Buxgalteriya hisobi va audit




Download 167,06 Kb.
bet3/3
Sana17.05.2024
Hajmi167,06 Kb.
#239148
1   2   3
Bog'liq
4. Эркин иқтисодий зоналарФайзуллаева И.

Xulosa va takliflar
Har qanday mamlakatda ham erkin iqtisodiy zonalar uchun birinchi qo‘yiladigan talab – bu mamlakatdagi siyosiy barqarorlikni va xalqaro integratsiyalashuvning yuqori darajada ekanligi, elektr energiya bilan yetarli taʼminlanganlik, transport kommunikatsiyalari bilan yetarli taʼminlanganlik kabi jarayonlarni xalqaro andozalarga mos kelishidir.
O’zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
- Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini butun xo‘jalik huquqiy masalalarni tartibga solish uchun maxsus dastur ishlab chiqarish;
- transport kommunikatsiyalarni rivojlantirish;
- zarur infratuzilma: suv taʼminoti, elektr taʼminoti, ijtimoiy sharoit va boshqalar;
- tijorat infratizimi: bank, konsalting, yuridik xizmatlarning mavjudligi;
- bozorga kira olish loyihasi;
- mehnat qiymati va unumdorligini oshirish dasturi;
- mavjud sanoat bazasi;
- erkin iqtisodiy zonalar maʼmuriy boshqaruvining samarali tuzilmasini yaratish lozimdir.
Yuqoridagi davlatlarning erkin iqtisodiy zonalar borasida tajribalaridan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Erkin iqtisodiy zona – mahalliy mineral-xomashyo resurslarini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega jahon bozorida raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan zamonaviy korxonalar tashkil etuvchi maxsus hududdir- deb yuritish maqsadga muvofiqdir.
2. Erkin iqtisodiy zonalarni aniq maqsadiga mos holda ixtisosligiga qarab ajratish lozimdir. Hamma zonalarni erkin iqtisodiy zona deb emas, masalan,turizm erkin zonasi, erkin sanoat zonasi,erkin mashinasozlik zonasi va boshqalar.
3. O’zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish uchun va davr talablarida tashkil etish uchun uning nazariyadagi belgilarni muntazam ravishda kengaytirib borish kerak. Masalan, mavjud sanoat bazasini kengaytirish yoki servis xizmati, konsalting xizmatlari va boshqalar.
4. Jahon bozorida erkin iqtisodiy zonani tezroq va shaffof tarzda tanitish uchun yuqori saviyadagi erkin iqtisodiy zonalar siyosatini olib borish lozimdir.
5. Har bir erkin iqtisodiy zonaning o‘z konsepsiyalari bo‘lishi va uni xalqaro andozalarga mos, investorlarga sodda va qulay tarzda yaʼni tushunarli holda yetkazish choralarini ko‘rish lozim, degan fikrdamiz.
Download 167,06 Kb.
1   2   3




Download 167,06 Kb.