Shaxsiy intervyu tadqiqot obyektlari bilan aloqa qilishning eng ommaviy va universal usulidir.
8.1-rasm. So‘rov o‘tkazish turlari
Ulardan har biri ma’lum bir afzallik va kamchiliklarga ega. Telefon orqali so‘rovning afzalliklari:
yuqori tezkorlik,
arzonlik,
berilgan savolni tushuntirish imkoniyati. Kamchiliklar:
faqat telefon abonentlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish imkoniyati tanlab olishning mos kelishini ta’minlay olmaydi;
savollarga javob berishdan bosh tortish, ayniqsa shaxsiy xarakterli savollarga javob bermaslik ehtimoli yuqori;
so‘ralayotgan shaxsning bandligi (telefon qo‘ng‘irrg‘i kutishi, telefondan boshqalarning foydalanishi) sababli suhbatdan qisqa bo‘lishi;
Shaxsiy intervyu tadqiqot obyektlari bilan aloqa qilishning eng ommaviy va universal usulidir.
Uning afzallliklari:
javobdan bosh tortish hollarining kamligi;
tadqiqotning nisbatan aniqligi;
shaxsiy so‘rovni kuzatuv bilan birgalikda olib borish imkoniyati.
Anketa (so‘rov varaqasi) bu – tadqiqot obyekti yoki predmeti tavsifnomalarini aniqlashga yo‘naltirilgan savollar tizimidir.
Anketa savollarini tayyorlashda so‘rovni sifatli o‘tkazishga xizmat qiluvchi asosiy tamoyillarga rioya qilish zarur.
Anketa savollari sodda,
tushunarli, bir ma’noli va neytral bo‘lishi lozim. Anketada savollar oddiydan murakkabga qarab o‘zgarib borishi talab etiladi.
Anketadagi savollar soni juda katta
bo‘lmasligi lozim, chunki anketa qanchalik katta bo‘lsa, unga javob qaytarshi ehtimoli shunchalik pasayadi. Anketani to‘ldirish vaqti 20-30 daqiqani tashkil etishi maqsadga muvofiq.
Ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlarni to‘plash va ularni xulosa chiqaradigan dallilar sifatida baholash darajasiga yetkazish uchun ancha murakkab jarayonlarni o‘tishga to‘g‘ri kelar ekan.