Buxgalteriya hisobi va audit




Download 167,06 Kb.
bet2/3
Sana17.05.2024
Hajmi167,06 Kb.
#239148
1   2   3
Bog'liq
4. Эркин иқтисодий зоналарФайзуллаева И.

Janubiy Koreya. Koreya uzoq vaqt mobaynida o‘z mamlakatiga xorijiy investitsiyalarni deyarli jalb qilmasdan kelgan. Mamlakat hududida xorijiy qo‘shma korxonalar bo‘lmagan. Faqat 1960 yil “Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingach sharoit o‘zgardi. Bu investorlarga qator imtiyozlar bergandi. Ammo bu konun o‘z imtiyozlarini 10 yildan keyin bera boshladi. 1970 yilda Janubiy Koreyada birinchi erkin iqtisodiy zona tashkil etildi, bu xorijiy kapital oqimini jadallashtirib yubordi. Asosiy maqsad, mamlakat iqtisodiyotida faqat eksport uchun ishlaydigan korxonalar sonini ko‘paytirish, mamlakatning agrar rivojlanishda, mehnat ko‘p talab qiladigal sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga erishish edi. Koreyadan o‘rganadigan muhim jihatlardan biri, erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar eksport-import faoliyat uchun litsenziya talab etilmasligidir. Xorijiy investitsiyalar o‘zi bilan birga zamonaviy menejment va biznes axloqini olib kirishdi desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Janubiy Koreyadagi xorijiy kapital jalb qilishni rag‘batlantirish jarayoni 2 bosqichni bosib o‘tdi. I bosqich (1962-1984 yillar). Barcha xorijiy investorlar quyidagi imtiyozlarga ega edi: -soliq imtiyozlari (daromad solig‘i, korporativ soliq, mulk solig‘i 50% kamaytirilgan); -bojxona to‘lovlaridan ozod qilish; - import qilinadigan uskunalar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. II bosqich (1984 yildan hozirgi kungacha). Faqat yuqori texnologik tarmoqlarni rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi soliq solish tizimi kiritilgan. Unga, quyidagi imtiyozlar kiritilgan: - daromad solig‘i. Kapitali 100 % xorijiy bo‘lgan qo‘shma korxona ishlovchi xorijiy fuqarolar bu soliqni to‘lashdan ozod qilinadi; - korporativ soliq. Kapitali 100 % xorijiy bo‘lgan korxonalar korporativ soliqdan ozod qilinadi; - birinchi besh yil soliq to‘lashdan ozod qilinadi, keyingi 3 yil soliqqa 50 % li imtiyoz beriladi; - xorijiy investorlarga dividentlarini xorijga ko‘chirishda huquqiy himoya qilingan hamda hech qanday to‘siqsiz yo‘qligidir.
Tadqiqotlarimiz davomida Janubiy Koreyada bir qancha erkin iqtisodiy zonalar qishloq xo‘jaligi va olis tumanlar iqtisodiyotini yuksaltirishga qaratilganligiga amin bo‘ldik. Ushbu tumanlarda aholi boshqa tumanlarga nisbatan juda zich joylashganligi hamda ularni ish bilan taʼminlashga erishilgan va mehnat ko‘p talab qiladigan tarmoqlar ixtisoslashtirilgan.
Janubiy Koreyadagi erkin iqtisodiy zonalarni o‘rganishdagi muhim xulosalardan biri shuki, fan milliy korporatsiyalarining investitsiyalarini mamlakatga jalb qilishda erkin iqtisodiy zonalar kuchli qurol ekanligini yaqqol isbot qilib berdi.
Xitoy. Xitoydagi erkin iqtisodiy zonalar iqtisodiy islohotlarning jadal surʼatlar bilan borishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Bunda erkin iqtisodiy zonalarning hissasi 20 %ni tashkil etadi. Xitoy Osiyoning mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qaror qabul qildi. Xitoy olimlari erkin iqtisodiy zonalarni yaratishdan oldin AQSH, Yaponiya, Gongkong, Singapur, Tayvanlarni tajribasini chuqur va har tomonlama o‘rganib chiqishganligi ular yuritgan erkin iqtisodiy zonalar siyosatida ham o‘z aksini topgan.
Xitoyda erkin iqtisodiy zonalar yaratishdan quyidagi maqsadlar ko‘zlangan edi:
1. Xorijiy kapitalni jalb qilish.
2. Rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or texnologiyani va menejment tajribasini qabul qilish.
3. Samarador ish joylarini yaratish yo‘li bilan nafaqat aholi bandligi darajasini ko‘tarish, balki aholining turmush darajasini oshirish, mamlakat ijtimoiy muhitni barqarorlashtirishga erishish.
