'ngra qalamning yarmini suvga tiqib, yana soyasini kuzating. Bunda soya ikki qismga ajralishiga e'tibor bering. Soyalar orasi ancha katta bo'lib, yorug' bo'ladi. Sababi haqida o'ylab ko'ring.
Uyga topshiriq. Darslikdan 44-mavzuni o`rganish va savollariga javoblar topish
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu: QUYOSH VA OY TUTILISHI. YORUG'LIKNING TEZLIGI.
YORUG’LIKNING QAYTISHI VA SINISHI.
Darsning maqsadi:
― yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonunining tabiatda sodir bo'lishi haqida ma'lumot berish;
― Quyosh va Oy tutilishlarini tushuntirish.
― o'quvchilarda yorug'lik tezligi tabiatda uchraydigan eng katta tezlik ekanligi haqida tushuncha hosil qilish;
― yorug'likning qaytish va sinish hodisalarini, shuningdek, ba'zi bir qonuniyatlarini o'rganish.
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Quyosh va Oy tutilishini ko'rsatuvchi plakatlar,
3.Yorug’likning qaytishi va sinishini ko’rsatadigan namoyish asboblari.
4. Stakanda suv, shisha tayoqcha.
Asosiy tushuncha va atamalar:
― Quyosh tutilishi, Oy tutilishi;
― to'la tutilishi, qisman tutilishi;
― Quyosh toji,
— yorug'lik tezligi;
― yorug'likning qaytishi;
— yorug'likning sinishi;
― tushish burchagi, qaytish burchagi, sinish burchagi.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash. ("O`zaro so`rov usuli"da)
|
12 minut
|
3
|
Yangi mavzuni "faol ma'ruza" usulida o`rgatish
|
23 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar
|
8 minut
|
Darsning borishi:
O'tilgan mavzuni takrorlash "o'zaro so'rov" usulida o'tkazilishi mumkin. Chunki mavzuda o'quvchilar tushunishi qiyin bo'lgan murakkab tushunchalar yo'q.
Shundan so'ng yangi mavzu "faol ma'ruza" usulida o'tiladi. O'quvchilar bu yoshlariga kelib Quyosh va Oy tutilishlariga guvoh bo'lib ulgurganlar. Shunga asosan o'quvchilardan daftarlariga Quyosh va Oy tutilishlarida ko'rgan manzarani chizish taklif qilinadi. O’qituvchi aylanib chiqib rasmlarni tezda ko'zdan kechiradi va o'z ma'ruzasini boshlaydi. Ma'ruzaning birinchi qismi Quyosh tutilishiga bag'ishlanadi. Birinchi qism ohirida o'quvchilarga o'z savollarini tashlaydi yoki o'quvchilardan savol olinadi.
Ikkinchi qism Oy tutilishiga bag'ishlanadi. Oy tutilishining o'ziga xos tomonlari ko'rsatiladi. Ikkinchi qism ohirida ham o'qituvchi va o'quvchi savollari o'rganiladi.
Darsni mustahkamlash uchun Quyosh va Oy tutilishining haqiqiy sabablarini bilmagan odamlarning qo'rquvga tushgani, shu sababli afsonalar to'qilgani aytiladi.Lekin ularning tutilishini oldindan bilgan misrlik kohinlar yoki boshqalar undan ustalik bilan foydalanganliklari haqida misollar keltirish o'quvchilarni qiziqtiradi. Masalan: "O'zbekfilm" kinostudiyasida tasvirga olingan Ibn Sinoga bag'ishlangan film, Bolislav Plusning “Faraon” kitobi hamda kinosi va h.k.
Bir yilda Yerdagi kuzatuvchi Quyoshning ikki martadan besh martagacha tutilishini ko'rishi mumkin. O'rta hisobda Quyoshning bir joyda to'la tutilishi 200—300 yilda bir marta bo'ladi.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:
Nima sababdan Oyda to'la tutilish bo'lsa ham, u ko'rinib turadi?
Agar Oy va Yer oralig'i hozirgiga qaraganda ikki marta yaqin bo'lib qolsa, Quyosh va Oy tutilishlarida qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkin?
