• Ishlov beruvchi sanoat
  • «A» guruh
  • Sanoat punkti
  • Sanoatni tarkibiy qismlari va tuzilishi. Sanoatni hududiy joylashish shakllari




    Download 37.7 Kb.
    Sana11.08.2023
    Hajmi37.7 Kb.
    #78359
    Bog'liq
    Sanoatni tarkibiy qismlari va tuzilishi
    Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari, Attestatsiya — menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik faoliyatini baholash usuli sifatida, 1-B sinf matematika yangi, 7-8-9-10-11- sinf kimyo ish reja 2022 o\'quv yili

    Sanoatni tarkibiy qismlari va tuzilishi.Sanoatni hududiy joylashish shakllari.
    Sanoat tarmoqlari ayrim mezonlar bo’yicha ham birlashtiriladi. Umuman tarmoq deganda korxonalarning ma’lum o’xshash xususiyatlariga ko’ra guruhlanishi tushuniladi. Sanoat tarmoqlari odatda uch asosiy mezon asosida ajratiladi. Ular:

    • Xom-ashyo birligi bo’yicha ajratilgan sanoat tarmoqlari (mashinasozlik va metallni qayta ishlash, o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza—qog’oz sanoati va hk.);

    • Iste’mol birligi, ya’ni muayyan maqsadda mahsulot ishlab chiqaruvchi

    tarmoqlar (yengil va oziq —ovqat, qurilish, elektr energetika va b.);

    • Texnologik jarayon asosida tashkil etilgan sanoat tarmog’i (ximiya va neftni qayta ishlash)

    Bundan tashqari sanoat ikki yirik guruhga: undiruvchi va ishlov beruvchi sanoatga bo’linadiUndiruvchi sanoatga kon-kimyo xom ashyosi, metallurgiya uchun qora va rangli metallar rudasi, noruda xom ashyolar, metallsiz rudalar, neft, gaz, ko’mir, torf, slanes, tuz, noruda qurilish materiallari, yengil tabiiy to’ldiruvchilar va ohaktoshlar chiqaradigan korxonalar, shuningdek gidroelektrostansiyalar, o’rmon, baliq ovlash va boshqa dengiz mahsulotlari chiqarish korxonalari, suv keltiruvchi injenerlik inshootlari kiradi.
    Ishlov beruvchi sanoatga qora va rangli metallar, prokat, kimyo va neft kimyosi mahsulotlari, mashina va asbob-uskunalar, yog’och va sellyuloza-qog’oz mahsulotlari, sement va boshqa qurilish materiallari, yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek sanoat buyumlarini va issiqlik elektr stansiyalarini remont qiladigan korxonalar kiradi. Shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotning iqtisodiy ahamiyati va takror ishlab chiqarish jarayonidagi roli jihatidan sanoat «A» guruhga — ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarysh va «B» guruhga — iste’mol buyumlari irlab chiqarish sohalariga bo’linadi.
    Dunyoda qabul qilingan hisob-rejalashtirish metodologiyaskga ko’ra, stanoklar, asbob-uskupalar, qora va rangli metallar rudasi, mineral o’g’itlar, sellyuloza va sh.k. mahsulot turlari «A» guruhga, trikotajdan va boshqa materiallardan tikilgan tayyor mahsulotlar, baliq mahsulotlari, non va non mahsulotlari, xolodilniklar, radiopriyomniklar, mebel va boshqa «B» guruhga kiradi.
    Ishlab chiqarishda va ishlab chiqarishdan boshqa sohalarda qo’llaniladigan bir necha xil mahsulotlar (masalan, elektr energiyasi, ko’mir, gazmollar va b.), ulardan haqiqatda qanday maqsadlarda foydalanilishiga qarab, «A» va «B» guruhlardan biriga mansub bo’ladi. Sanoatni bunday ikki guruhga bo’lish zaruriyati ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasida to’g’ri proporsiyalar yaratish va ijtimoiy ishlab chiqarishni tez sur’atlar bilan o’stirish zaruriyatidan kelib chiqadi.
    Sanoat ishlab chiqarishni joylashishiga qarab sanoat korxonasi, sanoat punkti, sanoat markazi, sanoat tuguni va sanoat rayoniga ajratiladi.
    Sanoat korxonasi – xalq xo’jaligi rejasiga muvofiq ravishda mahsulot tayyorlash, ishlab chiqarish xizmatlari ko’rsatish bilan shug’ullanadigan ayrim ishlab chiqarish – xo’jalik birligi. U zavod, fabrika, kombinat yoki karyer bo’lishi mumkin.
    Sanoat punkti – bu yerda kamida bitta sanoat korxonasi bo’lishi kerak. Odatda kichik shaharlar va shaharchalar sanoat punktlari ham hisoblanadi.
    Sanoat markazi deb – bir yoki bir nechta sanoat tarmoqlari to’plangan shahar yoki shaharchaga aytiladi. Odatda markaz tushunchasi mujassamlashuvning natijasi bo’lib, u shu joyni boshqa joylarga qaraganda yuqoriroq rivojlanganligidan darak beradi. Shu jihatdan sanoat markazi sanoat punktining yuqori darajasi bo’lib, unda turli xil sanoat korxonalari va tarmoqlari joylashgan bo’ladi. Demak har qanday sanoat markazi bu sanoat punktidir ammo aksincha emas.
    Ilmiy nuqtai – nazardan sanoat markazini aniqlashda umuman sanoatni emas balki uning alohida yo’nalishini hisobga olish darkor. Masalan Angren, Zarafshon, Marg’ilon, Muborak sanoat markazidir (bu hech kimga sir emas). Lekin Angrenni – yoqilg’i, Zarafshonni – rangli metallurgiya, Marg’ilonni – to’qimachilik, Muborakni – tog’ ximiya sanoatining markazlari ekanligini ko’rsatish to’g’riroq bo’ladi.
    Bir-biri bilan o’zaro bog’langan ishlab chiqarish korxonalari to’plangan hudud sanoat tuguni (uzeli) deb ataladi.
    Sanoat tuguni bitta shahar doirasida ham bo’lishi mumkin, ko’p hollarda u bir necha shaharlardan yoki ishchi shaharchalari bilan o’ralgan shaharlar tizimidan iborat bo’ladi. Sanoat tuguniga kirgan korxonalar yagona transport tarmog’idan, energiya va suv ta’minotining umumyi manbalaridan birgalikda foydalanadi (ba’zan zom ashyo resurslari ham umumiy bo’ladi), mehnat resurslarini ishlab chiqarishga to’laroq jalb qiladi.
    Bularning hammasi mehnat unumdorligini oshirishga, mablag’larni tejashga, korxonalar egallaydigan maydonlarni qisqartirishga olib keladi. Sanoat tugunlari – sanoat korxonalarini joylashtirishning ilg’or usulidir.
    Sanoat tugunlari va markazlari to’plangan hududlar sanoat rayonlari deb ataladi. Mahsulot ishlab chiqarishda u yoki bu sanoatning salmog’iga qarab, undiruvchi sanoat yoki ishlov beruvchi sanoat rayonlari ajratiladi. Ularning kattakichikligi har xil bo’ladi.
    Download 37.7 Kb.




    Download 37.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoatni tarkibiy qismlari va tuzilishi. Sanoatni hududiy joylashish shakllari

    Download 37.7 Kb.