|
I.IIUmumiy o’rta ta`limda kasbga yo’naltirish ishlarining tuzilmasi va mazmuni
|
bet | 2/2 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 91,29 Kb. | | #129366 |
Bog'liq Metodika (1)I.IIUmumiy o’rta ta`limda kasbga yo’naltirish ishlarining tuzilmasi va mazmuni
Umumiy o’rta ta`lim maktablarini bitirgan o’quvchilarning taxminan 90% kasb-hunar kollejlariga, 10% esa akademik litseylarga o’qishga borishlari mo’ljallangan. Bunday ijtimoiy talablarni qondirish maqsadida maktabda kasbga yo’naltirish yuzasidan olib boriladigan ishlarni mazmunan yangilash, izchil yo’lga qo’yish zarurligi yuzaga kelmoqda. Dars jarayonida xalq ho’jaligida bevosita ishlab chiqarish bilan mashg`ul mehnat ahllariga hurmat va izzat tuyg`ularini singdirib borishga alohida e`tibor qaratish lozim.
Kasb-hunarga yo’llash bo’yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va metodlari o’quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi lozimdir
Maktabda kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini yo’lga qo’yishda an`anaviy amaliy mashg`ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik o’yin, konferentsiya, mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari bilan birgalikda o’tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi.
Umumiy o’rta ta`lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga yo’naltirish bo’yicha mashg`ulotlar 8-9 sinflarda amalga oshiriladi. 8-sinfda kasblar haqida ―O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limidagi tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi‖ asosida axborot berish davom ettirilishi bilan bir qatorda o’quvchilarga kasb egallash yo’llari, kasb tanlashda tibbiy nomuvofiqliklar, kasbga yaroqlilik va hokazolar tushunchalari berib beriladi
Maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish birgina mehnat ta`limi o’qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamoasining, mahalla, ota-onalar, jamoatchilikning birgalikdagi ishidir. Maktabda fan o’qituvchilari mavzuni yoritish jarayonida kasblar bilan bog`lab o’tishsa, maktab psixologi va rahbariyati o’quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda ta`lim-tarbiya ishlarini olib borishsagina o’quvchilarga kasb tanlashlarida ko’mak bergan bo’lishadi. SHu bilan birga takrorlash zarurki, magistrlar O’zbekiston Respublikasida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ning qabul qilinishi o’quvchi yoshlarni va aholini kasb-hunarga yo’naltirish tizimini takomillashtirish – ish o’rinlarini bo’shab qolish jarayonlari jadallashadigan va ishchilarning malakalariga qo’yiladigan sifat talablari oshib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Aholini ratsional va samarali bandligini ta`minlashdagi kasb-hunarga yo’naltirishning asosiy roli shundan iboratki, yoshlar va aholi tomonidan kasbning ongli va ilmiy asoslangan tanlovi ularni mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishishda zamin yaratadi, iqtisodiyot sohalaridagi kasb-hunarga bo’lgan mavjud ehtiyojlarni hisobga olgan holda mehnat resurslarini oqilona taqsimlaydi hamda insonlarning ish qidirish, ta`lim va kasbiy faoliyat turini tanlashlaridagi zo’riqish holatlarini oldini olishga yordam beradi.
Bu borada asosiy yo’nalish qilib, O’zbekiston Respublikasining ―Ta`lim to’g`risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖, halqaro mehnat tashkilotining Nizomlari, konventsiyalari va takliflar, bir qator boshqa hujjatlar, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning bu sohadagi ishlarining amaliy tajribalari asos qilib olindi.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlari O’zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligining o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazlari tomonidan bosqichma-bosqich va muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan rasmiy jihatdan qabul qilingan qarorlardan birida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish yuzasidan umumiy qoidalarda quyidagilar ta`kidlangan:
1. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli ―O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta`limni tashkil etish to’g`risida‖gi Qaroriga asosan tashkil etilgan.
2. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi har bir tuman, shahar xalq ta`limi bo’limlari tuzilmasida, o’z hududlari doirasida bolalar rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashhis qo’yish, ularning qobiliyati va moyilligini aniqlash, bolani 6 yoshdan boshlab maktabga qabul qilish to’g`risida tavsiyanomalar berish, o’quvchilarni har yili tibbiy-pedagogik tekshirishlardan o’tkazish, bolalarga va ota-onalarga o’quvchilarni o’qitishda, tarbiyalashda va ijtimoiy moslashtirishda psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish, shuningdek, maktab o’quvchilariga, ularning qobiliyatlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlarini va ko’nikmalarini hisobga olgan holda, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejidagi ta`lim yo’nalishini tanlashda ko’maklashish maqsadida tuzilgan.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi va u orqali boshqa tashkilotlarning ilmiy-metodik rahbarligida:
- o’quvchilarning kasb-hunarga layoqat yo’nalishlari va qobiliyatlari darajasini tashhis etish ishlarini maktablarda muntazam ravishda olib borilishini;
- har bir o’quvchi haqida uning qiziqishlari, intilish va layoqatlari, erishgan yutuq va kamchiliklari, aqliy va umumiy rivojlanishi haqidagi ko’p yillik psixologik va pedagogik tashhis ma`lumotlari bankini tashkil etilishi, tartibga keltirilishi, maxsus daftar va dasturlar yordamida qayd etib borilishini;
- Kasb-hunar klassifikatori va hududda mavjud bo’lgan o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi yo’nalishlari bo’yicha axborot to’playdi va targ`ibot qilishni tashkil etadi.
Maktab pedagogika kengashi bilan birgalikda attestatsiya yakunlariga ko’ra 9 sinflarning bitiruvchilari o’qishni akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida davom ettirish to’g`risida asosli tavsiyanomalar beradi.
YAngi tashxis metodikalarining yaratilishida, sinab ko’rilishida tajriba maydonchasi vazifasini o’taydi, metodik va ommabop qo’llanmalar yaratishda ishtirok etadi.
Markaz ta`lim muassasalarining tibbiy-sanitariya holatini nazorat etadi, ularning tegishli mutaxassislar bilan ta`minlanishida xalq ta`limi va sog`liqni saqlash bo’limlari, maktablar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi, davriy ravishda ularning hisobotlarini talab etadi, davlat va jamoatchilik tashkilotlari bilan bajarilishi lozim bo’lgan faoliyatlarni muvofiqlashtiradi.
Ta`limda iqtidorli bolalarning rivojlanishini maktab psixologlari orqali nazorat qiladi, iste`dodli deb topilgan o’quvchi-yoshlarning hududiy bankini yaratadi. Ularning ijtimoiy-oilaviy muhiti haqida ma`lumotlar yig`ishni tashkil qiladi, intellekt ko’rsatkichlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlarini va ko’nikmalarini hisobga oladi, ehtiyojga qarab tegishli metodik, psixologik, tibbiy yordam usullarini qo’llaydi.
Maktablar va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida bolalar va yoshlarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishda, kasb-hunarga yo’naltiruvchi tadbirlarning o’tkazilishida metodik va amaliy yordam beradi, qilingan ishlar natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi. O’z hududi doirasida mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni Mehnat vazirligining bo’linmasi orqali oladi, o’rganadi va zarur bo’lgan kasb-hunarlar haqida maktablardagi kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassislar bilan maxsus kechalar, suhbat va ko’rik-tanlovlar, turli musobaqalar uyushtirishda yordam ko’rsatadi.
Ko’pgina olimlar o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, maktab o’quvchilarining taxminan 30 foizida tanlangan kasbga nisbatan barqaror qiziqishlar boshlang`ich sinflardayoq shakllanar ekan. O’qituvchining vazifasi - o’quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashdan va jamiyat talab-ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarini rivojlantirishdan, inson shaxsini har tomonlama uyg`un kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
SHu bilan birga darslarda bolalar odamlar mehnat faoliyatining asosiy sohalari bilan, ularning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga ko’maklashuvchi sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga oid eng ko’p tarqalgan kasblar bilan tanishtiriladi. O’qituvchi ilgari tuzgan kasbga yo’naltirish rejasiga muvofiq tarzda dars reja-konspektini yoza turib, kasbga yo’naltirish darsi oldiga maqsad qo’yib, kasbga yo’naltirishga oid ma`lumotlarni unga kiritadi. Bu esa biron-bir kasb, asbob, ishlab chiqarish texnologiyasi, muayyan mehnat operatsiyalarini o’rgatishdan, kasb jihatidan muhim xislatlarini tarbiyalashdan, o’quvchilarni ilgari belgilangan reja asosida o’rganishdan yoki ana shu tarkibiy qismlarning hammasini qo’shib olib borishdan iborat bo’lishi mumkin.
