• Innovatsion loyiha ” tushunchasi quyidagicha ko‘rib chiqilishi mumkin: innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarish shakli;
  • Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari




    Download 85.45 Kb.
    bet1/3
    Sana11.08.2023
    Hajmi85.45 Kb.
    #78360
      1   2   3
    Bog'liq
    Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari
    Sanoatni tarkibiy qismlari va tuzilishi, Attestatsiya — menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik faoliyatini baholash usuli sifatida, 1-B sinf matematika yangi, 7-8-9-10-11- sinf kimyo ish reja 2022 o\'quv yili

    Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari.

    Iqtisodiyotga loyihalarni boshqarishning nisbatan yangi konsepsiyasi (Project Management) jadal ravishda kirib kelmoqda. Bu konsepsiyaning asosini loyihasiga har qanday tizimning vaqt va mablag‘lar sarflanishi bilan bog‘liq dastlabki holatini o‘lchashga qarash tashkil qiladi. Oldindan ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha byudjet va vaqtli chegaralashlar doirasida amalga oshirilgan bu o‘zgarishlar jarayoni esa – loyihalarni boshqarishdir. Hozirgi vaqtga kelib loyihalarni boshqarish barcha sanoati rivojlangan va yangi sanoatli mamlakatlarda investitsion faoliyat metodologiyasi tomonidan tan olingan. Mamlakatimiz amaliyotida bu konsepsiya dasturiy – maqsadiy dasturlar (DMD)ni qo‘llanilishida o‘z aksini topgan.


    Innovatsion loyiha” tushunchasi quyidagicha ko‘rib chiqilishi mumkin:
    innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarish shakli;
    innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni;
    hujjatlar majmuasi.
    Innovatsion loyiha innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarishni shakli sifatida fan va texnikani ustuvor yo‘naltirilgan rivojlantirishning aniq maqsadlari (vazifalari)ga erishishga qaratilgan tadbirlarning resurslar, muddatlar va ijrochilar bo‘yicha o‘zaro asoslangan va o‘zaro bog‘langan murakkab tizimidan iboratdir.
    Innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni sifatida – bu innovatsiyalarga olib keluvchi ilmiy, texnologik, ishlab chiqarish, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlarini belgilangan izchillikda bajariladigan majmuasidir.
    Shuning bilan bir vaqtda innovatsion loyiha – bu loyiha maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik, tashkiliy, rejaviy va hisoblash – moliyaviy hujjatlarning yig‘indisidir.
    Bu uchta nuqta nazarlarni hisobga olish bilan, quyidagi ta’rifni berish mumkin: innovatsion loyiha – bu masofa va vaqtda muammolarni hal qilish, innovatsion jarayonlarni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan maqsadlar va tadbirlarni belgilab beruvchi hujjatlarining yig‘indisidir. Maqsadlar va tadbirlarni ilmiy asoslanishiga menejmentga ilmiy yondashishlarga rioya qilish, zamonaviy usullarni qo‘llash yo‘li bilan erishiladi.
    Innovatsion loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik loyiha rahbari (loyiha menejeri) va ilmiy texnik kengashi (ITK) tomonidan amalga oshiriladi. ITK tarkibiga ilmiy – texnik echimlarni tanlash, ular amalga oshirish darajasi, loyihaviy maqsadlarga erishish uchun zarur talbirlarning to‘liqligi va butligi uchun javobgarlikka ega, ijrochilarni tanlov asosida tanlash va olingan natijalarning ekspertizasini tashkil qiluvchi loyihaning tematik yo‘nalishlari bo‘yicha etakchi mutaxassislar kiradilar.
    Loyiha rahbari – yuridik shaxslar, unga buyurmachi loyiha: rejalashtirish, loyiha ishtirokchilari ishlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarga rahbarlik qilish vakolatlarini topshiradi. Loyiha rahbari vakolatlarining aniq tarkibi buyurtmachi bilan shartnoma tomonidan belgilanadi. Loyiha jamoasi – loyiha rahbari tomonidan boshqariladigan va loyihani amalga oshirish davrida rejaviy ko‘rsatkichlarga o‘z vaqtida erishish maqsadida tashkil qilinadigan o‘ziga xos tashkiliy tuzilmadir.
    Loyiha jamoasining tarkibi va vazifalari loyihaning ko‘lamlari murakkabligi va boshqa ta’riflariga bog‘liqdir. O‘z vazifalarining bir qismini bajarish uchun ishlab chiquvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilishi mumkin. Loyihani qo‘llab quvvatlovchilarga innovatsion markazlar, dasturlar va loyihalarni qo‘llab quvvatlovchi fondlar, konsalting firmalari, mustaqil ekspertiza tashkilotlari, patent-litsenziya firmalari, auditorlik firmalari, ko‘rgazma markazlari va h.k kiradilar.

    Download 85.45 Kb.
      1   2   3




    Download 85.45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari

    Download 85.45 Kb.