• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mavzu: Tasvirni umumlashtirish




    Download 141,2 Kb.
    Sana18.12.2023
    Hajmi141,2 Kb.
    #122138
    Bog'liq
    34.Tasvirni umumlashtirish.


    Mavzu: Tasvirni umumlashtirish.
    Anatomik chizmatasvir talabalarga chuqur bilim berish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Shu maqsadda fransuz haykaltaroshi Gudon tarafidan yaratilgan inson anatomik kallasi haykali qo‘yilishi mumkin.

    Ularni shunday qo’yish va yoritish kerakki, bunda boshning muskullar tizimi aniq ko‘rinib tursin, talaba undan ko‘proq bilim olsin, muskul qurilmasi hamda kalla shaklini turli holatlarda va jag‘lar biron narsa chaynayotgandagi vaziyati, suyaklar birikuvi kabilarni yaxshi o‘rgansin. Bunda boshni old, yon, yarim burilishi kabi turli holatlarini tasvirlash tavsiya etiladi. Chizmatasvirlar miqdori har bir alohida talaba uchun zarur bo‘lgan darajada belgilanadi. Talaba navbatma - navbat kalla suyagi detallarini yaxshi o‘zlashtirib, boshqa detallarni o‘rganishga asta sekin o‘ta boshlaydi. Ba’zida boshning anatomiktartibini o‘rganishga ko‘proq vaqt talab qilinadi, shunga ko‘ra talaba ko‘plab chizgilarni bajarishi zarur bo‘ladi.

    Talaba chizayotgan rangtasviri hajmi boshning tabiiy xajmidan oshmasligi (boshning jonli andozasi hajmi nazarda tutiladi) kerak. Har bir chizmatasvirga taxminan ikki - to‘rt soat ajratiladi.


    Ko‘rgan narsalarini xotiraga olish qobiliyatini rivojlan-tirish va mustahkamlash maqsadida naturadan chizmatasvirni tugatgach aynan o‘sha andozani muqobil harakatlar bilan tasvirlanadigan xotiradan qisqa muddatli tasvirlarni bajarish tavsiya etila,di. Xotiradan rangtasvirlar tasvir jarayoniga ko‘ra naturadan bajariladigan tasvirlar bilan almashinib turishi mumkin.

    Anatomik boshni turli holatlarda tasvirlash bilan bir katorda uning alohida qismlari bo‘lgan ko‘z, burun, og‘iz, quloq kabilardan qisqa tasvirlar bajarish foydali. Bu talabaga har bir qismning, har bir mushakning alohida kurilmasini chuqur va e’tibor bilan o‘zlashtirishiga, ularning shakl qurilmasi va bog’likligini tushunishga yordam beradi.
    Boshning yuqorida ta’kidlangan qismlarining har birini taovirlashni majburiy qilib qo‘yish shart emas, bu holat o‘rganilayotgan ma’lumotni qanchalik tez o‘zlashtirib olish va tayyorgarlik darajaga bogliq.
    Inson boshi anatomik tasvirini bajarish chogida bosh suyagidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lsa, unda talaba boshning mushak qoplamasi va bosh suyagi orasidagi bevosita aloqani tushunib yaxshiroq eslab qoladi. Bosh va ayrim qismlarining tuzilish xususiyatlarini ongli ravishda va mustahkam egallab olinishi uzoq muddatli chizmatasvirlarda ham, xotiraviy chizmatasvirlarda ham aksini topmog‘i talab etiladi.

    Inson anatomiyasini nazariy va amaliy jihatdan egallashni asosan plastik anatomiya kursi mashg‘ulotlarida keng o‘rganiladi.


    Anatomik chizmatasvir topshiriqlarini faqat talabaning asosiy mushaklarini statik holatda o‘rganish bilangina chegaralanib bo‘lmaydi. Barcha mushaklarni va ularning o‘zaro birikuvi shakl va hajmi, turli harakat va qisqarishlardagi o‘zgarishini chuqur anglash lozim. ayniqsa imo - ishora bilan bog‘liq mushaklar va ularning inson ichki holatiga bog‘liq tomonlariga e’tibor qaratish muhimdir. Murakkab vazifalarni bajarmay turib, haqiqiy rassom, psixologik portret yoki tematik surat ustasi bo‘lib yetishishi qiyin.
    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Abduraxmonov G.M. Kompozitsiya. - Toshkent, 2003.

    2. Abdirasilov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir. T.: O‘zbekiston, 2006.

    3. Abdirasilov S.F. Tasviriy sanъash atamapari. 'G., 2003.

    4. Boymetov B., Abdirasilov S. CHishatasvirLG‘.G‘ulom nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2004.

    5. Abdirasilov S, Tolipov N. Dastgohpi rangtasvirda toshkent - 2008

    Download 141,2 Kb.




    Download 141,2 Kb.