|
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
|
bet | 4/4 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 20,27 Kb. | | #253542 |
Bog'liq ishga kirishdaOʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat ramzi. "O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida"gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan. Davlat gerbi — davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat gerbi dumaloq koʻrinishga ega boʻlib, bu shaklning soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan, uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida
● Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zoʻr ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Davlat madhiyasining soʻzi Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan
● Yil nomlari:
2023 yil - (Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili)
2022 yil - " Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili ".
2021 yil - " Yoshlarni qo'llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash " yili.
2020 yil - " Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish " yili.
2019 yil - " Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish " yili.
●2023-yilda O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori
2022-yilda O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkaziladi
|
| |