Tabiatda soya va yarim soya hosil bo'lishini katta masshtabda Quyosh va Oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma'lumki, Quyosh atrofida boshqa sayyoralar kabi Yer ham o'zining tabiiy yo'ldoshi Oy bilan birgalikda aylanib turadi. Yer Quyosh atrofida 365, 26 sutka mobaynida bir marta aylanib chiqadi. Oy esa Yer atrofida 27 sutka 7 soat 43 minutda bir marta aylanadi. Ularning harakati davomida qandaydir momentda Yer va Quyosh oralig'iga Oy tushib qolsa, Oy Quyoshdan keluvchi nurlarni to'sib qoladi. Shunda Quyosh tutilishi ro'y beradi (1-rasm).
|
1 - rasm
|
Yerdagi A sohaga tushadigan Quyosh nurlari Oy tomonidan to'la to'silib qolganligidan, u yerda qorong'ilik bo'ladi. Bu joyda Quyoshning to'la tutilishi kuzatiladi. Yerning B sohasida esa yarim soya bo'ladi. Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning qisman tutilishi ro'y beradi. Yerda Quyoshning to'la tutilishi kuzatilgan joylarida to'la qorong'ilik bo'lganligidan, osmonda yulduzlar chaqnab ko'rinadi. Yerning bu sohasi isitilishdan to'xtaganligidan shamollar paydo bo'ladi. Noxush vaziyat vujudga kelib, itlar hurgan, hayvonlar ovoz chiqarishgan. Bu esa odamlarga ta'sir etib vahimaga tushishgan.
Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig'iga Yer tushib qolsa, Oy tutilishi ro'y beradi (2-rasm).
|
2 - rasm
|
Oy o'zidan yorug'lik chiqarmaydi. U faqat Quyoshdan tushgan yorug'likni qaytaradi. Oyga tushayotgan Quyosh nurini Yer to'sib qolganda, Yerning soyasi Oyga tushadi. Yerning atmosferasi bo'lmaganda edi, Oy tutilishi davrida u ko'rinmay qolar edi. Yer atmosferasi Quyosh nurlarini sochib yuborganligi tufayli Oyning tutilishi davrida qizg'ish disk shaklida ko'ramiz.
Oy tutilishi sababi ma'lum bo'lmagan davrda, odamlarda qo'rqinch paydo bo'lgan. Uni tushuntirish uchun turli rivoyat va afsonalar to'qishgan. Hozirgi kunda Quyosh va Oy tutilishini ancha oldin, qayerda, qachon va qanday ko’rinishda bo'lishini aytib beriladi. Shunga ko'ra, olimlar bu hodisani o'rganish uchun tayyorgarlik ko'rishadi. Quyosh to'la tutilganda, boshqa vaqtda ko'rinmaydigan «Quyosh toji» ni kuzatish mumkin.
Yer va Quyosh oralig'ida ikkita sayyora harakatlanadi. Ularni Merkuriy va Venera deb atashadi. Ular Yer bilan Quyosh oralig'ida turib qolganda Quyosh tutilishi ro'y beradimi? Yer bilan bu sayyoralar oralig'i juda katta bo'lganligidan ularning soyasi Yergacha yetib kelmaydi. Shunga ko'ra, maxsus asboblar bilan qaralsa, Quyosh ichida kichik qora dog' harakatlanib o'tishi kuzatiladi.
Qadimgi bobilliklar eramizdan oldingi 2000-yillarda Quyosh va Oy tutilishlarida takrorlanish borligini aniqlaganlar. Bu davr saros (arabcha – takrorlanish) deb atalib, 6585 butun 1/3 sutkaga, ya'ni 18 yil va 11,3 sutkaga teng. Shu davrda 43 marta Quyosh tutilishi va 28 marta Oy tutilishi ro'y beradi. Bir yil davomida Quyosh 5-6, Oy esa 2-4 marotabagacha tutilishi mumkin.
AMALIY TOPSHIRIQ
10 yoki 5 so'mlik tangani olib, u orqali Quyoshga qarang. Agar tangani ko'zingizga juda yaqin qo'ysangiz, Quyosh to'la yopiladi. Asta-sekin tangani ko'zingizdan uzoqlashtira boshlasangiz, Quyoshning o'rtasi berkilib, chetki qismi halqa shaklida ko'rinadi. Tajribani o'tkazishda tim qora ko'zoynak taqib oling!
Aristotel, yorug'lik nuri bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bir zumda boradi, deb hisoblagan edi. Yorug'lik tezligini tajribada aniqlashga Galiley uringan. Bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashtirilgan ikkita odamning biriga fonus berilgan. Fonusni bir daqiqaga berkitib ochgan odam vaqtni belgilagan. Ikkinchi kuzatuvchi ko'rgan vaqtini belgilagan. Lekin tajriba muvaffaqiyatsiz tugallangan. Yorug'lik tezligini birinchi bor 1676-yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer o'lchashga muvaffaq bo'ldi. Shundan so'ng boshqa olimlar ham yorug'lik tezligini turlicha usulda o'lchadilar. Yorug'lik tezligi juda katta bo'lib, vakuumda v = 300 000 km/s ga teng. Yani 1sekundda yorug’lik nuri 300 000 000 m masofani bosib o’tadi.
