• Dars materiallari
  • Dars bosqichlari
  • Darsni mustahkamlash uchun savollar
  • Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari. 6 -fizika ___.___2013yil Mavzu
  • Darsning borishi
  • Savol namunalari: 1. Nima uchun qizdirilgan detallar suvga tushirilsa, havoga qaraganda
  • "qaysi holda issiqroq boladi, uchta koylak
  • Issiqlik energiyasini issiqlikni yomon otkazadigan muhitda tarqalishiga nurlanish deyiladi.
  • Uyga topshiriq
  • Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari




    Download 1,77 Mb.
    bet4/10
    Sana22.11.2020
    Hajmi1,77 Mb.
    #12759
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

    Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.

    6 -fizika

    ___.___2013yil

    Mavzu: QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARDA ISSIQLIK UZATILISHI. ISSIQLIK O'TKAZUVCHANLIK. KONVEKSIYA. 

    Darsning maqsadi:

    turli muhitlarda issiqlik uzatilish mexanizmini o'rganish;

    issiqlik o'tkazuvchanlik deb nomlangan fizik kattalik haqida tushuncha hosil qilish;

    konveksiya hodisasi bilan tanishtirish.

     

    Dars materiallari:

    1. Fizika darsligi.

    2. Tajriba-namoyish uchun zaruriy jihozlar.

    3. Doska, bo'r.

     

    Asosiy tushuncha va atamalar:



    issiqlik o'tkazuvchanlik;

    ― konveksiya;



    Darsning blok-chizmasi

     




    Dars bosqichlari

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    2 minut

    2

    O`tilganlarni takrorlash va o`quvchilarni baholash

    10 minut

    3

    Tajriba namoyish ko`rsatish

    10 minut

    4

    Yangi mavzu mazmuni ustida ishlash

    15 minut

    5

    Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar

    8 minut

     

    Darsning borishi:

    O'rganiladigan yangi mavzu o'quvchilarning kundalik turmushida ko'p uchraydi. Lekin ular bu hodisaga e'tibor berib qaramagan bo'lishlari mumkin. Shu sababli dars muammoli savollar bilan boshlansa, o'quvchilarning mavzuga bo'lgan qiziqishlari ortadi.



    1. Nima uchun pechkalarning mo'risi baland qilib qo'yiladi?

    2. Nega derazaga fortochka yuqori qismidan qo'yiladi?

    3. Nima sababdan beton uylar, g'ishtli uylarga qaraganda yozda issiq, qishda sovuq bo'ladi?

    4. Nima sababdan choy metall piyolada ichilmaydi (chinni piyola bolali uyda tez-tez sinib turadi?

    Savollarga o'quvchilar bilganicha javob beradilar. Ularning javoblaridan so'ng tajriba-namoyishlar o'tkaziladi. Ular darslikda keltirilgan.

    Konveksiyani tushuntirishda "tortim" degan tushunchani ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Tortishni yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi to'g'risida munozara tashkil qilish mumkin.

    Issiqlik o'tkazuvchanlik kattaliklari berilgan jadvaldan foydalanib o'quvchilarga konstruktorlikka doir masalalar topshirilishi mumkin.

    Qor yoki muz isitadimi? degan savolga ko'pchilik yo'q sovutadi degan javob berishlari tabiiy. Lekin kuzgi ekinlar ustiga yoqqan qor xuddi ko'rpa kabi ularni sovuq urishdan saqlashi, xuddi shunday ko'l usti muzi, tashqi sovuqni suv ichiga yomon o'tkazishi haqida ma'lumotlar berilsa, o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ladi. Imkoni bo'lsa karton qog'ozli idishga suv solib qaynatib ko'rsatish kerak. Bu bir fokus sifatida chiqadi.

     

    Darsni mustahkamlash uchun savollar:



    1. Po'lat simni olovga tutib qizdirildi. Boshqa safar uni jundan to'qilgan matoga ishqalab qizdirildi. Har ikkala holda ham sim issiqlik oldi deyish to'g'rimi?

    2. Nima uchun temir yo'l relslarida yoriqlar yozda emas, balki qishda paydo bo'ladi?

     Qattiq jismlarda zarrachalar bir joydan ikkinchisiga ko'chmaydi. Ular faqat turgan joylarida tebranib turadi. Qattiq jismlarda atomlar bir-biriga yaqin joylashganligidan issiqlikni shu tebranishlar orqali bir-biriga uzatadi. Bunday usulda issiqlikni uzatishga issiqlik o'tkazuvchanlik deyiladi.



