- BOB. SO‘ROV USULLARI VA SO‘ROVNOMALAR O‘TKAZISH. ANKETA TUZISH VA SAVOLLARINI O‘TKAZISH. FOKUS- GURUH
So‘rov o‘tkazish usullari va ularni tanlash
So‘rov bu – tadqiqot obyektlari bilan muloqot o‘rnatgan holda axborot to‘plash
usulidir.
Bu usul axborot to‘plashning marketingda eng tarqalgan usulidir. U tadqiqotlarning qariyb 90%ini o‘tkazishda qo‘llanadi.
So‘rov usuli quyidagi afzalliklarga ega:
Yuqori standartlashuv darajasi, barcha respondentlarga bir xil javob variantlariga ega bir xil savollar berilishi bilan izohlanadi.
Amalga oshirishning osonligi, respondentlar oldiga kelish shart emas, ularga savollarni pochta yoki telefon orqali berish ham mumkin.
Chuqur tahlil o‘tkazish imkoniyati ketma-ketlikda aniqlashtiruvchi savollar
berilishidan iborat. Masalan, ishlayotgan bolali onalardan ularning ish joyi maktab yoki bolalar bog‘chasiga qanchalik yaqin bo‘lishi muhimligi so‘raladi. Keyin esa nechta maktab variant sifatida ko‘rib chiqilganligi haqida savol beriladi. Shundan so‘ng mashg‘ulot turi, daromad, oila hajmiga doir savollar beriladi.
Tabulyatsiya va statistika tahlilini o‘tkazish imkoniyati matematik statistika usullari va shaxsiy kompyuterlar uchun mos keluvchi amaliy dasturlarni qo‘llashdan iborat.
Muayyan bozor segmentlari bo‘yicha olingan natijalar tahlili.
Ommaviy so‘rovlarda axborot manbai bo‘lib faoliyat turi bo‘yicha tahlil predmeti bilan bog‘liq bo‘lmagan aholi xizmat qiladi.
Maxsus so‘rovlarda aynan mutaxassislar (ekspertlar) – professional faoliyati
tadqiqot predmeti bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar asosiy axborot manbai vazifasini bajaradi.
Shu sababli maxsus so‘rovlar ko‘pincha ekspertlar so‘rovi deb ham ataladi. Ular marketing tadqiqotining boshida muammoni aniqlash uchun yoki tadqiqotning oxirida qaror qabul qilish lozim bo‘lgan hollarda qo‘llanadi.
Bir martalik so‘rovlar faqat bozor subyektlarining korxona faoliyati va uning mahsulotlariga joriy reaksiyasini ko‘rsatgan bir paytda takroriy so‘rovlar tovarning butun hayot davrini, iste’molchilar so‘rovlari va did-istaklarini aniqlashga imkon beradi.
So‘rovlar odatda ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlardan foydalanuvchilar fikrini o‘rganish uchun foydalaniladi, chunki ularning doirasi nisbatan cheklangan bo‘ladi. Iste’mol bozorida potensial iste’molchilar soni shunchalik ko‘pki, amalda ushbu usuldan foydalanishning imkoni yo‘q. Bunday sharoitlarda tanlama kuzatuvlar o‘tkaziladi.
Anketa so‘rovlari usulining afzalligi uni amalda hech qanday cheklashsiz qo‘llash mumkinligi, obyektning oldingi va joriy xulq-atvori, kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot olishga imkon beradi.
Mazkur usulning kamchiligi so‘rovlarni o‘tkazish uchun katta xarajat va ko‘p mehnat talab qilinishi, olingan axborotning noto‘g‘ri javoblar natijasida aniqlik darajasi pasayishi mumkinligidan iborat.
So‘rovni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari quyidagilarni ko‘zda tutadi:
auditoriya bilan aloqa usulini tanlash;
anketani tayyorlash;
sinov o‘tkazish va anketani to‘ldirish.
So‘rov kishilarga ularning bilim darajasi, mahsulotga munosabati, did-istaklari va iste’molchi xulq-atvoriga doira savollar berish yo‘li bilan birlamchi axborot to‘plashda namoyon bo‘ladi. So‘rov strukturalangan va strukturalanmagan xarakterga ega bo‘lishi mumkin; birinchi holatda barcha so‘ralayotganlarga bir xil savollar beriladi, ikkinchi holatda esa intervyuyer olingan javoblarga qarab savol beradi.