• Uslubiy qo‘llanmalar.
  • Urchitish usullari
  • Sof zotli urchitish
  • Mashg`ulot. Chorvachilikda urchitish usullari va juftlash rejasini tuzish. Mashg‘ulotning maqsadi




    Download 245.04 Kb.
    bet1/4
    Sana02.04.2024
    Hajmi245.04 Kb.
    #185495
      1   2   3   4
    Bog'liq
    7-amaliy
    10. Вет сан маъруза, Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari, 13-мавзу.Никох ва оила, 4 01 Q F Oziq ovqat mahsulotlarining xalqaro me\'yorlari va talablari, Mavzu Yerni kuzgi bug`doy va g`o`za ekishga tayyorlash-www.genderi.org, 20-amaliy, Bakteriyalar genetikasi, Tuzlarning erish issiqligini aniqlash va, Кimyoviy termodinamika asoslari, Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilg (1), O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bo-fayllar.org, Reja Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimo, Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Blokcheyn texnologiya va uning yaratilinishi va ishlatilinishi, Internetda qishloq xо‘jaligiga oid veb manzillar va ulardan axbo-fayllar.org

    Mashg`ulot. Chorvachilikda urchitish usullari va juftlash rejasini tuzish.
    Mashg‘ulotning maqsadi. Ayrim naslli erkak hayvonlarga urg‘ochi hayvonlarni /yakka tartibda/ yoki ayrim guruh urg‘ochi hayvonlarga erkak hayvonlarni juftlashni /guruhli/ o‘rganish. Juftlanayotgan hayvonlarning kompleks belgilariga /eksterer, yoshi, tirik vazni, mahsuldorligi, bolalari sifati/ e’tibor berib, ularning bir-biriga muvofiqligini nasl-nasab shajarasidagi ma’lumotlar bo‘yicha tahlil qilish.
    Juftlashning gomogen va geterogen tiplarini hayvon nasl-nasab shajarasi bo‘yicha ajrata bilish.
    Uslubiy qo‘llanmalar. Juftlash uchun ajratilayotgan hayvonlar ma’lum bir xo‘jalik foydali belgilarga ega bo‘ladi. Bu belgi juftlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Nasl-nasab shajarasi hayvonning ajdodlari, ularning mahsuldorlik ko‘rsatkichi va nasl xususiyati, boshqacha qilib aytganda kelib chiqish haqida aniq ma’lumot beradigan muhim hujjat hisoblanadi. Shu sababli nasl-nasab shajarasi yordamida hayvonning genotipi haqida xulosa qilish imkoniyati yaratiladi va juftlash natijasini oldindan faraz qilish mumkin bo‘ladi.
    Nasl-nasab shajarasi yordamida hayvonning qanday juftlash tipi /gomogen, geterogen/ qo‘llanishi tufayli olinganligi, juftlangan erkak va urg‘ochi hayvonlarning o‘zaro bir-biriga muvofiqligini ham aniqlash mumkin.
    Urchitish usullari - bu ma’lum bir vazifani hal etish maqsadida qishloq xo‘jalik hayvonlarini turi, zoti va tizimlarga mansubligini hisobga olgan holda saralash tizimidir. Hayvonlar seleksiyasida urchitishning uch xili: 1) sof zotli urchitish;
    2) zotlarni chatishtirish; 3) turlararo chatishtirish yoki gibridlash usullari qo‘llaniladi.
    Sof zotli urchitish
    Sof zotli urchitishda urchitilayotgan erkak va urg‘ochi mollar, bir xil zotga mansub bo‘ladi. Bu usulning afzalligi shundaki, urchitiladigan zotga mansub hayvonlar mahsuldorlik jihatidan asosan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lishi va uni takomillashtirish ko‘zda tutilishi kerak. Chorvachilikda madaniylashtirilgan zotlargina sof holda urchitiladi va ular o‘z irsiy xususiyatlarining ustunligi bilan ajralib turadi.
    Chorva mollari va paranda zotlarini sof holda urchitishda quyidagi tadbirlardan foydalaniladi: 1) nasl uchun eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan mahsuldor vakillarni tanlash; 2) juftlashtirish uchun erkak va urg‘ochi vakillarni seleksion xususiyatlariga ko‘ra ajratish; 3) olingan naslni maqsadga muvofiq boqish va parvarish qilish.
    Dunyoga mashhur bo‘lgan mayin junli merinos zot qo‘ylar, arabi zot otlar, qimmatbaho qorako‘l qo‘y zoti ana shu sof zotli urchitish asosida yaratilgan. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, zotning sifatini yaxshilash va takomillashtirish juda sekinlik bilan davom etadi. Lekin bu usulda boshqa yo‘l va usullardan foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, qorako‘l teri(mo‘yna)sining sifatini yaxshilash uchun boshqa zot qo‘ylardan foydalanib bo‘lmaydi, aks holda terining sifati yomonlashib ketadi. Binobarin, urchitish ishlari faqat muayyan zot ichida olib boriladi.

    Download 245.04 Kb.
      1   2   3   4




    Download 245.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashg`ulot. Chorvachilikda urchitish usullari va juftlash rejasini tuzish. Mashg‘ulotning maqsadi

    Download 245.04 Kb.