    Suyuqliklarning issiqlikni qanday o'tkazishini o'rganish uchun quyidagicha tajriba o'tkazaylik. Uzun pro birka olib, uning tagiga muz bo'laklarini solaylik. Usti dan metall sharcha bilan bostirib qo'yaylik. Sharcha ustidan suv quyib, rasmda ko'rsa-tilgan holatda yuqori qismidan qizdiraylik. Suv isib bug'lanadi, so'ngra yuqori qismi qaynay boshlasa-da, probirka tagidagi muz erimasdan turadi (1-rasm). Sababi haqida o'ylab ko'ring.



    1-rasm.




    Havo ham suyuqlik kabi issiqlikni yomon o'tkazadi. Yonib turgan gugurt yoki qizigan pechka yaqiniga qo'limizni yaqin tutib, kuydirmasdan tura olamiz. Bolalar o'yinchoq tarelkasini olib past olovga qo'ying. Yetarli darajada qiziganda unga yarim choy qoshiq suv quying. Suv shu zahoti bug' lanib ketishi o'rniga, yumaloq shaklda dumalab ketadi va tarelka ning chuqurroq qismida turib qoladi. Sababi nimada? Sababi shundaki, tushgan suv va qizigan tarelka orasida bug' hosil bo'lib, shu bug'ning o'zi issiqlikni o'tkazmaydigan qatlamni hosil qiladi. Bu hodisani qizigan dazmolni to'nkarib, unga suv sachratib kuzatish ham mumkin. Qishda sovuq qotmaslik uchun palto va telpak kiyamiz. Ular odamni isitadimi? Ikki bo'lak muzni sellofan xaltachalarga solib, birini ochiq holda, ikkinchisini paltoga o'rab qo'yaylik. Ma'lum muddatdan so'ng qaralsa, ochiq holdagi muzning anchasi eribdi, paltoga o'ralgani erimabdi hisob. Demak, palto, telpak hech narsani isitmaydi.

    Amaliy topshiriq.

    Uyingizning isitilish chizmasini chizing. Uning qanchalik to'g'ri bajarilganligini o'rganib ko'ring.

    Qattiq jismlarda zarrachalar bir joydan ikkinchisiga ko'chmaydi. Ular faqat turgan joylarida tebranib turadi. Qattiq jismlarda atomlar bir-biriga yaqin joylashganligidan issiqlikni shu tebranishlar orqali bir-biriga uzatadi. Bunday usulda issiqlikni uzatishga issiqlik o'tkazuvchanlik deyiladi.



    Turli moddalarning issiqlik o'tkazuvchanligi turlicha. Buni quyidagi tajribada ko'rish mumkin (2-rasm). Sterjendan bir xil uzoqlikda mis, temir, alyuminiy, plastmassadan yasalgan bo'laklarni mahkamlaylik. Bo'laklar uchiga gugurt cho'plarini hamga o'xshab oson eriydigan modda bilan yopishtiraylik. Bo'laklar mahkamlangan o'rtadagi diskni sekin qizdiraylik.



    2-rasm.




    Issiqlik o'tkazuvchanligining katta-kichikligiga qarab gugurtlar birin-ketin tushib ketganligini ko'ramiz. Jadvalga qarab gugurtlar qaysi tartibda tushishini ayting.

    Issiqlikning bir joydan ikkinchi joyga o'ta olishini hamma biladi. Pechka yoki isitish batareyalaridan chiqqan issiqlik butun uyga tarqaladi. Stakanga quyilgan choyga qoshiqcha solib qo'ysangiz, qoshiqcha isib qoladi. Quyoshdan chiqqan issiqlik ham Yerga etib keladi. Xo'sh issiqlik qanday uzatiladi? Modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarimiz, issiqlik uzatilishi undagi molekulalar harakati bilan bog'liq degan xulosaga keltiradi. E'tibor bergan bo'lsangiz, tutun ba'zan yuqoriga ko'tariladi, ba'zan yoyilib tarqaydi. Havoda ba'zan bulutlar ancha muddat o'zgarishsiz tursa, ba'zan shiddat bilan harakatga tushib qoladi. Ularni qanday tushunish mumkin? Pechka yonidagi havo qiziganda u kengayadi va zichligi kamayadi. Arximed kuchi ta'sirida u yuqoriga ko'tariladi. Uning o'rniga zichligi katta, sovuq havo oqib keladi. Natijada isitilganligi turlicha bo'lgan havo qatlamlari orasida oqim vujudga keladi. Bu hodisaga konveksiya (lotincha – olib kelish) deyiladi. Konveksiyani quyidagi tajribada oson kuzatish mumkin (3-rasm). Konveksiya faqat gazlarda emas, balki suyuqliklarda ham bo'ladi. Idish tagidan berilgan issiqlik suyuqlikdagi konveksion oqim tufayli yuqoriga ko'tariladi. Suyuqliklarda konveksiyani namoyish qilib ko'rsatadigan tajribani o'ylab toping.





    3-rasm.