YUqori sinflarda o’quvchilar kasblar bilan professiogrammalar yordamida tanishadilar. kichik yoshdagi o’quvchilar uchun esa hiskoya qilib berish, suhbatlar o’tkazish, kasb namoyondalari bilan uchrashish, diafilmlar, kinofilmlar ko’rish, albomlarni ko’zdan kechirish, sayohatlar o’tkazish ko’proq maqbuldir.
Bu sohada olib borilayotgan barcha ish shakllaridan suhbat o’tkazish hammadan ko’p foydalanilmoqda. Suhbat bolalarning faol ishtirokida o’tishi muhimdir. SHu maqsadda o’qituvchi kasblar to’g`risida, ayniqsa ota-onalari, qarindoshlari yoki tanish-bilishlari mazkur kasblari haqida ma`lumotlar to’plash yuzasidan o’quvchilarga topshiriqlar berishi mumkin. suhbatlar hikoya qilib berish, fotosuratlarni namoyish qilish, ta`limning texnik vositalarini qo’llanish bilan to’ldirishi mumkin. Informatika va hisoblash texnikasi imkoniyatidan foydalanish ayniqsa muhimdir.
Kuzatish - o’quvchilarni o’rganishning keng ommalashgan metodidir. Bu metod muayyan maqsadni ko’zlaydi, ish reja asosida olib boriladi, kuzatishning yakunlovchi natijalari qayd qilinadi. Mehnat ta`limi darslari kuzatish o’tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Diagnostik suhbatlar o’tkazish ham qo’llaniladi. Bunday suhbatlar yakka tartibda yoki jamoa tarzida o’tkazilishi mumkin.
O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash - butun pedagoglar jamoasining, ota-onalar va zavod jamoatchiligining ko’p yillik ta`lim-tarbiya ishidir. YOshlarni ma`naviy -psixologik jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni har tomonlama kamol toptirishning o’zaro bog`liq jarayoni deb qaraladi, bu jarayonda qobiliyat va e`tiqod bilan birga o’smirning shaxsi harakatlantiruvchi kuch kuch sifatida namoyon bo’ladi.
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va maktab yoshlarni boshlang`ich ishlab chiqarish tayyorgarligini kengaytirish bilan uzviy bog`liq bo’lishi ishchi kasblarini egallashga yo’naltirishning hal qiluvchi shartidir.
I.III. Ta`lim jarayoni kasbiy yo’nalganligini ta`minlash
Ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli sohalar bo’yicha etuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asarlarida va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta e`tibor berilgani bejiz emas.
Bu vazifani hal qilishda yoshlarni to’g`ri kasb tanlashga yo’llash, ularga to’g`ri maslahatlar ko’rsatish va o’z ijodiy qobiliyatlari darajasidagi kasbni egallashlari uchun shart-sharoit yaratish lozim.
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun kasb tanlashga ta`sir etuvchi omillar mohiyatini bilmoq lozim. Bular quyidagilardan iborat:
1.Ta`lim — tarbiya tizimida kasbga yullash faoliyatining mazmuni metodikalari majmuasini mukammal ravishda mujassamlashganligi.
