|
Matematikani o‘qitishni tashkil etish metodlari. Sinf dars sitemasi va uning turli ko‘rinishlari
|
Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 42,5 Kb. | | #121469 |
Bog'liq Matematikani o‘qitishni tashkil etish metodlari. Sinf dars sitem
Matematika o‘kitishni tashkil etish uslublari, sinf dars sitemasi
Reja:
Matematikani o‘qitishni tashkil etish metodlari.
Sinf dars sitemasi va uning turli ko‘rinishlari
Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida asosan sinf dars sistemasi ishlatiladi, ayrim boshlang‘ich hunar ta’limi maktablarida hamda alohida kolllejlarida ustoz-shogird sistemasi ishlatilishi mumkin. Lekin birinchi tur sistemada asosan – o‘tilganlarni faollatirish yangi tushunchani va amallarni shakllantirish ko‘nikma va malakani tadbiq etish va shakllantirish – didaktik sistemadan foydalaniladi. Bu didaktik sistemani amalga oshirish uchun bevosita dars turlari ishlatiladi.
Ular :
Yangi o‘kuv materialini o‘rganish darsi – a) leksiya darsi b) suhbat darsi v) nazariy va amaliy o‘kuv materialini mustaqil o‘rganish darsi g) aralash dars d) kino –dars
Bilim, ko‘nikma va malakani takomillashtirish darsi – a) Reproduktiv mustaqil ishlash darsi b) laboratoriya darsi v) amaliy dars g) ekskursiya darsi d) seminar darsi.
Umumlashtirish va sistemalashtirish darsi.
Kombinatsiyalashgan darslar bo‘lib bu ikki tur darslar ham o‘zida besh xil ko‘rinishni saqlaydi.
Bilimni nazorat qilish darsi – a) Og‘zaki so‘rash b) yozma ish o‘tkazish darsi v) zachet darsi (reytingini aniqlash) g) aralash dars (birinchi uch tasi ham ishtirok etadi). Bu darslar asosan o‘quvchilar reytingini ko‘tarish darslari orqali ma’lumdir. Bu darslarni tashkil etish va o‘tkazishda foydalaniladigan metodlar mavjud bo‘lib u metodlar quyidagicha bo‘limlarga bo‘linadi.
O‘qitish metodlari:
a) monologik, b) dialogik, v) ko‘rsatmalilik, g) evretik, d) tekshirish, ye) algoritmik, r) dasturlashgan.
II. O‘rgatish metodlari:
a) bajaruvchanlik, b) reproduktiv, v) qisman izlanuvchanlik, g) izlanuvchanlik, d) amaliy
III. Dars berish metodlari: a) Axborotlarni bayon qilish, b) tushuntirish, v) stimullashtirish, g) faollashtirish, d) muammoli, ye) Blokli-modulli metodlar bo‘lishi bilan birga dars berish jarayonida binar metodlardan ham foydalaniladi, ya’ni A-o‘qitish metodlar V-o‘rgatish metodlari desak (A,V) yoki (A,V) – kortej binar metodni anglatadi. Agar dars berish metodlaridan muammoli metodni misol sifatida o‘rganilsa
7 holda
sxematik joylashishini ko‘rish mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki xar bir dars berish metodi o‘zining strukturaviy tuzulishiga ko‘ra tarkibida o‘qitish va o‘rgatish metodlaridan u yoki bu ko‘rinishda saqlashi mumkin ekan.
Matematikani o‘qitishda metodik struktura osti - , o‘tilganlarni takrorlash o‘tilganlarni faollashtirish eski bilimni yangi bilim darajasiga yangi bilimni, ko‘nikma va malakani bayon qilish yangi bilimni mustahkamlash yangi va eski bilimni bog‘lash umumlashgan bilimni tadbiqiy tekisligini hosil qilish uyga vazifa berish – kabi strukturani qaralsa bu struktura matematika o‘qituvchisini ish faoliyatini ma’lum tarzda tartibga solishi bilan birga uni o‘zining ustida ishlashiga ham masuliyat yuklaydi.
Matematikani o‘qitishda xar xil texnologiyalardan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Texnos-hunar, logos-fan degan ma’noni anglatishi bevosita texnologiyani hunar fani mazmunini anglatishini bilamiz. Texnikada texnologiya deb-ma’lum vaqt birligi ichida mehnat qurollari yordamida mehnat vositalaridan foydalanib maxsulotni yaratilishiga aytiladi. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitish o‘rgatish vositalari yordamida o‘quvchi shaxsiga ta’sir qilish asosida uning shaxs sifatlarini o‘zgartirish yoki rivojlantirishga aytilishi juda ko‘p xorijiy adabiyotlarda keltirilgan. Lekin, shu o‘qitish va o‘rgatish vositalarini xar doim ham popilishi va kerakli o‘rinda foydalanishi shu o‘qitish va o‘rgatish texnologiyalarini loyihalashtirilishi va uni samarali ishlashini ta’sinlanishi xar doim xam unumli bajarilishini amalga oshirish qiyindir. Shuning uchun ham o‘qituvchi har bir loyixalashtirilayotgan texnologiyani pedagogik injeneriya nuqtai nazaridan puxta tuzgan bo‘lishi va metodik, didaktik talablarga to‘liq javob berishi xar doim talab qilinadi. Masalan, akademik litseylarning o‘quv dasturlarining birinchi kurslarida «Logorifm» tushunchasining mavzusi o‘qitiladi. Agar shu «Logorifm» mavzusi uchun o‘qitish texnologiyasini loyixalashtirsak uni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
Ko‘rsatkichli funksiya va uning xossalari, ko‘rsatkichli tenglama va uning turlari, ga ta’luqli fikrlarni qaytarish . Bu o‘tilganlarni faollashtirib yangi mavzuga o‘quvchilarni tayyorlash va Yangi mavzu logarifmga ta’rif berish yoki a ni v ga ko‘tarish kerak bo‘lgan daraja ko‘rsatkichi ekanini tushuntirish ishoralarini o‘rganish ni ratsional va irratsional son bo‘lish xolatlarini o‘rganish formulani xosil qilish bilan birga larni o‘rganish Bu mavzuni mustaxkamlovchi misollardan namunalar keltirish uyga vazifa berish. Bu keltirilgan ketma ketlik o‘ziga xos o‘qitish texnologiyasini hosil qilish bilan birga shu amalni o‘quvchilar ongida uzoq saqlanishini e’tiborga olgan holda bir necha qoidalar keltirib chiqariladiki o‘quvchilar bu qoidalar va formulalar asosida xar qanday logarifmik ifodalarning ustida ayniy almashtirishlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Umuman sinf dars sistemasi asosida o‘quvchilarga bilim berish jarayoni samarali o‘tishi uchun o‘qituvchi qaysi metodlar ketma-ketligini tanlanilishiga yoki eng samarali o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirilishiga ham bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin ekan.
|
| |