|
Baliq va baliq mahsulotlari ularning kimyoviy tarkibi ozuqaviy qiymati baliqdan taom tayyorlash usuli Mundarija
|
bet | 1/29 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #155986 |
Bog'liq Baliq va baliq mahsulotlari ularning kimyoviy tarkibi ozuqaviy qiymati
Baliq va baliq mahsulotlari ularning kimyoviy tarkibi ozuqaviy qiymati baliqdan taom tayyorlash usuli
Mundarija
Кириш……………………………………………………………………………5
I-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar
1.1.Umumiy ovqatlanish korxonalariga keltiriladigan baliq turlari ……………………………………………………………………………………10
1.2. Baliqni oziqaviy qimmati va ularga ishlov berish……………………… 12
1.3. Baliqdan tayyorlangan issiq, sovuq , yopilgan, va gazakli taomlar………21
1.4. Baliq taomlari sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlari…………………………………………………………………… 40
II.bob. «Baliqdan tayyorlanadigan taomlar» mavzusini o’qitishda kichik guruxlarda o’qitish metodidan foydalanish
2.1. Kichik guruxlarda ishlash metodi haqida ma’lumot ………………….43
2.2. «Baliqdan tayyorlanadigan taomlar » mavzusini o’qitishda kichik guruxlarda o’qitish metodidan foydalanish............................................................................48
Xulosa………………………………………………………………………….65
Adabiyotlar…………………………………………………………………….66
Taʼlim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz,
hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi
islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yoʻq.
Sh.M.Mirziyoyev.
KIRISH
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda.
Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri so‘zlash qobiliyatidir.Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir.Umumiy ovqatlanish korxonalari ishini tashkil qilishni takomillashtirishda xom ashyo bazasini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.
Umumiy ovqatlanish korxonalarini hozirgi zamon talabida rivojlantirish uchun: oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bilan kooperatsiyalash asosida mahsulotni yangi sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini yarim tayyor yoki tayyor mahsulot tayyorlovchi yirik korxonaga aylantirish, ularni mahsulotlar bilan markazlashtirilgan usulda ta’minlashga о‘tkazish lozim. Bular о‘z navbatida tarmoq xodimlarining ish unumdorligi oshishiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yaxshilanishiga, xom ashyodan unumli va sifatli foydalanishga, kо‘p mehnat talab qiluvchi ish jarayonlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulot sifati, kishilarning sog‘lom va mehnatga qobiliyatli bо‘lishlari, kо‘pincha pazandalarning malakasiga, ularning taom tayyorlash texnologiyasini va zamonaviy texnika vositalarini qanchalar yaxshi egallaganliklariga bog‘liqdir.
Taom tayyorlash texnologiyasi — pazandalik — kо‘pchilik xо‘randalarga mо‘ljallanib taom tayyorlashda mahsulotlarga mexanik va issiqlik ishlovlari berishning oqilona sirlarini о‘rgatadi. Bu texnologiya xalq urf-odatlariga, usta pazandalarning ish tajribalariga, fan-texnika yutuqlariga tayangan holda ish tutadi.
Hozirgi zamon umumiy ovqatlanish korxonalarida pazandalik mahsulotlarini ishlab chiqarish murakkab texnologik jarayon bо‘lib, bu jarayon taom tayyor bо‘l-gunga qadar mahsulotlarga ishlov berish bilan bog‘liq bо‘lgan ketma-ket bosqichlardan iboratdir.
Yurtimizda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishga jahon andozalari darajasida bilim olgan zakovatli, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, biron bir masalani ongli ravishda, mas’uliyat bilan hal qiladigan, izlanuvchi, yangilikka intiluvchi iste’dodli yoshlar, о‘quvchi-talabalardan xalq xо‘jaligining ustuvor tarmoqlari uchun yuksak malakali mutaxassislar yetkazish, xususan, mehnat ta’limi yо‘nalishida о‘qituvchilarni tayyorlash maqsadida mutaxassislik fanlarini о‘qitishda о‘quv-tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga kо‘tarish, ta’lim, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etish asosida tashkil etish о‘ta muhim dolzarb masaladir.
Mehnat ta’limiga oid о‘quvchi- talabalarning bilim, malaka va kо‘nikmalarini shakllantirish, nazariy-amaliy bilimini chuqurlashtirish, erkin va mustaqil fikrini hamda tanqidiy tafakkurini rivojlantirish masalasi muammo sanalgani bois, uni hal etishda mutaxassislik fanlari о‘qituvchilaridan о‘qitish uslubiyotini, mutaxassisliklariga oid mahorat va amaliy kо‘nikmalarini oshirib borishlari talab qilinadi. Shuning uchun maxsus fan о‘qituvchilari о‘qitishning yangi texnika va texnologiyalarini chuqur bilishi va tahlil qila olishi, mutaxassislik fanlariga oid yangiliklarni о‘z о‘rnida qо‘llay bilishi, zamonaviy jihoz va uskunalarini afzallik va kamchiliklarini hisobga olgan holda tо‘g‘ri va oqilona foydalana oladigan, sohasiga ijodiy yondoshib о‘z ustida tinmay ishlaydigan, doimiy izlanuvchan, о‘quvchilarni fanga qiziqtira oladigan, shuningdek, yangilik yarata oladigan saviyada bо‘lishi darkor.
Mehnat ta’limi yо‘nalishida mutaxassislik fanlarini о‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, dars jarayonida baliqli taomlarni tayyorlashda talabalar faolligini kuchaytirish va ta’lim samarasini oshirish maqsadida ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borish shu kunda oliy va о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi oldida turgan dolzarb masalalar qatoriga kiradi.
|
| |