Maktab ma`muriyati, sinf rahbariyatlari, amaliy psixolog va kasbga yo’llovchi fan o’qituvchilarining ish rejasida mazkur masala joy olganligi. SHuningdek, bu muammoga taalluqli ishlar, tadbirlar izchil amalga oshirilib turilishi, ularning ta`sirchanligiga e`tiborning ortishi tufayli o’quvchi yoshlar orasida bu sohada tasavvur ko’lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan chekinib, umumiy va zaruriy masala
2. O’quvchilarning kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyati hamkorligi va samaradorligi.
Alohida olingan fan o’qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari jamlanmasi hamkorlik ish rejasyda kasbga yo’llash masalasining izchil ravishda qo’yilishi, har bir mavzu bo’yicha muloha almashishda, qaysi fan bo’lishidan qat`iy nazar ixtisosga oid bilimlarga e`tibor berilishi kasbiy tasavvurni vujudga keltiradi. Kasb - hunar mohiyati bilan tanishish unga nisbatan qiziqishni uyg`otadi, mustaqil bilim olishga ishtiyoq paydo bo’ladi va odat maromiga aylana boradi. Maxsus tadbirlar o’tkazilishi, kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motivlar va motivatsiyalarni takomillashtirada, moyillik tuyg`usini uyg`otadi.
3. Sinf rahbarining ota - onalar bilan xamkorligini ongli kasb tanlash negizi ekanligi.
Sinf rahbari ota - onalar bilan individual va guruxlik hamkorlikni amalga oshirishda quyidagilarga e`tibor qilsa, yuqori ko’rsatgichga erishishi mumkin: o’kuv faninig kasb tanlash bilan bog`liqligi, kasbning nufuzi, kasb tanlashning psixologik asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, havas, qobiliyat, iste`dod kasbga yo’llashning asosiy maqsadi va vazifalari, proffessiogramma mohiyati, kadrlarga va mutaxassislarga nisbatan extiyoj darajalari, kasbning ijtimoiy ahamiyati, layoqatining umumiy va xususiy ko’rinishlari, o’quvchilar individual xususiyatlari, ilmiy manbalari, maktab psixologining bu sohadagi funktsiyasi va boshqalar.
4. Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki. YOshlar tashkiloti faoliyatida kasb tanlash masalasining ustivorligi, o’quvchilarning turli fondlarga jalb qilinishi, iste`dodlarning saralanishi, mukofotga tortilishi, moddiy va ma`naviy taqdirlanishi kabilar
5. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb tanlashning alohida ajratilib ko’rsatilishi.
6. Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlarida ommaviy va keng ko’lamda ishlar yo’lga qo’yilishi.
7. Maxsus muassasalar faoliyati.
8. Kasbga oid ko’rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi.
9. Ijodkor, nufuzli, mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi.
10. Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniening ishtiroki.
Kasbga yo’llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni bosqichma bosqich amalga oshirish ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da alohida o’rin egallaydi.
Yuqorida kasb tanlashga yo’llash omillari faoliyatini hamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari yetaklaydi.
Bu borada ta`kidlash zarurki, magistrantlar o’zining ilmiy izlanishi va ilmiy-pedagogik faoliyatlarida O’zbekiston mustaqillik davrining dastlabki paytidan qabul qilingan ―Ta`lim to’g`risida‖gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 may, 203-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Umumiy o’rta ta`lim dasturlarini tayyorlash, sinab ko’rish va joriy etish bo’yicha Respublika komissiyasi‖ning 1998 yil 26 maydagi yig`ilishi Bayon qaroriga ko’ra hamda ta`lim standartlari va uning asosida ishlab chiqilgan tajriba o’quv dasturlarini ta`lim jarayonida sinab ko’rish mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta`limni isloh qilish yuzasidan tashkil etilgan tadbirdir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta`lim islohotiga taaluqli bo’lgan qarorlari ijrosi yuzasidan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni pedagogik amaliyotga joriy etish yo’llarini belgilashda:
1. O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy, ijtimoiy, iqtisodiy va milliy-madaniy xususiyatlarini hisobga olib, umumiy o’rta ta`limda tajriba-sinov ishlarining yangicha pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi;
2. Umumiy o’rta ta`limda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilimlarini oshirib borishlari, asosiy o’quv ilmiy va umummadaniy bilimlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish zaminida har bir fanning tajriba-tekshiruv faoliyatini tashkillashtirish lozimligini ta`kidlanadi.
3. Tajriba-sinov materiallaridan amaliyotda foydalanish haqida ob`ektiv baholash va xulosa chiqarish talab etiladi.
4. Tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida bolalarda ro’y beradigan hamma o’zgarishlarni yozma qayd qilib borish tavsiya etiladi.