4.Eksportni ko‘paytirish yo‘li bilan valyuta tushumlarini oshirish.
5. Chet el kapitalidan eng unumli tarzda foydalanish.
6. Xalqaro iqtisodiy va texnologik hamkorlik darajasini oshirish iqtisodiy va texnologik axborotni yig‘ish, xorijiy mamlakatlar hamkorlik va tashqi savdo sohasida band bo‘ladigan kadrlarni tayyorlash.
7. Ijtimoiylashgan keng masshtabda ishlab chiqarishni boshqarishdagi xorij tajribasini o‘rganish.
8. Zamonaviy sanoat korxonalari turini yaratish.
9. Yangi tur mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni xalqaro ko‘lamda raqobatbardoshligini taʼminlash.
10. Ichki sanoatga etibor bergan holda, asosiy eʼtiborni tashqariga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni qurish, sanoat, savdo va qishloq xo‘jaligi integratsiyasi, chorvachilik, baliqchilik va turizmni bir vaqtda rivojlantirish.
11. Maxsus iqtisodiy zonalarda aholi jon boshiga daromad miqdorini jadal oshirish.
Xitoy tajribasida zona uchun joy tanlashda quyidagilar asosiy hisoblangan:
- tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqishini taʼminlay oladigan yirik port bo‘lishi kerak (yoki bunday port qurilishi kerak);
- jahonning yirik moliyaviy iqtisodiy markazlariga qulay joylashgan bo‘lishi kerak (birinchi navbatda Gonkong, Singapur va Yaponiya shaharlariga);
- aholi zichligi unchalik yuqori bo‘lmagan, nisbatan erkin, bo‘sh maydonlarga ega bo‘lgan joylarda joylashishi kerak (yangi sanoat obyektlarini qurish va yangi ishlovchilarni joylaylashtirishga imkon bo‘lishi uchun).
Xitoy iqtisodiyotiga xorijiy investorlarni jalb qilgan asosiy omil bu nafaqat erkin iqtisodiy zonalarda, balki mamlakat miqyosida infratuzilmaning yuqori darajada tashkil etilganligidir. Infratuzilma bu - shunday omilki, u davlatdan zonalarni yaratish bo‘yicha asosiy qo‘yilmalarni talab qiladi va o‘z navbatida, ular faoliyat yuritishining makroiqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Bunda Xitoyliklar infratuzilmaning shakllanishi “oltita qo‘yilish, tekislash” shiori ostida ketmoqda. Yo‘llarni, suv, gaz quvurlarini, kommunikatsiyani, issiklik, elektr uzatish liniyalarini qo‘yish va shuningdek yer uchastkalarini tekislash. Bundan yaxshi ko‘rinadiki, qurilish deyarli noldan boshlangan.
Xitoy erkin iqtisodiy zonalaridagi imtiyozlar tizimi quyidagilardan iborat:
- kamida 5 yil muddatda o‘z foydasini Xitoyga qayta investitsiyaga aylantirgan xorijiy investorlarga reinvestitsiya qilingan ulushga mos ravishda to‘langan daromad solig‘ining 40% qaytarib beriladi;
- past rentabelli yoki iqtisodiy chekka va qoloq tumanlariga o‘z kapitalini kiritgan tadbirkorlar 11 yildan boshlab, (10 yil imtiyoz davridan keyin) daromad solig‘ini 15-30 foizi mukofot tarzida chegiriladi;
- 5 mln. AQSH dollaridan ortiq investitsiya kiritgan yoki zamonaviy texnologiyani taqdim etgan yoxud aylanma kapitali sekin aylanadigan korxona solig‘idan qisman yoki to‘liqligigacha ozod qilinishi mumkin;
- bojxona zonalariga bojxona - sanoat solig‘i hamda bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan, xohlagan mahsulotni kiritish mumkin. Bu tovarlarni ichki bozorda olib kiritilayotganda esa soliq va to‘lovlar to‘liq holda olinadi.
