● O‘zbekiston Respublikasining 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati” to‘g‘risida Qonuni,
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan
2016-yil 15-sentyabr dan kuchga kirgan.
Qonun 4 ta bob 33 moddadan iborat.
4-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ochiqlik va shaffoflik;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
5-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;
yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;
yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;
yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;
yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;
yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
● O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.06.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-4768-son qarori
● O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.09.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 550-son qarori
● O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 11.03.2021 yildagi “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 132-son qarori
● O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son 2022-yil 20-yanvar kuchga kirgan, Yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilgan.
● O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 07.06.2022 yildagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 312-son qarori (shu kuni kuchga kirgan)
“Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik va boshqa turdagi qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilib borish tizimi;
|