5. Bolalar faoliyatini faollashtirib ularning erkin fikrlashlarini va har tomonlama kamol topishlarini ta`minlash, o’quv tarbiya jarayonining asosiy negizi deb hisoblanadi.
6. Bolalarning imkoniyatlarini, iqtidorlarini hisobga olib, ularda o’qishga hoxish-istaklarini uyg`otish, ma`naviy yuksalish darajasiga ko’tarishni ta`kidlaydi.
7. Umumta`lim maktablari o’quvchilarida bilim berish jarayonida fanlar majmuasida mehnat ta`limi va kasb tanlash negizidagi bilimlarni, malaka va tushunchalar tizimini, ijodiy faoliyat tajribasini, shaxsning muhim sifatlarini shakllantirish zarurligini ta`kidlanadi.
8. Tajriba-sinov jarayonida sodir bo’ladigan har bir tasodif va o’zgarishlarni qayd qilib borishni talab etiladi.
SHu asoslarga tayangan holda magistrantlar o’qish jarayonini kasbiy yo’nalganligini ta`minlashga qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Bu borada barcha umumta`lim fanlari, ayniqsa mehnat ta`limi negizidagi o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish imkoniyatlaridan to’la va unumli holatda foydalanish muhimdir.
Bu borada ta`kidlash zarurki, magistrantlar qayd etilgan 1-9 sinflar bo’yicha mehnat ta`limi, kasbga yo’llash hamda kasbkorlikka xos materiallarni, o’zlarining ilmiy izlanish va ilmiy-pedagogik faoliyatlari nuqtai nazaridan ―Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi‖ faniga xos: pedagogik fanlar tuzilmasi, undagi mantiqiy hamda tarixiy-pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishning shakl va metodlari; tadqiqotlarni amalga oshirishda tizimli yondoshuv va majmuaviy tadqiqotlarni amalga oshirish texnologiyaga binoan yakunlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Mazkur izlanishda o’quvchilar kasb tanlash, kasbga yo’naltirish, tanlagan kasbiga moslashtirish kontseptsiyalarini modellashtirish ishlarini bajarishiga alohida e`tiborni kuchaytirishlari lozim. Ularning diqqati kasbiy-pedagogik bilimdonlikka yo’nalgan bo’lishi lozim.
Kasbiy- pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon mantig`ining yaxlitligiga va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko’ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonunityalari va yo’nalishlarini tushunish imkoniyatini ta`minlaydi, maqsadga muvofiq faoliyatini konstruktsiyalashni osonlashtiradi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik asosan to’rtta komponenti bilan tavsiflanadi:
SHaxsga, insonga yo’nalganlik;
Pedagogik voqeolikni izchil idrok etashi;
Fan sohasiga yo’nalganlik;
Pedagogik texnologiyalarni egallash.
Kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) - kasbiy ishning butun tizimida yakunlovchi bosqichdir. Ayni shu bosqichda xodimning tanlagan kasbga uzil-kesil muvofiqligi yoki nomuvofiqligi aniqlanadi. Lekin kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) metodlaridan kasbga yo’naltirishning faqat yakunlovchi bosqichida foydalanish mumkin, deb hisoblash noto’g`ri bo’lur edi. U yoki bu kasbning egallagani holda dastlabki tibbiy-fiziologik va psixologik ko’rikdan o’tmagan yigit yoxud qizga tanlagan kasbi zid bo’lishi ham mumkin. SHu boisdan kasb tanlash boshlang`ich bosqichda ham, shuningdek yakunlovchi bosqichda ham o’tkazilishi lozim. Kasbga yaroqlilik - mazkur kishining ushbu kasb bo’yicha mehnat vazifalarini bajarishi uchun yaroqli yoki yaroqsizligini qayot qilishdangina iborat emas, albatta.
Kasbga yaroqlilikni boshqa jihatdan ham:
1) odam o’zi tanlagan kasbga yaroqlimi yoki yo’qligi;
2) hayot yo’lini tanlagan chog`da u nimalarga amal qilishi lozimligi;
3) uni o’qitish masalasiga qanday qilib bir muncha oqilona yondashish, ya`ni unda kasbga yaroqlilikni qanday qilib g`oyat maqsadga muvofiq tarzda shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish mumkinligi jihatidan ham ko’rib chiqish kerak.
