• Telefon orqali Pochta orqali Shaxsiy intervyu
  • So‘rov usullari va so‘rovnomalar o‘tkazish




    Download 315,45 Kb.
    bet2/9
    Sana14.01.2024
    Hajmi315,45 Kb.
    #137247
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    8-mavzu MT-3

    8.1.- jadval


    Amaliyotda quyidagi so‘rovlardan foydalaniladi:



    Telefon orqali

    Pochta orqali

    Shaxsiy intervyu

    N……..

    N………

    N………………

    Ulardan har biri ma’lum bir afzallik va kamchiliklarga ega. Telefon orqali so‘rovning afzalliklari:



    • yuqori tezkorlik,

    • arzonlik,

    • berilgan savolni tushuntirish imkoniyati. Kamchiliklar:

    • faqat telefon abonentlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish imkoniyati tanlab olishning mos kelishini ta’minlay olmaydi;

    • savollarga javob berishdan bosh tortish, ayniqsa shaxsiy xarakterli savollarga javob bermaslik ehtimoli yuqori;

    • so‘ralayotgan shaxsning bandligi (telefon qo‘ng‘irog‘i kutishi, telefondan boshqalarning foydalanishi) sababli suhbatdan qisqa bo‘lishi;

    Pochta orqali so‘rovning afzalliklari:

    • intervyuyerning ta’sirini yo‘q qilish,

    • shaxsiy xarakterli savollarga javob uchun eng yaxshi zamin hozirlash,

    • keng tarqalgan auditoriyani qamrab olishning nisbatan arzonligi.

    Kamchiliklari:

      • tezkorlikning pastligi:

      • tarqatilgan anketalarning bir qismi qaytarilmaslik ehtimoli (odatda anketalarning yarmidan ko‘pi qaytarilmaydi);

      • savolni tushuntirib berish imkonining yo‘qligi savollar doirasini cheklashga olib keladi (ular sodda va aniq ifodalangan bo‘lishi zarur);

      • savol yo‘llanmagan kishilardan javob kelish ehtimoli.

    Marketing tadqiqotlari o‘tkazish amaliyotida pochta orqali so‘rov, ayniqsa, panellar keng tarqalgan. Ular bir xil vaqt oralig‘idan so‘ng bir necha marta so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan katta guruhdagi iste’molchilardan keng doiradagi savollar bo‘yicha axborot olishni ta’minlaydi. Panel so‘rovlari oila xarid qiluvchi tovalar miqdori, moliyaviy xarajatlar, afzal ko‘riluvchi narx darajasi, turli ijtimoiy guruhlardagi iste’molchilar xulq-atvori o‘rtasidagi farqlar, tovar markasiga sodiqlik kabi ma’lumotlar bo‘yicha axborot olish yo‘li bilan tashqi muhitda ro‘y beruvchi o‘zgarishlarni muntazam hisobga olib borish imkonini beradi.

    Download 315,45 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 315,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So‘rov usullari va so‘rovnomalar o‘tkazish

    Download 315,45 Kb.