Asosiy tushuncha va atamalar
-yoruglikning qaytishi, sinishi;
-konveksiya;
-iqlim; nurlanishdan qizish.
Darsning blok-chizmasi
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzu mazmuni ustida ishlash
|
20 minut
|
4
|
Darsni mustahkamlash
|
10 minut
|
5
|
Uyga topshiriqlar
|
3 minut
|
Darsning borishi:
O'tilgan dars takrorlanganidan so'ng yangi mavzuni faol ma'ruza usulida o'tiladi. Unda vatandoshlarimiz Beruniy, Forobiy va Ibn Sinoning issiqlik hodisalariga doir izlanishlar olib borishgani va bu haqda o'z asarlarida yozib qoldirganliklari aytiladi.
Mavzu mazmuni darslikda keltirilganligi uchun to'xtalib o'tirmaymiz. Ma'ruza orasida ularning aniq bir issiqlik hodisasi haqida aytgan fikri keltirilib, uning nechog'lik to'g'ri ekanligi o'quvchilardan so'rab turiladi.
Darsni mustahkamlash uchun quyidagi savollar munozara uchun berilishi mumkin.
Forobiy haqida yana nimalarni bilasiz?
Beruniy yana qanday sohalarda ijod qilgan?
Ibn Sinoning fizik hodisalarga doir qanday ishlarini eslaysiz?
Munozara jarayonida qiyin zamonlarda ham odamlar ilm-fanga intilganliklari, fanning kichik bir sohasi emas, balki ko'pgina sohalarida kashfiyot qilganliklari aytiladi. Hozirgi kunda dunyoda yuzlab mamlakatlar bo'lsada, ularning hammasidan ham dunyo tan olgan allomalar yetishib chiqmaganligi ta'kidlanib, milliy g'urur hissi uyg'otiladi. Bu bilan o'quvchilarni milliy istiqlol g'oyalarini amalga oshirishlariga zamin hozirlanadi.
Yorug'lik hodisalari allomalarimiz bo'lgan Beruniy va Ibn Sinoning ham e'tiborini jalb qilgan. Oldingi mavzularda Yerdagi energiyaning (issiqlikning) asosiy manbai Quyosh deb ko'rsatilgan edi. Bu haqda Beruniy o'zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida quyidagicha bayon qiladi.
«Quyosh nuridagi mavjud haroratning sababi haqida ba'zilar bunga sabab nur desalar, ba'zilar esa nur aksi – burchaklarining o'tkirligi sabab deganlar. Unday emas, balki nurning o'zida harorat mavjud». Beruniyning bu fikri Quyoshdan Yerga issiqlik nurlanish tufayli kelishini isbotlaydi.
Yorug'lik tezligi haqida quyidagicha yozadi. Ba'zilar: «u zamonsizdir, chunki jism emas – desa, ba'zilar esa uning zamoni tez, lekin undan ham tezroq biror narsa yo'q va nur tezligini sezib bo'lmaydi»- deydi. Bu fikrlari bilan tabiatdagi biror jism yoki zarraning tezligi yorug'lik tezligiga teng yoki undan katta bo’la olmasligini ta'kidlagan. Beruniy Oy va Quyosh tutilishining sabablarini quyidagicha izohlaydi: «Oyning tutilishiga sabab uning Yer soyasiga kirishidir. Quyosh tutilishi Oy bilan Quyoshning bizdan tutilishi (ya'ni Quyosh bilanYerning orasiga Oyning kirib qolishi) tufaylidir. Shuning uchun Oyning qorayishi g'arb tomondan va Quyoshning tutilishi esa sharq tomondan boshlanmaydi. Quyosh tutilishi oldidan Oy g'arb tomondan kelib bir parcha bulut berkitgandek uni (Quyoshni) to'sadi. Turli joy (shahar)larda berkitiladigan sathi turlicha bo'ladi. Ammo Quyoshning berkituvchisi (Oy) katta emasdir. Oyning berkituvchisi (Yer) kattadir». Beruniyning bu fikrlari qanchalik to'g'ri ekanligi haqida o'ylab ko'ring. Yorug'lik sinishi haqida Beruniy va Ibn Sinoning bir-biriga yo'llagan savol-javoblarida quyidagilar bor. Beruniy shunday deb so'raydi:«Oq, yumaloq, tiniq bir shishani tiniq suv bilan to'ldirilsa, kuydirishda bamisoli yumaloq tosh (linza) xizmatini bajaradi. Agar u shisha suvdan bo'shatilib, havo bilan to'ldirilgan bo'lsa, kuydirmaydi va Quyosh shu'lasini to'plamaydi. Nima uchun shunday bo’ladi?» Savolga Ibn Sino quyidagicha javob beradi: «Albatta suv qalin, vazmin, zich tiniq bir jism bo'lib, uning zotida rang bordir. Shunday sifatdagi har qanday narsadan yorug'lik akslanadi (sinadi). Shuning uchun suv bilan to’ldirilgan dumaloq shishada yorug'lik akslanadi. Shu'laning to'planishidan kuydirish quvvati paydo bo'ladi. Ammo havodagi shu'la kuchli akslanmaydi. Chunki havo nozik (siyrak) va tiniqdir». Bu fikrlarning qanchalik to'g'riligini keyingi «linza» haqidagi mavzuda o'rganasiz.
