So‘rov usullari va so‘rovnomalar o‘tkazish




Download 315,45 Kb.
bet8/9
Sana14.01.2024
Hajmi315,45 Kb.
#137247
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu MT-3

Panel usuli


So‘rov o‘tkazishda so‘ralayotganlar guruhi bir yoki bir necha marta tadqiq etilishi mumkin. Birinchi holatda tanlab olingan guruh qat’iy belgilangan vaqt uchun bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir marta tadqiq etiladi. Masalan, jurnal va gazetalar redaksiyalari o‘z o‘quvchilari o‘rtasida ularning yoshi, jinsi, ma’lumot


darajasi, mashg‘ulot turi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir martalik tanlanma tadqiqot
o‘tkazadi.
Ikkinchi holatda panel deb nomlanuvchi so‘ralayotganlar guruhi belgilangan vaqt davomida bir necha marta tadqiq etiladi. Ko‘plab marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda turli turdagi panellardan foydalaniladi.
Oldingi boblarda ta’kidlaganimizdek, panel bu – takroriy tadqiqot o‘tkazilayotgan so‘rovda ishtirok etuvchi shaxslarning tanlanma yig‘indisidir. Ayrim iste’molchilar, oilalar, savdo va sanoat tashkilotlari, ekspertlar panel a’zolari bo‘lishi mumkin. Panel usuli bir martalik usullardan bir qator afzalliklarga ega, xususan, u keyingi so‘rov natijalarini oldingi natijalar bilan solishtirish va o‘rganilayotgan hodisalardagi tendensiyalarni belgilashga imkon beradi.
Barcha turdagi panellar vaqt bo‘yicha, o‘rganilayotgan birliklar (subyektlar) xarakteri bo‘yicha, o‘rganilayotgan muammolar xarakteri bo‘yicha va axborot olish usullari bo‘yicha taqsimlanadi.
Vaqt bo‘yicha panellar qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli (besh yilgacha) turlarga bo‘linadi. Uzoq muddatli panellar uzluksiz yoki davriy axborot bershii mumkin. Uzluksiz axborot kundaliklarda har kuni qayd etib boriladi, kundaliklarning o‘zi esa ma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng tashkilotchilarga jo‘natiladi. Davriy axborot anketalar shaklida so‘rov o‘tkazilishi bilan kelib tushadi.
O‘rganilayotgan birliklar xarakteri bo‘yicha panellar quyidagi turlarga taqsimlanadi (8.1-rasm).
Ya’ni, ushbu birliklarni kengroq ko‘rib chiqamiz:

      • iste’mol, ularning a’zolari yakka holdagi iste’molchilar, oilalar yoki uy

xo‘jaliklaridan iborat;

      • savdo, ularning a’zolari savdo tashkilotlari va savdo bilan shug‘ullanuvchi

alohida shaxslar hisoblanadi;





Download 315,45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 315,45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



So‘rov usullari va so‘rovnomalar o‘tkazish

Download 315,45 Kb.