|
-rasm. Xarakter bo‘yicha panel turlari
|
bet | 9/9 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 315,45 Kb. | | #137247 |
Bog'liq 8-mavzu MT-3 8.1-rasm. Xarakter bo‘yicha panel turlari
So‘rovlarni o‘tkazishda olinuvchi axborot ko‘p jihatdan panel tarkibiga ham bog‘liq bo‘ladi. Oila va yakka holdagi iste’molchilar panelini tuzish eng qiyin jarayon hisoblanadi. Savdo, sanoat korxonalari va ekspertlar panellarining ustunligi ularning a’zolari soni iste’molchilar paneliga nisbatan kamligida bo‘lib, bu ularni shaklantirish va kuzatish xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi.
O‘rganilayotgan muammolar bo‘yicha panellar umumiy va ixtisoslashgan turlarga taqsimlanadi. Ixtisoslashgan panellar ayrim tovar yoki tovarlar guruhini o‘rganish uchun tuzilishi mumkin. Masalan, ular yordamida tovarlar va yangi tovar konsepsiyalari sinab ko‘riladi; bozor tendensiyalari kuzatib boriladi; iste’molchilar yangi tovar haqida ma’lumot oluvchi manbalar aniqlanadi.
Axborot olish usuli bo‘yicha to‘rt xil panelni ajratib ko‘rsatish mumkin:
panel a’zolari talab qilinuvchi axborotni (to‘ldirilgan kundaliklar, so‘rov
varaqalari) pochta orqali jo‘natadi;
panel a’zolaridan intervyu olinadi;
panel a’zolari kundalik yoki so‘rov varaqalarini to‘ldiradi, lekin axborotni maxsus xodimlar to‘playdi;
panel a’zolaridan ma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng intervyu olinadi, bu vaqt ichida axborot pochta orqali jo‘natiladi.
So‘rov o‘tkazishda axborot respondentlardan uch usulda olinadi:
respondentlarga intervyuyer tomonidan savol berish yo‘li bilan, javoblarni intervyuyer qayd etib boradi;
kompyuter yordamida savollar berish yo‘li bilan;
respondentlarning anketalarni mustaqil to‘ldirish yo‘li bilan. Birinchi usul quyidagi afzalliklarga ega:
Respondentlar bilan qaytuvchan aloqaning mavjudligi so‘rov jarayonini boshqarishga imkon beradi.
Respondentlar va intervyuyer o‘rtasida so‘rovning boshidayoq ishonchli munosabat o‘rnatish imkoniyati.
So‘ralayotganlar ma’lumot darajasi yoki xususiyatlarini hisobga olish imkoniyati – masalan, respondentga qo‘llanuvchi shkalalar gradatsiyasida yordam berish.
Mazkur usulning kamchiliklari xuddi ikkinchi usulniki kabi bo‘lib, keyinroq
ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchi usulning afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Mazkur yondashuvni shaxsiy intervyuga nisbatan tezroq amalga oshirish. Kompyuter oldingi savollarga moslashtirilgan savollarni juda tez berishi, tasodifan tanlangan telefon raqamlarini tez terishi, har bir so‘raluvchining xususiyatlarini hisobga olishi mumkin.
183
184
|
| |