Ko'rish va uning sabablari haqida Beruniy Ibn Sinoga shunday savol yuboradi: «Ko'z nuri vositasi bilan idrok qilish – ko'rish qanaqa, nima uchun tiniq suvning tagidagi narsa ko'rinib turadi, holbuki, ko'z nurining ravshanligi tiniq jismlardan akslanadi (sinadi)? Suvning sathi silliq va yaltiroq-ku».
Ibn Sino o'zining javoblarini keyinchalik «Fizika», «Tib qonunlari» nomli asarlarida aniqroq tavsiflaydi:«Agar ko'zimizdan nur chiqib, buyumlarni yoritadigan va oqibatida biz buyumlarni ko'radigan bo'lsak, nima uchun kechasi ko'rmaymiz? Nahotki ko'zimizdan chiqqan nur butun olamni yoritishga yetsa?» – deya Aflotunning fikrini rad etadi. Ibn Sino ko'rishning asosiy sababi, aksincha, buyumlardan kelayotgan nurlarning ko'zimizga tushishi va ko'z gavharidan o'tib sinishi, so'ngra ko'zdagi to'r pardada tasvirning paydo bo'lishi natijasida, deb tushuntiradi.
Osmonda ba'zan yomg'irdan keyin ko'rinadigan kamalak (Hasan-Husan kamalagi) hodisasini ham to'g'ri tushuntiradi. Uning sababi Quyosh nurlarining atmosferadagi bulutlardan o'tgan vaqtda rangli nurlarga ajralishidir. Uning yoy shaklida bo'lishi sababi, Yer atmosferasining sharsimonligidandir.
Shunday qilib, allomalarimiz yorug'lik hodisalarini turli afsonalarga emas, balki o'zining ilmiy kuzatishlariga asoslanib tushuntirishgan.
Markaziy Amerikada Anableps degan baliq bor. U suvda ham, quruqlikda ham bir xil ko'rsa kerak. Chunki u suv yuzida katta ko'zlarining yarmi suvda, yarmi havoda bo'lgan holatda suzib yuradi.
AMALIY TOPSHIRIQ
Sharsimon shakldagi kolbani olib suvga to'ldiring va uning Quyosh nurlarini to'plash xususiyatini kuzating.
Uyga topshiriqlar. Darslikdan 37-mavzuni o'qib kelish va savollariga javob tayyorlash.
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
Mavzu: MASALA YЕСHISН.
1. Yassi ko'zguda buyum va tasvir oralig'i 50 sm ga teng. Buyumni ko'zguga 10 sm ga yaqinlashtirilsa, tasvir ko'zgudan qancha masofada bo'ladi?
Berilgan
|
Yechilishi
|
l=50sm
Dl=10 sm
|
Buyum ko'zgudan qancha masofada bo'lsa, tasvir ham ko'zgudan shuncha masofada bo'ladi.
f0 = d0. f0 + d0 = 50 sm dan 2f0 = 50 sm. f0 = = 25 sm. Buyum ko'zguga qancha yaqinlashsa, tasvir ham shunchaga yaqinlashadi. Demak, f =f0- 10 = 25sm- 10sm= 15 sm
|
f=?
|
Javob: 15sm.
|
Masalalardan namunalar:
1. Buyum yassi ko'zgudan 1 m uzoqlikda turibdi. Uni surib 0,5 m ga keltirilsa, tasvir qanday o'zgaradi?
2. Yassi ko'zguga tushayotgan nurning tushish burchagi 1,5 marta orttirilsa, qaytish burchagi qanday o'zgaradi?
3. Buyum botiq ko'zgudan 1,5 F masofada joylashgan hol uchun tasvir yasang.
Ko'zguga qaramagan odam bo'lmasa kerak. Unga qarab nimani ko'ramiz? Ko'zguda biz o'z aksimizni va atrofimizdagi buyumlarni ko'ramiz. Ko'zgudagi tasvir o'lchamlari, buyumlar o'lchamlari bilan bir xil bo'ladi. Ko'zguga yaqinlashsak, tasvir ham yaqinlashadi, uzoqlashsak, tasvir ham uzoqlashadi. Demak, tasvir ko'zguning yuzida emas, balki ichkarisida hosil bo'ladi. Buning sababi nimada? Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastinaga ko'zgu deyiladi. Narsa, buyumlardan qaytgan yorug'lik ko'zguga tushadi va uning kumushlangan qatlamidan qaytadi.
