• Kalit so`zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
  • Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi oʻzgarishlar va ularni tarkibi tahlillari Musurmonov Hasan Sherqul oʻgʻli




    Download 17,87 Kb.
    Sana16.05.2024
    Hajmi17,87 Kb.
    #239078
    Bog'liq
    mahaliy tezis 2


    Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi oʻzgarishlar va ularni tarkibi tahlillari
    Musurmonov Hasan Sherqul oʻgʻli
    Guliston davlat universiteti


    Annotatsiya. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni taʼminlash, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson sogʻligʻiga, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishni yanada kuchaytirish zarurati mavjud. Oʻsimliklar, tabiatning eng muhim qismi boʻlib, bizga nafas olish uchun zarur boʻlgan oksigen yetishtirishda muhim rol oʻynaydi. Oʻsimliklarni himoya qilish, ekologiya sohasida katta ahamiyatga ega boʻlib, oxir-oxiriga yanayamizning hayotini taʼminlashda ham muhim vazifani oʻzida olgan.
    Kalit so`zlar: zararkunandalar, kasalliklar, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligida, botanika, mikologiya, bakteriologiya, virusologiya.
    Kirish. Oʻsimliklarni himoya qilish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qishloq xoʻjaligi fanlarining bir sohasi; oʻsimliklarga zararkunanda, kasalliklar, begona oʻtlar yetkazadigan zararni oʻrganadi va uning oldini olish hamda bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqadi; qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni yoʻq qilish uchun ishlab chiqiladigan tadbirlar tizimi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yoʻq qilish yoki ular faoliyatini chegaralab qoʻyishdangina emas, balki ularning paydo boʻlish muddatlari va tarqalish koʻlamini oldindan aniqlash, shuningdek, eng xavfli zararkunandalarning bir hududdan boshqasiga tarqalishining oldini olishdan ham iborat. Oʻsimliklarni himoya qilishq. qishloq xoʻjaligi entomologiyasi, fitopatologiya, botanika, mikologiya, bakteriologiya, virusologiya, ekologiya, biotsenologiya, kimyo, biokimyo, hayvonlar va oʻsimliklar fiziologiyasi, fizika, biofizika, genetika, seleksiya, toksikologiya va boshqalar fanlar maʼlumotlariga asoslanadi. Oʻsimliklarning zararkunanda va kasalliklari, begona oʻtlar ekinlarga, xususan, hosilga katta zarar yetkazadi. Shu sababli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda, ularni saqlab qolishda Oʻsimliklarni himoya qilishq. muhim rol oʻynaydi. Zararkunanda va kasalliklarning oʻsimliklarga yetkazadigan zarari qadimdan maʼlum.
    Oʻsimliklar va ularning tarkibi tahlillari sohasida oʻzgarishlar har kuni osonlik bilan koʻrinadi. Ilgari tabiy oʻrmon, dorilar va pestitsidlar oʻsimliklarga zarar keltirish uchun qoʻllanilardan biri edi. Ammo, hozirgi zamon texnologiyalari oʻzgarishlarga olib keldi va tabiatni himoya qilishda yangi usullar paydo boʻldi. Oʻsimliklar tarkibi tahlillari, ularning salomatligi va shifobaxshilik hosil qilishda katta ahamiyatga ega. Bu tahlillar yordamida oʻsimliklar uchun zararli boʻlgan elementlar aniqlanadi va ularning qanday davolash kerakligi aniqlanadi.
    Mavjud texnologiyalar oʻsimliklar tarkibi tahlillari sohasida muhim oʻzgarishlarni kiritdi. DNA tahlili, oʻsimlik genetikasi va ularning oʻsishi haqida koʻproq maʼlumot beradi. Bu esa, oʻsimliklar uchun eng mos ekologik muhitni yaratishda va ularni muhofaza qilishda yordam beradi.
    Yana bir muhim tahlil turi, mineral tarkibining aniqlanishi hisoblanadi. Bu tahlil yordamida, oʻsimliklar uchun zarur boʻlgan moddalar aniqlanadi va ularni toʻliq shifobaxshiliga yetkazish uchun kerakli tarkib hosil qilinadi.
    Himoya sohasida oʻsimliklar tarkibi tahlillari, tabiatni himoya qilishda muhim oʻrin tutadi va ekologik rivojlanishga yordam beradi.
    Hosilni samarali himoya qilishga zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda koʻpayishi prognozini tuzish, zararkunandalar miqsori hamda kasalliklar oʻchogʻini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida ekin, koʻchatlarni, shuningdek, begona oʻtlarni tekshiruvdan oʻtkazish, turli usul va vositalar qoʻllab oʻsimliklarga ishlov berish kabi choratadbirlar sistemasini rejali ravishda qoʻllab erishiladi. Zararkunanda, kasalliklar va begona oʻtlarga qarshi bir qancha kurash usullari qoʻllanadi. Oʻsimliklarni agrotexnik himoya usuli tashkiliyxoʻjalik va ekinlar parvarishining texnik usullari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash yoʻllari, yaʼni zararkunandalarning koʻpayishi va toʻplanishi, kasalliklarning rivojlanishiga qarshi kurash usullari (ekish muddati va usullari, tuproqqa ishlov berish, oʻgʻit solish normalari, begona oʻtlarga qarshi kurash, almashlab ekish, melioratsiya)ni oʻz ichiga oladi. Mexanik va fizik himoya usullarita zararkunandaning qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari ichiga kirishiga qarshilik qiluvchi usullar (zararkunandani tutib olish, kuydirish, muzlatish, suv bostirish, elektr toki taʼsirida yoʻq qilish va shu kabilar) kiradi. Zararkunandalarni jalb etib, soʻngra nobud qilish uchun yorugʻlik tutqichlari, shuningdek, organik birikmalar — attraktantlardai foydalaniladi.
    Xulosa. Maqola yakunida, oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi oʻzgarishlar va ularni tarkibi tahlillari, ekologik muhitni saqlash va uning sifatli muhofazasini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Bu sohada olib borilayotgan yangiliklar va texnologiyalar, tabiatni himoya qilishda muhim oʻrin tutadi va eng yuqori natijaga yetishishga yordam beradi.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

    1. “Biotexnologiya asoslari” fanidan ma’ruzalar matni N.A.Xo’jamshukurov., Toshmuxamedov.M.S., Nurmuxamedova V.Z. – Toshkent.: TKTI, 2013.

    2. Xamrayeva, N. (2020). Биоэкологические особенности и хозяйственное значение некоторых видов рода ALHAGI. Архив Научных Публикаций JSPI.

    3. X.X. Kimsanboev va boshqalar, “O’simliklarni kimyoviy himoya qilish” Toshkent, O’qituvchi

    Download 17,87 Kb.




    Download 17,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi oʻzgarishlar va ularni tarkibi tahlillari Musurmonov Hasan Sherqul oʻgʻli

    Download 17,87 Kb.