|
Buxgalteriya hisobi va audit
|
bet | 1/3 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 167,06 Kb. | | #239148 |
Bog'liq 4. Эркин иқтисодий зоналарФайзуллаева И.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT”
TA’LIM YO‘NALISHI
4-bosqich BHA-81-2 guruh talabasi
Fayzullayeva Iqlima Ulug‘bekovna
“Xalqaro Moliya” fanidan
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning
xorijiy tajribalari
mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Toshkent-2024
REJA:
KIRISH
Erkin iqtisodiy zonalar tashkiliy xususiyatlari.
Yaponiya erkin iqtisodiy zonalari.
Koreya erkin iqtisodiy zonalari.
Xitoy erkin iqtisodiy zonalari.
Xulosa va Takliflar
Kirish
Hozirgi davrda sanoati rivojlangan mamlakatlarda turli maqsadlarni ko‘zlab erkin iqtisodiy zonalarni vujudga keltirmokdalar. Erkin iqtisodiy zonalar borasida iqtisodiy jihatdan turli tuman taʼriflar mavjud.
BMTning shu muammoga bag‘ishlangan ishida 20 dan ortiq taʼrif keltirilgan. Birinchi marta erkin iqtisodiy zonalarning yoki “franko zonasi” ning 1973 yilda Kioto konvensiyasida berilgan. Erkin iqtisodiy zonalarni - davlat hududining muayyan natijalarga erishmoq maqsadida milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun iqtisodiy faoliyatning preferensial shartlari, boshqaruvning alohida rejimi va boshqa tashkiliy maʼmuriy tadbirlarni joriy etiladigan qismi sifatida taʼriflash mumkin.
Hozir jahonda 4 mingdan ortiq erkin iqtisodiy zonalar mavjuddir. Ular turli vazifalarni bajarishi, o‘z oldiga turli maqsadlarni umumlashtirgan. Masalan,
- maxsus imtiyozlar, barqaror qonuniy baza va tashkiliy muolajalarni soddalashtirish tufayli xorijiy kapitalni va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish;
- tayyor mahsulot eksportini kengaytirish uchun mehnat taqsimoti afzalliklaridan foydalanish;
- mamlakat va mintaqa byudjetiga valyuta tushumini o‘stirish;
- yangi ish joylarini yaratish;
- tashkil qilish, boshqarish va moliyalash sohasida jahon tajribasini o‘rganish va amaliyotga joriy etish hisobidan ishchi kuchi malakasini oshirish.
Hozirgi globallashgan davrda har bir davlat o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yishi aniq, lekin bu maqsadlar investitsiyalarsiz tashkil etilishi qiyindir. Shu investitsiyalarning majoziy maʼnoda o‘chog‘i hisoblangan erkin iqtisodiy zonalar hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyoning 150 dan ortiq davlatida tashkil etilgan erkin zonalar mamlakatlar taraqqiyoti uchun xizmat qilib kelmoqda.
O’zbekistonda ham qariyb, 10 yillik tajriba mavjud. Bu jarayon albatta O’zbekiston uchun rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasini o‘rganishni talab qiladi. Hamma davlatlarda ham erkin iqtisodiy zonalar yaratish ishlari ilmiy asosda, puxta o‘ylangan erkin iqtisodiy zonalar siyosati orqali tashkil etilgan, deb bo‘lmaydi. Biz bu borada katta tajribaga ega bo‘lgan ayrim davlatlardagi zonalarda olib borilgan ishlarni tahlil qilmoqchimiz. Bu borada katta tajribaga ega davlatlar anchagina, ammo qaysi davlatning tajribasiga eʼtiborni qaratishda ikki narsani hisobga oldik: birinchidan, erkin iqtisodiy zonalar siyosati borasida o‘ziga xos o‘rni bor va ikkinchidan, tajribasini O’zbekistonda qo‘llash uchun ahamiyati muhimroq davlatlar tanlandi.
