• Madaniy jihat.
  • (1–Jadval ).
  • Jinsiylikning xulq-atvor jihati




    Download 2,57 Mb.
    bet19/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    Jinsiylikning xulq-atvor jihati seksual xulq-atvorni tavsiflaydi va u psixologik va ijtimoiy jihatlar bilan chambarchas bogʻliq.
    Klinik jihat. Kasallik, jarohatlar yoki giyohvand moddalar kabi jismoniy muammolar jinsiy reaksiyalarni oʻzgartirishi yoki hatto ularni butunlay bostirishi mumkin. Tashvish, aybdorlik, xijolat yoki tushkunlik hissi va er-xotinning shaxsiy munosabatlaridagi nizolar jinsiy faoliyatga xalaqit berishi mumkin.
    Madaniy jihat. Jinsiy aloqa bilan bogʻliq koʻplab axloqiy tamoyillar maʼlum darajadagi axloqiy madaniyat va diniy anʼanalar bilan bogʻliq.
    Ijtimoiy va huquqiy jihat. Shaxsiy ijtimoiy huquqlarning tan olinishi muqarrar ravishda jinsiy xulq-atvorning individual xususiyatlariga va jinsiy hayotning daxlsizligiga boʻlgan huquqni oʻz ichiga oladi.
    Zamonaviy tibbiy, biologik, psixologik va ijtimoiy tushunchalarga koʻra, 12 yoshgacha, yaʼni balogʻat yoshiga qadar, psixoseksual rivojlanish jinsiy hayotning shakllanishi va dinamikasining dastlabki ikki yosh davrini oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, quyidagilar shakllanadi:
    1) jinsiy oʻziga xoslik – oʻzini maʼlum bir jins vakili sifatida tan olish qobiliyati;
    2) gender-rol xulq-atvori – jamiyat tomonidan erkak va ayol shaxslarga qoʻyiladigan talablar va kutishlarning oʻziga xos majmui, shuningdek, ayollik va erkaklik uchun xarakterli boʻlgan xatti-harakatlarning muayyan shakllari.
    Oilaviy hayotning, shu jumladan jinsiy hayotning asosiy tarkibiy qismlari: muhabbat, ochiqlik, ishonch, sadoqat, halollik, hamdardlik va muloyimlikdan iborat.
    Bolalar va oʻsmirlarga jinsiy tarbiya berishda qiz va oʻgʻil bolalar tana tuzilishining anatomik, biologik va fiziologik xususiyatlarini, balogʻat yoshidagi oʻzgarishlarni bilishni va bunday maʼlumotlarni oʻsmirlarga oʻz vaqtida toʻgʻri shaklda yetkazishni talab etadi. Balogʻatga yetish odatda oʻsmirlik davrida boshlanadi. Bu tananing biologik va psixologik qayta qurish davrini ifodalaydi. Balogʻat – bu nasl qoldira olish qobiliyati. Balogʻatga yetish jarayoni inson hayotidagi eng muhim davr hisoblanadi. Balogʻatga yetish davrida insonda sodir boʻladigan anatomik, fiziologik va psixo-emotsional oʻzgarishlarga asoslanib, insonning butun hayoti 5 ta katta davrga ajratiladi: bolalik, oʻspirinlik, oʻsmirlik, yetuklik va qarilik.
    Bu davr kechishi jarayonida bolaning tanasi bir qator biologik oʻzgarishlarni boshdan kechiradi: oʻsish, vazn ortishi va genital organlarning rivojlanishi. Balogʻat yoshi oʻsmirlarda turli vaqtlarda boshlanadi. Qizlarda balogʻat yoshi 10-14 yoshda (baʼzilarida 8-9 yoshda) sodir boʻladi va 18 yoshda tugaydi. Oʻgʻil bolalarda balogʻat yoshi 12 yoshdan 16 yoshgacha, baʼzan esa 19-20 yoshgacha davom etadi (1–Jadval ).

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




    Download 2,57 Mb.