Tadqiqotlarimiz davomida Xitoy tajribasidagi yana bir jihat, bu erkin iqtisodiy zonalardagi mahalliy hukumatlarning qo‘shma korxonalar uchun mahalliy byudjetga aloqador bo‘lgan soliqlar bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar berishi bo‘ldi. Masalan, subsidiyalar past narxlar tizimi orkali kommunal xizmati uchun, uchastkalardan va ishlab chiqarish xonalaridan foydalanish uchun ijara to‘lovini arzonlashtirishga, shuningdek, byudjet dotatsiyalari va davlat kreditlari beriladi. Maʼmuriy imtiyozlar investorlarni infratuzilma vositalarini taʼminlashga, qayd qilish va bojxona muolajalarini soddalashtirishga tegishli, shuningdek biznesga ko‘maklashayotgan turli xil xizmatlarni ko‘rsatishga tegishlidir.
Xitoy tajribasidan xulosa qiladigan bo‘lsak, erkin iqtisodiy zonalarni yaratishda va rivojlantirishda ular qo‘yidagilarga asosiy eʼtibor qaratganlar:
1. Puxta o‘ylangan huquqiy – meʼyoriy normativ baza yaratilganligi;
2. Iqtisodiy, moliyaviy va boshqa imtiyozlarning turi va darajasi mahalliy sharoit, qo‘yilgan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda puxta ravishda tabaqalashtirilgan.
3. Zonalarda moslashuvchan investitsiya siyosati amalga oshirilganligi.
4 Ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot bazasi va savdo-sotiq tizimini qayta ishlash sanoatini kompleks rivojlantirishga qaratilganligi.
5. Katta miqdorda nisbatan arzon bo‘lgan ishchi kuchining mavjudligi.
6. Eksport uchun real va shaffof ishlash imkoniyatining yaratilishi.
7. Xitoy sug‘urta kompaniyalari xorijiy investorlarni sug‘urtalashni o‘z bo‘yniga olganligi.
8. Erkin iqtisodiy zonalar rivojlanishini davlat tomonidan keng tarzda qo‘llab-quvvatlash ammalga oshirilganida, deb bilamiz. Bu tajribani O’zbekistonda ishlab chiqish va erkin iqtisodiy zonalarni yaratishda o‘rganish lozim.
Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etayotgan yoki yaratayotgan ko‘plab mamlakatlar quyidagilarga erishganlar:
- birinchidan, iqtisodiy jihatdan qoloq mintaqalarni rivojlantirish;
- ikkinchidan, texnologiyalarni modernizatsiyalash;
- uchinchidan, yangi nou-xaularni, texnologiyalarni mamlakatga o‘zlashtirish;
- to‘rtinchidan, o‘z mutaxassislarini va ishchilarini mehnatning, boshqaruvning va sotishning yangicha usullariga o‘qitish va o‘rgatish;
- beshinchidan, eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun o‘z xomashyo resurslaridan oqilona va yuqori samaradorlikda foydalanish.
J ahon tajribasidan kelib chiqib, biz erkin iqtisodiy zonalarni quyidagi tur va shakllarga ajratdik.
Mamlakatimiz rivojlanish strategiyasining asosiy zonal siyosat borasidagi yo‘nalishi -bu mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yana-da erkinlashtirish. Bu borada Respublikamizda juda ko‘p qonunlar qabul qilindi. 1996 yil aprelda qabul qilingan “erkin iqtisodiy zonalar” haqidagi qonun iqtisodiyotni erkinlashtirishni har tomonlama ishlab chiqilgan qonuniy xo‘jalik tizimiga integratsiya jarayonlarini jadallashtirishda iqtisodiy erkinlik, bu samarali o‘tish davrining asosiy o‘zagini tashkil etadi.
Hozirgi kunda Respublikamizda quyidagi turdagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyat olib bormoqda. Xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda erkin iqtisodiy zonalarning eng optimal modellarini tashkil etish, bir tomondan Respublikamizning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ijobiy va samarali taʼsir etsa, ikkinchi tomondan xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini ko‘taradi. Bunday hamkorlik asosida jahon iqtisodiyotiga hos bo‘lgan fundamental xususiyat, yaʼni baynalminallashuv jarayoni yotadi. Bu munosabatlarning shakllanishi, jahon iqtisodiyoti jarayonlari globallashuvining asosiy mezonidir.
M ustahkam barqaror, ishlab chiqarish, savdo iqtisodiy aloqalarning rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida shakllanishi va rivojlanishi, bozor iqtisodiyoti mexanizmining muhim elementlaridan biridir. Shunday ekan, qabul qilingan qonunlarni hayotga tatbiq etish, erkin iqtisodiy zonalar tuzishning texnik-iqtisodiy asoslangan rivojlanish dastur va proyektlarini ishlab chiqish biz ilmiy xodimlardan chuqur izlanishlarni talab etadi.

Download 167,06 Kb.
1   2   3




Download 167,06 Kb.