Birinchi tanlagan davlatimiz bu-Yaponiya. Bu davlat erkin iqtisodiy zonalar siyosati masalasida o‘ziga xos tomonlarga ega bo‘lib, u quyidagi mezonlar tizimiga tayanadi:
-mintaqalarning cheklangan yer resurslaridan iloji boricha samarali foydalanish;
-tabiiy resurslarning nisbatan kambag‘alligini hisobga olish;
-mahalliy va markaziy maʼmuriyat manfaatlarini moslashtirish;
-yirik shaharlarda aholining va sanoat ishlab chiqarishning haddan tashqari konsentratsiyalashuvini kuchsizlantirish.
Mamlakat milliy masshtabda mintaqalarni rivojlantirishni rejalashtirishning o‘ziga xos usullariga ega. Davlat tomonidan rejalashtirish o‘z ichiga rivojlanish rejasining umumiy hamda alohida vazirliklarning qo‘shma tadbirkorlikni turli usullari bo‘lgan zonalarni rivojlantirish rejalarini oladi.
Yaponiyada erkin import zonalari nomini olgan erkin iqtisodiy zonalar keng tarqalgan. Bunday zona “importni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish hisobida rivojlanish maqsadida qonunchilikda alohida choralar”ni o‘z ichiga oladi.
Ular dengiz va havo portlarida tashkil etiladi, bu zonalarni tuzishdan maqsad:
• portlarda mintaqa miqyosida tovarlarning yig‘ilishi oqibatida yapon iqtisodiyotining butun sohalaridagi muomala xarajatlar optimallashtirishdan iboratdir;
• xorijiy investitsiyalarning o‘sib ketayotgan sharoitda mamlakatda sanoat bazalarini “yuvilib ketish” jarayonini sekinlashtirishdan iborat;
• qo‘shni Osiyo mamlakatlari bilan mehnat taqsimotini kengayishiga ko‘maklashishdan iborat;
• tartibga solishning yangi usullarini sinashning o‘ziga xos “poligonlarini”yaratishdan iborat.
Yaponiyada quyidagi tur erkin savdo zonalari tuzish taklif etilgan:
- importga ko‘maklashuvchi erkin iqtisodiy zonalari: eksportga mo‘ljallangan o‘sish davriga oid tartiblarni ko‘rib chiqish va o‘zgartirish (10 mingga yakin qarorlarni ko‘rib chiqish zarur). Bu zonalar Xitoy maxsus zonalari va Tayvanning - eksport qayta ishlash zonalariga nisbatan o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi munosabatda bo‘lishi zarur.
- resursni tejovchi erkin iqtisodiy zonalari. Ularda jahon bozorlarida konyunktura qulay bo‘lgan davrda sotib olinadigan xomashyoning yirik zaxiralaridan bojsiz saqlash kuzda tutilgan. Xomashyoni yapon isteʼmolchilari ham, zonada ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy firmalar ham ishlatishlari mumkin;
- egizak zonalar, yaʼni Xitoyning maxsus iqtisodiy zonalaridagi mehnat ko‘p talab qiladigan ishlab chiqarishlarni to‘ldiruvchi zonalar. Bu zonalarga egizak zonalardagi xomashyo va detallarga asoslanuvchi kapital ko‘p talab qilinadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan:
- Okean oldi mamlakatlaridagi firmalar uchun “eng qulay” tartibli erkin iqtisodiy zonalari;Ulardagi korxonalar, hatto yapon texnologiyasini qo‘llasalar ham soliq imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
- xalqaro savdo bilan aloqador masalalar bo‘yicha maʼlumot-maslahat beruvchi maxsus tashkilotlar tuziladigan erkin iqtisodiy zonalari;
- iqtisodiy taraqqiyoti darajasi past bo‘lgan mamlakatlarga ko‘maklashuvchi erkin iqtisodiy zonalar. Ularda rivojlanayotgan mamlakatlar tovarlarining sifat darajasini ko‘tarish Yaponiyada mavjud marketing to‘g‘risidagi maʼlumotlarni tarqatish, sifatini boshqarishning yapon tizimini joriy etishga ko‘maklashish ishlari olib boriladi.
Erkin import zonalari bilan bir qatorda ilmiy - texnik tipidagi tadbirkorlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan erkin iqtisodiy zonalar ham mavjud. Ular AQSHning texnoparklariga o‘xshab ketadi, ammo ancha farq qiladi.
