|
Gender ong – bu jins vakili sifatida shaxs boʻlish tajribasi va motivatsiyasini shakllantiradigan bilimlar tizimi.
Jinsiy (seksual) tarbiya –
|
bet | 17/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)Gender ong – bu jins vakili sifatida shaxs boʻlish tajribasi va motivatsiyasini shakllantiradigan bilimlar tizimi.
Jinsiy (seksual) tarbiya – bu oʻz tanasiga, jinsiy hayotga va jinsiy aloqalarga haqiqiy munosabat boʻlib, u jinsiy-erotik oriyentatsiya va jinsiy ongni shakllantirishni optimallashtirishga qaratilgan. Jinsiy tarbiyani jinsiy xabardorlikdan farqlay olish kerak. Jinsiy xabardorlikni taʼminlash bu bolalarni jins va jinsiy munosabatlar sohasidagi anatomik, fiziologik, seksologik, gigiyenik va boshqa maʼlumotlar bilan tanishtirishdir.
Jinsiy tarbiyaning asosiy yoʻnalishlari:
Jinsiy tarbiya, oʻgʻil bolalarda psixologik erkaklik, qizlarda esa ayollik hissini shakllantirishga yordam beradi. Qarama-qarshi jinsdagi tengdoshlar bilan normal muloqot qilishni oʻrganish.
Jinsiy-erotik oriyentasiya va jinsiy ongni shakllantirishni optimallashtirishga qaratilgan jinsiy tarbiya.
Ongli va masʼuliyatli nikoh va ota-onalikka tayyorgarlik, optimal reproduktiv munosabatlarni rivojlantirish.
Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar, chekish, giyohvandlik vositalari va boshqa psixotrop moddalar, spirtli ichimliklar, erta jinsiy aloqaning reproduktiv salomatlikka salbiy taʼsirining oldini olish choralarini tushuntirish orqali sogʻlom turmush tarzini shakllantirish.
Oʻsmir shaxsining rivojlanishi dastlabki bosqichlarida psixoseksual rivojlanish buzilishlarining oldini olish.
Bolalar va oʻsmirlarni jinsiy aloqalarga jalb qilish va ularni toʻgʻri yoʻldan ozdirishlarining oldini olish.
Yuqorida qayd etilganlar oʻzaro bir-biriga bogʻliq sohalar boʻlib, oiladagi hayotning dastlabki kunlaridan boshlab jinsiy tarbiyaning yaxlit bir qismi sifatida qoʻllaniladi. Yigit va qizlarning toʻgʻri oilaviy va nikoh munosabatlari va jinsiy munosabatlar xaqidagi tushunchalarini shakllantirishga koʻmaklashishda ota-onalar, shifokorlar, oʻqituvchilar, psixologlar, psixiatrlar va boshqa mutaxassislarning oʻzaro xamkorligi zarur. Umumlashtirgan holda shuni taʼkidlash lozimki, jinsiy tarbiyaning mohiyati oʻzlarining jismoniy va psixologik xususiyatlarini yetarli darajada tushuna oladigan, oʻzi va qarama-qarshi jinsdagilar bilan axloq meʼyorlariga rioya qilgan holda munosabatlar oʻrnatishga qodir boʻlgan sogʻlom avlodni katta hayotga tayyorlashdan iborat. Bu esa jamiyatda mavjud boʻlgan axloq meʼyorlariga muvofiq hayotning barcha sohalarida oʻz ehtiyojlarini roʻyobga chiqara oladigan hissiy jihatdan yetuk, maʼnaviy-axloqiy va sogʻlom shaxsni tarbiyalash demakdir.
Zamonaviy insonning hayoti toʻrt oʻlchovda sodir boʻladi: ish, dam olish, oila va juftlik hayoti (jinsiy aloqa). Jinsiy hayot (seksuallik) va uning psixologik jihatlari er-xotinni birlashtiradigan va ularning hayotini birgalikda shakllantiradigan asosiy harakatlantiruvchi kuchlardan biridir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gender ong – bu jins vakili sifatida shaxs boʻlish tajribasi va motivatsiyasini shakllantiradigan bilimlar tizimi.
Jinsiy (seksual) tarbiya –
|