     

    Modda

    Issiqlik o`tkazuvchanlik

    Modda

    Issiqlik o`tkazuvchanlik

    Alyuminiy

    Mis


    Po'lat

    Temir


    Kumush

    G'isht


    0,480

    0,918


    0,115

    0,061


    1,006

    0,0015


    Beton

    Qog`oz


    Suv

    Havo


    Shoyi

    0,0022

    0,0003


    0,00131

    0,0000568

    0,000095



    Uyga topshiriqlar. Darslikdan 35-mavzuni o'rganish va amaliy topshiriqni bajarish.

     
    Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.



    6 -fizika

    ___.___2013yil

    Mavzu: NURLANISH. TURMUSHDA VA TEXNIKADA ISSIQLIK UZATILISHIDAN FOYDALANISH.

     

    Darsning maqsadi:



    nurlanish, issiqlik uzatilishining bir turi sifatida ekanligini tushuntirish;

    issiqlik uzatilishi hodisasidan turmushda va texnikada foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish.

     

    Dars materiallari:

    1. Fizika darsligi.

    2. Plakatlar.

    3. Doska, bo'r.

     

    Asosiy tushuncha va atamalar:



    nurlanish; konveksiya; issiqlik o'tkazuvchanlik;

    vakuum, termos, radiator.

     

    Darsning blok-chizmasi

     



    Dars bosqichlari

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    2 minut

    2

    O`tilganlarni takrorlash

    10 minut

    3

    Yangi mavzuni faol ma`ruza usulida o`tish

    20 minut

    4

    Darsni mustahkamlash

    10 minut

    5

    Uyga topshiriqlar

    3 minut

      

    Darsning borishi:    

    Bu mavzu oldingi mavzuning uzviy davomi bo'lganligidan o’tilganlarni takrorlashga alohida e'tibor berish kerak. Buning uchun qisqa javobli savollar tashlanib, kop o’quvchilardan og’zaki javoblar olinishiga erishiladi. Lekin savollarga "ha" yoki "yo'q" deb javob berilmagani ma'qul.



    Savol namunalari:

    1.   Nima uchun qizdirilgan detallar suvga tushirilsa, havoga qaraganda tezroq soviydi?

    2.   Kumush va chinni piyolalarga choy quyildi. Qaysi birida choy tez soviydi?

    3.   Qishda odamning oyog'i katta poyafzal kiysa sovqatadimi yoki kichik poyafzal kiysami?

    4.   Qora tuproqli yer Quyosh nurlarida yaxshi qiziydimi yoki oqish kul rang tuproqmi? 

    Shundan so'ng nurlanish orqali issiqlik uzatish tushuntiriladi. O'quvchilar issiqlik uzatish bilan bog'liq ko’pgina asbob yoki qurilmalar bilan kundalik turmushda tanishganlar. Shu sababli yangi mavzuni guruhlarda "o'zaro bir-birini o'qitish usuli" bilan o'rganish mumkin. Bir guruhga xonadonlarni isitishda ishlatiladigan qozon ("kotyol")ni, ikklnchisiga xonadagi konveksiyani, uchinchisiga termosni va boshqa issiqlik uzatuvchi qurilmalarni o'rganish va o'rgatish topshiriladi.

    Darsda issiqlik almashinish jarayonining inson organizmiga ham katta ta'siri aytilmog'i kerak. Bunda "qaysi holda issiqroq bo'ladi, uchta ko'ylak kiygandami yoki uch qavatli ko'ylak kiygandami?" kabi savollar o'quvchilarning qiziqishini orttiradi.

     

    Darsni mustahkamlash uchun savollar:



    1.   Xonada vakuum hosil qilinsa, uni qanday usul bilan isitish mumkin?

    2.   Issiq xonada muzni mo'ynaga o'rab qo'yilsa, uning erishi tezlashadimi?    

     Shunday qilib, konveksiya ham, issiqlik o'tkazuvchanlik ham zarrachalar harakati bilan amalga oshiriladi. Unda Yerdagi energiyaning asosiy sababchisi bo'lgan Quyoshdan issiqlik Yerga qanday uzatiladi? Axir, Yer va Quyosh orasida zarrachalar deyarli yo'q bo'lgan muhit – vakuum mavjudku! Bu holatda issiqlik nurlanish orqali uzatiladi. Qizigan jismlarning o`zidan nur chiqarish hodisasi. Ulardan ba'zilari ko'zga ko`rinadi, ba'zilari ko`rinmaydi. Nur o`zi bilan energiya olib chiqadi. Jismlar va moddalar nurni yutishi natijasida qiziydi.



    Issiqlik energiyasini issiqlikni yomon o'tkazadigan muhitda tarqalishiga nurlanish deyiladi.

    Issiqlikni yomon o'tkazadigan muhit deb vakum yoki turli xil gazli muhitlarga aytiladi.

