|
-MAVZU. ERTA NIKOH, ERTA TUGʻRIQ VA QARINDOSH-URUGʻLAR ORASIDAGI NIKOHNING SABAB VA OQIBATLARI
|
bet | 25/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)6-MAVZU. ERTA NIKOH, ERTA TUGʻRIQ VA QARINDOSH-URUGʻLAR ORASIDAGI NIKOHNING SABAB VA OQIBATLARI
Maqsad: Oʻquvchi yoshlarda erta turmushga chiqish, erta tugʻruq va qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari haqida bilim, koʻnikma hosil qilish.
Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy rivojlangan avlodni shakllantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlar oqibatida oʻlimlar qayd etilmoqda, nogiron bolalar tugʻilmoqda.
Erta turmush – bu juda murakkab muammo. Bu muammoning paydo boʻlishining asosiy sababi qizlarning kelajakdagi ijtimoiy roli muhimligini tushunmaslik, faqat uy ishlari va tarbiya bilan cheklash hisoblanadi. “Anʼanalar”, qashshoqlik va boshqa omillar, shu jumladan qurolli toʻqnashuvlar ham voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga chiqishiga sabab boʻladi.
Erta yoki bola nikohi – bu ikki kishining rasmiy yoki norasmiy birlashmasi, ulardan kamida bittasi 18 yoshga yetmasdan yoki ikkisi ham voyaga yetmasdan oila quradi.
Voyaga yetmagan er – xotinlar nikohga toʻliq rozilik bera olmaydilar, shuning uchun erta nikoh inson huquqlari va huquqlarining buzilishi deb tan olinadi. Lekin bunday hollarda ular uchun ota-onalari qaror qabul qilishadi. Odatda, oʻgʻil bolalar soni erta turmush qurgan qizlar sonidan ancha kam boʻlib, asosan qizlarni erta turmushga berish kuzatiladi.
Qizlar nikoh paytida jinsga asoslangan zoʻravonlik va kamsitishning boshqa shakllariga ham duch kelishadi. Bundan tashqari, ular homiladorlik vaqti, tugʻruq jarayoni va undan qolgan asoratlar ham oson emas. Shuning uchun ham “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiyaning 1-moddasiga koʻra 18 yoshga toʻlmagan har qanday inson bola hisoblanadi.
Maʼlumki, Oʻzbekistonda qizlar uchun nikoh yoshi 17 dan 18g a oʻzgartirildi. Oʻzgartirishlar 2019-yil 1-sentyabrdan kuchga kirgan. Oʻzbekistonda bu qaror qabul qilingunga qadar oila qurishning eng kichik yoshi yigitlar uchun 18, qizlar uchun 17 etib belgilangan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, FHDYO organlari tomonidan 17 yoshda nikohi qayd etilgan xotin-qizlar soni 2016-yilda 4233 tani, 2017-yilda 4853 tani va 2018-yilda 5123 tani tashkil etgan. 4 Oʻzbekistonda erta turmush holatlari 97%ga kamaygan.
2020-yilda 88 ta erta nikoh holati qayd etilgan (2021-yilda 92 ta). Bu 2019-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan deyarli bir baravar kamroq. Shuningdek, oʻtgan yili 1044 ta erta tugʻruq holati qayd etilgan.
|
| |