Yorug'likning qaytish qonunidan foydalanib, yassi ko'zguda tasvir hosil qilishni ko'raylik (1-rasm). Tasvir hosil qilish uchun buyumdan ikkita nurni ko'zguga yo'naltiriladi. Bu nurlar ko'zgu yuzasidan qaytish qonuniga rioya qilib qaytadi. Qaytgan nurlarni teskari tomonga davom ettirilsa, buyum tasviri ko'zgu orqasida hosil bo'ladi. Agar tasvirdan ko'zgugacha va ko’zgudan buyumgacha bo'lgan masofalar o'lchansa, ular teng bo'lib chiqadi.
|
1-rasm
|
Ko'zgudagi aksimizga qarab unga o'ng qo'limizni uzatsak, aksimiz chap qo'lini uzatadi. Demak, yassi ko'zguda chap tomon bilan o'ng tomonning o'rni almashinib ko'rinadi. Ko'zgudagi buyum o'zidan nur chiqarmaydi. Shu sababli tasvirni mavhum tasvir deyiladi.
Shunga o'xshash masala yechish davom ettiriladi.
Tasdiqlayman:_____________ O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
6 -fizika
___.___2013yil
6-nazorat ishi.
Mavzu: Yorug'lik hodisalar.
Maqsad: O’quvchilar egallagan, bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash.
Nazorat shakli: test sinovi.
1. Ichki yonuv dvigateli silindridagi gazning energiyasi qaysi taktning oxirida katta bo'ladi?
A) so'rish; B) ish yo'li; C) siqish; D) chiqarish.
2. Dizel dvigatelining foydali ish koeffitsiyenti taxminan qaysi oraliqdabo'ladi?
A) 31-44%; B) 25-30%; C) 45-50%; D) 13-25%.
3. «Issiqiik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradiganqurilmaga deyiladi». Nuqtalar o'rniga to'g'ri javobni qo'ying.
A)...bug' mashinasi; B)...bug' turbinasi; C)...issiqiik dvigateli; D)...dizel dvigateli.
4. Ko'k siyohda yozilgan yozuvga yashil rangli shisha orqali qaralsa
qanday rangda ko'rinadi?
A) yashil; B) ko'k; C) sariq; D) qora.
5. Botiq linzada buyumning tasviri qanday bo'ladi?
mavhum, to'g'ri va kattalashgan;
haqiqiy, to'g'ri va kichiklashgan;
haqiqiy, to'g'ri va kattalashgan;
haqiqiy, to'nkarilgan va kichiklashgan.
6. Buyumni qavariq linzadan F va 2F masofaga qo'yilsa tasviri qanday bo'ladi?
mavhum, to'g'ri va kattalashgan;
haqiqiy, to'g'ri va kichiklashgan;
haqiqiy, to'g'ri va kattalashgan;
haqiqiy, to'nkarilgan va kattalashgan.
7. Fokus masofasi 2,5 sm bo'lgan lupadan foydalanib buyumni necha marta kattalashtirish mumkin?
A) 10; B)0,1; C) 100; D)1.
8. Quyidagilardan qaysilari yorug'likning sun'iy manbalariga kiradi?
1. Oy; 2. Quyosh; 3. Yulduzlar; 4. Elektr lampochkasi; 5. Yaltiroq qo'ng'iz; 6. Yaltirab ko'rinadigan yo'l belgilari.
A) 1,2,3; B)3, 4, 5; C)1,5, 6; D)1,3, 6.
9. Oy yer atrofida qancha vaqt davomida bir marta aylanib chiqadi?
A) 26 sutkada; B) 27 sutkada 7 soat 43 minut;
C) 27 sutkada; D) 26 sutkada 7 soat 43 minutda.
10. Buyum orqasida qaysi holda yarim soya hosil bo'ladi?
Buyum bitta yorug'lik manbayi bilan yoritilganda;
Buyum ikkita yorug'lik manbayi bilan yoritilganda;
C) Buyum bilan bir to'g'ri chiziqda joylashadigan ikkita yorug'lik bilan yoritilganda;
D) Buyum o'lchamlari, yorug'lik manbayi o'lchamlariga nisbatan ancha katta bo'lganda.
|