Tabiatdagi boshqa hech qanday jism yoki zarracha bunday tezlikka erisha olmaydi. Yorug'lik bir muhitdan ikkinchisiga o'tganda tezligi o'zgaradi. Masalan, suvda uning tezligi 225 000 km/s bo'lsa, shishada 200 000 km/s ga teng. Shunday katta tezlik bilan harakatlangan Quyosh nuri Yerga taxminan 8,3 minutda yetib keladi.
Yorug'likning qaytishi. Siz ba'zi filmlarda ko'zgu oldiga borib qolgan maymun yoki boshqa hayvonlarning qanday ahvolga tushib qolganligini bir eslab ko’ring. Ular ko'zgu ichiga kirib sirli qiyofadoshini ushlamoqchi bo'ladilar. Suv ichgani kelgan hayvonlar yoki yovvoyi odamlar ham suvda o'z akslarini ko'rib hayratga tushadilar.
Bu hodisalarning sababi yorug'likning turli jismlar – ko'zgu, suv yuzasi, deraza oynasi, silliqlangan metall yuzalari va boshqa buyumlardan qaytishidir. Yorug'lik havodan suvga tushganda uning bir qismi qaytadi, bir qismi suv ichiga o'tadi. Yorug'likning qaytishini o'rganish uchun quyidagi qurilmadan foydalaniladi (1-rasm).
|
1-rasm
|
Optik disk o'rtasiga yassi ko'zgu qo'yib, unga «nurli ko'rsatkich» (lazer) nurini yuboraylik. Shunda ko'zgudan nur qaytganini ko'ramiz. Nurning tushish burchagini o'zgartirib ko'rsak, burchagi ham unga mos ravishda o'zgarar ekan. Tushish burchagi deb, tushgan nur bilan, nur tushgan nuqtaga o'tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (α)ga aytiladi. Qaytish burchagi sifatida qaytgan nur bilan, shu nuqtaga o'tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (γ) olinadi. Tajribalar ko'rsatadiki, qaytish burchagi har doim tushish burchagiga teng:
α = γ.
Bunga yorug'likning qaytish qonuni deyiladi. Agar buyumning yuzasi mutlaq silliq bo'lganda edi, nur undan faqat bir tomonga qaytgan va biz uni o'sha tomondan qarasakkina, ko'rgan bo'lar edik. Aslida buyumlarning yuzasida g'adir-budurliklar bo'lganligi tufayli undan yorug'lik sochilib ketadi. Sochilgan nur ko'zni charchatmaydi. Shu sababli xonani yorituvchi manbalar yorug'likni sochib yuboradigan qilib tayyorlanadi.
Yorug’likning sinishi. Yorug'likning sinishini o'rganish uchun optik diskda yassi ko'zgu o'rniga yarim doira shaklidagi shishani o'rnatamiz (2-rasm). Shishaga nurli ko'rsatkichdan nur yuborilganda undan bir qism nur qaytganligini (1) va bir qismi sinib, shisha ichiga o'tganligini (2) ko'rish mumkin.
|
2-rasm
|
Singan nur bilan sinish nuqtasiga o'tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak sinish burchagi ( Я ) deyiladi. Yorug'lik nuri bir muhitdan ikkinchisiga o'tganda o'z yo'nalishini o'zgartirar ekan.
Stakanga solib qo'yilgan choy qoshig'i singandek bo'lib ko'rinishi, hovuzdagi suvga qaralganda chuqurmasdek bo'lib ko'rinishi yorug'likning suvga tushishi va chiqishida sinishi tufaylidir (3-rasrn).
|
3-rasm
|
Yorug'likning bir muhitdan ikkinchisiga o'tganda sinishiga sabab, yorug'likning tarqalish tezligi o'zgarishidir. Yorug'lik shishadan havoga yoki suvdan havoga o'tganda sinish burchagi tushish burchagidan katta bo'ladi. Shunga ko'ra, suvda yashovchilar uchun tashqi dunyo butunlay boshqacha bo'lib ko'rinadi.
AMALIY TOPSHIRIQ
Piyola olib, uning ichiga tanga soling. Piyolani stol ustiga qo'yib, undan tanga ko'rinmaydigan joygacha uzoqlashing. O'rtog'ingizdan piyolaga suv quyishni so'rang. Shunda tanga yana ko'rinadigan bo'ladi. Sababini tushuntiring.
Uyga topshiriqlar. Darslikdan 45-mavzuni o'rganish va topshiriqlarini bajarish.
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu: YORUG'LIK HODISALARI HAQIDA BERUNIY
VA IBN SINONING FIKRLARI.
Darsning maqsadi:
-yorug’lik hodisasiga doir o'tmishda vatandoshlarimiz aytgan fikrlari bilan o'quvchilarni tanishtirish;
-o'quvchilarda milliy g'uruh, vatanparvarlik hissiyotlarini tarbiyalash.
Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Forobiy, Beruniy va Ibn Sino portretlari va asarlariga doir qo'llanmalar.
|