II Bob Informatika va axborot texnologiyalari darslari orqali o’quvchilarni kasbga yo’naltirish
II.I INFORMATIKA FANLARINI KASBGA YO‘NALTIRISH
Informаtikа fаnini o’qitishning bosh mаqsаdi o’quvchilаrgа informаtikа vа аxborot texnologiyalаrini kаsbgа yo’nаltirilgаn holdа o’qitish, аsosаn ulаrning аmаliy jihаtlаri hаqidа bilim berish, zаmonаviy kompyuterlаrning dаsturiy tа’minoti, shu jumlаdаn, аmаliy vа xizmаt ko’rsаtuvchi dаsturlаr bilаn ishlаsh mаlаkаsini hosil qilish, аxborot–kommunikаtsiya texnologiyalаridаn o’z kаsbiy fаoliyatlаridа unumli foydаlаnа olish ko’nikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntirishdаn iborаt bo`lib, bular informatika fani o`qituvchisining oldiga bir qator vazifalarni qo`yadi.
Informatika o`qituvchisining vаzifаsi bo’lаjаk mutаxаssislаrgа informаtikа vа аxborot texnologiyalаrini kаsbiy fаoliyatidа sаmаrаli foydаlаnа olаdigаn dаrаjаdа o’rgаtish, shu sohаdа mukаmmаl to’liq bilim berilishini tа’minlаshdаn iborаtdir.
Informatika va axborot texnologiyalari kursini kasbga yo’naltirib o’qitishga, informatikaning amaliy jixatlarini muayyan faoliyat soxasiga tadbiqan o’rganish kiradi. Bunday ta’lim berishdan maqsad predmet soxasini informatika va axborot texnologiyalari atamalari bo’yicha taxlil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari, qurilmalar va dasturiy vositalardan foydalanib kasbga yo’naltirilgan vazifalarni qo’yish va yechishdan iborat. Informatika va axborot texnologiyalarini kasbga yo’naltirilgan holda ta’lim berish jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, ya’ni axborot texnologiyalarining rivojlanishi har bir sohaga innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi bu sohalarini ma’lum yo’nalishda o’zgartirishlarga olib kelmoqda.
Kasbga yo’naltirilgan holda o’qitish talabani ixtisoslikka bo’lgan har tomonlama talabni qanoatlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalari pedagog va talabaning hamkorligiga, psixologik pedogogik shart sharoitlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Informatika va axborot texnologiyalari kursini kasbga yo’naltirilgan holda o’qitish, maishiy xizmat soxasi hamda o’quv pedagogik jarayoni amaliy uzviy bog’langanini ko’rsatadi. Kurs amaliy xususiyatga ega bo’lgani bois, Informatika va axborot texnologiyalari kasbiy vazifalarni yechish uchun xizmat soxalariga tahluqli axborot bilan ishlashda vositalar sifatida qaraladi va qo’llaniladi.
Kasbga yo’naltirilgan informatika va axbrot texnologiyalarni o’qitishda pedogogik texnologiyalarga to’xtaladigan bo’lsak, yapon olimi Sokomota aytganidek, “Pedogogik texnologiya o’quv jarayonini muayyan bir jarayonga keltirishdir, degan. Demak, kelib chiqadiki pedogogning ta’lim berish texnologiyasi o’quv jarayonini muayyan bir tizimga keltirishi yoki o’qitayotgan fanning zamon talabiga ko’ra o’zgartirishlar kiritilishi mumkinligidan dalolat beradi. Bizning holatimizda o’quvchilarga “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o’qitishda, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini maishiy xizmat soxasiga moslashtirish vazifasi turibdi.