    Quyoshdan kelayotgan yorug'lik oqimi o'zi bilan birga issiqlik energiyasini ham olib keladi. Cho'g'lanma elektr lampochkasi ham yorug'lik bilan birga issiqlikni nurlantiradi. Lampochka ichida havo bo'lmasa-da, lampochkadan nurlangan issiqlikni kaftimiz bilan sezishimiz mumkin. Nurlanish orqali olingan energiya isitiluvchi yuza rangiga bog'liq. Qishda qor ustiga bir xil materialdan qilingan bir xil yuzali, biri oq, ikkinchisi qora rangga bo'yalgan mato yoyib qo'yilsa, qora mato tagida qor ko'proq eriganligini ko'ramiz. Demak, yuzaga tushgan nurlanish energiyasi unga yutilishi yoki undan qaytishi mumkin ekan. Deraza oynalari Quyoshdan keluvchi nurlanishni yaxshi o'tkazadi, lekin uydagi radiatordan chiqqan issiqlikni yomon o'tkazadi. Issiqxona («teplitsa»)lardagi oynali devor va shiplarning vazifasi sizga endi tushunarli bo'lsa kerak?

    Konveksiya, issiqlik o'tkazuvchanlik va nurlanish hodisalaridan turmushda va texnikada keng foydalaniladi. 1-rasmda uylarni qaynagan suv bilan isitish sistemasida qo'llaniladigan «qozon»ning ichki tuzilishi keltirilgan.





    1-rasm

    Unda hosil bo'ladigan konveksiyani tushuntirishga harakat qiling. 2-rasmda radiator vositasida isitiladigan xonaning qirqimi ko'rsatilgan. Xonada borayotgan jarayon haqida tushuntirish bering. Nima sababdan radiatorlar deraza tagiga o'rnatiladi?



    2-rasm

    3-rasmda suyuqliklarni solingan temperaturasida saqlaydigan idish – termos keltirilgan. Unda metall qobiq ichida ikki qavatdan iborat shisha devorli idish joylashtirilgan. Shisha devorlar oralig'i vakuumdan iborat. Shisha idishning ichki qismi yupqa kumush bilan qoplangan. Bunday idishdagi suyuqlik issiq holatda uzoq vaqt saqlanadi. Issiqlik uzatishning uchta turi bo'yicha issiqlik tarqalib ketmasligining sababini tushuntirib ko'ring.




     

    3-rasm

    Demak, zaruriyatga qarab issiqlikni yaxshi o'tkazish zarur bo'lsa, konveksiyani tezlashtirish choralari hamda issiqlikni yaxshi o'tkazadigan materiallardan foydalanish kerak ekan. Uyda ovqat pishirish va choy qaynatish uchun ishlatiladigan qozon va choygumlarni issiqlikni yaxshi o'tkazuvchi materiallardan yasaladi. Lekin qaynagan choyni uzoqroq issiq holatda ushlab turish uchun chinni choynakka damlagan ma'qul bo'ladi. Choyni stakanda ichsak, og'iz kuyib qoladi. Lekin chinni piyolada ichsangiz kuymaydi. Nima sababdan?

    Nurlanish energiyasidan foydalanishda ham materiallarga va uning rangiga e'tibor beriladi. Yozda issiqlik nurlarini yaxshi qaytaradigan oq rangdagi liboslar kiyilsa, qishda to'q rangdagilari kiyiladi.

    AMALIY TOPSHIRIQ

    1. Qalin qog'oz olib undan quticha yasang. Unga suv to'ldirib birozdan so'ng elektr plitkasiga qo'ying. Undagi suv isishi va hatto qaynashi mumkin. Lekin qog'oz quticha kuymaydi. Sababini tushuntiring.

    2. Massasi va o'lchamlari kattaroq bo'lgan temir bo'lagini qog'ozga zich o'rab olovga tuting. Qog'oz bilan nima hodisa ro'y berishini kuzating va sababini tushuntiring.

    Uyga topshiriq. 36-mavzuni darslikdan o’qish va savollarga javoblar topish.

    Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.

    6 -fizika

    ___.___2013yil

    Mavzu: ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA FOROBIY, BERUNIY VA IBN SINONING FIKRLARI.

     

    Darsning maqsadi:



    -issiqlik hodisasiga doir o'tmishda vatandoshlarimiz aytgan fikrlari bilan o'quvchilarni tanishtirish;

    -o'quvchilarda milliy g'uruh, vatanparvarlik hissiyotlarini tarbiyalash.

     

    Dars materiallari:

    1. Fizika darsligi.



    2. Forobiy, Beruniy va Ibn Sino portretlari va asarlariga doir qo'llanmalar.

     


    Download 1,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

    Download 1,77 Mb.