Texnopolis deganda, shahar va uning atrofi yaxlit bir hudud sifatida qaralib, unda yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlari, ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlari (texnopolis uchun ilmiy va injener kadrlarni tayyorlovchi), hozirgi zamon ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma joylashtiriladi. Bu tuzilmalarning eng muhim farq qiluvchi xususiyatlaridan biri, chekka tumanlar iqtisodiyotini ko‘tarishning bosh richagi sifatida ilm ko‘p talab qilishi va qo‘shilgan qiymat hissasining-yuqoriligi bilan ajralib turuvchi ilg‘or, o‘zlashtirish bosqichida yoki rivojlanish bosqichida bo‘lgan tarmoqlar texnologiyalar tanlab olingan.
“Texnopolis” dasturi quyidagi maqsadlarga ega:
- sanoatni markazdan chekka o‘lkalarga qayta taqsimlash, -mahalliy universitetlardagi ilmiy xodimlarning faoliyatini aktivlashtirish hisobidan ilmiy ishlanmalarni intensivlashtirish;
- sanoatni ilm ko‘p talab qiladigan va energiyani tejovchi texnologiyalarga qayta mo‘ljallashtirish.
“Texnopolis” dasturini Yaponiyaning tashqi savdo va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu dastur bo‘yicha mamlakatning iqtisodiy jihatdan qolok prefekturalarida 20 ga yaqin texnopolis nomini olgan ilmiy - texnik zonalarni yaratish ko‘zda tutilgan edi. “Texnopolislar sgrategiyasi” - Yaponiyani umummilliy krezisdan olib chiqish va dunyoning buyuk davlatlar qatoriga olib chiqishga yordam bergan ishlardan biridir.
Odatda texnopolis deganda, iqtisodiyotda yangi texnologiya tadqiqot markazlari va shu texnologiyadan foydalanuvchi korxonalar asosiy rol uynaydigan shahar tushuniladi. Lekin, bu taʼrif asosiy mazmunni ifodalamaydi: yangi texnologiya odamlar orasida, odamlar va tabiat orasida qandaydir munosabat yaratishda qurol bo‘lib hisoblanadi. Birinchi texnopolislar yaratilishi AKSHda boshlandi, ammo faqatgina yaponlar texnopolislarni davlat darajasida shakllangan siyosatga aylantirdilar. Fikrimizcha, bu yapon hukumati olib borgan erkin iqtisodiy zonalar siyosatining kuchliligidandir. XX asrning 70-yillarida Yaponiya asosida yapon millatining saqlash va rivojlantirish maqsadi yotgan, insoniyat erishgan ilmiy na madaniy potensialni ongli ravishda foydalanish jarayonini davlat tomonidan tashkil etishning strategiyasi ishlab chiqildi. Bu strategiya “texnopolislar strategiyasi”, yaʼni odamlarning yangi yashash sharoitlarini hokimiyat, biznes va ilm bilan birgalikda ishlab chiqarish nomini oldi.
Quyilgan maqsad quyidagi 3 yo‘nalishda amalga oshirildi:
- mahalliy resurslarni ishlatish asosida mahalliy hayotni faollashtirish.
- zamonaviy texnologiyani jalb qilish va texnopolisni shakllantirish asosida mahalliy hayotni faollashtirish.
- aholi bilan ish olib borish (“sifatli resurslarni tarbiyalash” maʼnoda).
Yapon iqtisodiyotini rivojlantirishga monopolislar ham xizmat qilmoqda.Ularning yordamida Yaponiya texnologik yangiliklarni import qilishdan o‘zining milliy ishlab chiqarish texnologiyalarni ishlashini amalga oshira oldi.
Xulosa qilib aytganda, texnopolislar yapon iqtisodiyotini o‘zgarib ketishiga olib keldi. Agar Yaponiya yigirmanchi asrning 70 - 80 yillarida dunyoning texnologiyalar importyori bo‘lgan bo‘lsa, 90- yillarda esa esportyoriga aylandi. Bunda texnopolislarning roli juda beqiyosdir.
|
| |