Amaliy mashg’ulotlarga talabalarning kasbiy faoliyatini oshirish maqsadida axborot qidiruv tizimlari taqdim qilinadi. Axborot qidiruv tizimlarining ahamiyati o’sib borayotgan bir zamonda, biror kasbga doir xujjatning yangi tahrirdagi variantini qidirib topish amaliyotdagi malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot tizimi axborot to’plash, saqlash, qidirish, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridan tashkil topadi. Qo’llanish sohasidan qatiy nazar, axborot tizimlarining umumiy tuzilishi, uni ta’minlovchi ba’zi tizimlarni texnik, dasturiy, axborot, tashkiliy va huquqiy ta’minotlar to’plami sifatida qabul qilish mumkin.
MS Word, MS Excel va MS Power Point amaliy dasturlarni o’qitish davrida yuqorida keltirilgan axborot tizimlarini har bir amaliy dasturlarga qo’llash informatika va axborot texnologiyalari fani ixtisoslikka yo’naltirilgan holda o’qitiladi. MS Word amaliy dasturida ishlashga o’rganilayotganda axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni olish ularni tahlil qilish va saqlashga o’rgatish mumkin. Bunda talaba MS Word amaliy dasturda ishlashga o’rganadi va shu davrning o’zida axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni olishga, saqlashga, tahlil qilishga o’rgatiladi. Bunday amaliy bajarilgan vazifalar natijasida talaba kelajakda egallaydigan kasbiga tayyorlanib boradi.
Amaliy dasturlarda talabaga fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiruvchi, uni qiziqtiradigan mavzularga oid topshiriqlar ishlab chiqilib beriladi.
Ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni amalga oshirish ham keng imkoniyatlar yaratadi. Ayni paytda bu o’qishga rag’batni kuchaytirish imkonini beradi, chunki talabalar maxsus kasbiga oid vazifani yechishni o’rganish mobaynida natijasini juda tez ko’radi.
O’qitish jarayonida o’quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarning qo’llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas’uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, taxlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi mustaqil o’qishga, o’zi tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo’llashni taqozo etadi. Ular juda hilma-xildir va bu metodlar yoki o’qitishning samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchi-talabalarning mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashini shakllantirishga, kasb tanlash imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Mashg’ulotlarni olib borishda quyidagi interfaol usullardan foydalanish maqsadga muvofiq:“T- sxema”, “Aqliy xujum”, “Tarmoqlar(klaster) usuli”, “Venn diogrammasi”, “Keys stadi”, “Loyihalar usuli”. Ushbu texnologiya va interfaol usullardan, shuningdek turli didaktik va texnik vositalar, multimedia vositalaridan foydalanishni oldindan texnologik kartalarda va ta’lim texnologiyalarida rejalashtirib qo’yish maqsadga muvofiq. Quyida “Tarmoqlar(klaster) usuli” ga misol.
Turli xil bilish faoliyat bosqichlarida o’quvchilarning o’qish faoliyatini faollashtirish vositalaridan biri didaktik o’yinlardir. Didaktik o’yinning maqsadi o’yin xatti-harakatlarining xissiy rang-barangligi hisobidan bilish qiziqishini rivojlantirish bo’lib hisoblanadi. Bunday o’yin harakatlarini o’rganilayotgan hodisa, jarayonlarni ramziy tarzda modellashtirishga asoslanadi. O’yin o’tkazish natijasida o’quvchilarda aniq bilimlar, muayyan qobiliyat, malakalar shakllanadi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini didaktik o’yinlardan foydalanib o’qitishda o’quvchilarning ruhiy xolati, bilish qobiliyatlari, nutqi, tengdoshlar va kattalar bilan muloqot tajribasining har tomonlama rivojlanishiga ko’maklashishi, o’quv mashg’ulotlariga qiziqish uyg’otishi, o’quv faoliyati bilim va malakalarini shakllantirishi, natijalarni tahlil qilish va taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishni o’rganishda yordam berishiga e’tibor qaratish lozim. O’yinlarni o’tkazish jarayonida o’quvchining aqliy faoliyati fanlarga nisbatan uning harakatlari bilan bog’liq bo’lishi kerak.
II.II O’quvchilarini kasbga yo’naltirish va mutaxassislik kasbiga oid bilimlarini informatika va axborot texnologiyalari fani asosida rivojlantirishning nazariy asoslari.
|
| |